5)Taklif va unga ta’sir etuvchi omillar.
Taklif elastikligi
Taklif bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo’lib, talab bilan chambarchas bog’liq.
Taklif talab bilan qarama-qarshi turadi.Bozorda talab xaridor tarzida namoyon bo’lsa, unga
qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olib
kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan
aniqlansa-da, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan mahsulotlar miqdoriga teng
bo’lmasligi mumkin, ya’ni tovarlarni taklif qilish va ne’matlar ishlab chiqarish hajmlari bir xil
bo’lmasligi mumkin. Yaratilgan mahsulotni faqat bozorga chiqariladigan qismi tovar deyiladi,
uning bozorga chiqarilmaydigan qismi taklifni yuzaga keltirmaydi.Masalan, fermer, jamoa,
dehqon xo’jaliklari etishtirgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining bir qismini o’zi iste’mol qiladi.
Masalan, etishtirgan kartoshkasining bir qismini o’zi iste’mol qiladi, urug’likka ishlatadi va
hokazo. Agar shu maqsadlarga jami etishtirilgan kartoshkaning 20% i sarflansa, 80%i tovar
bo’lib sotiladi, ya’ni taklifni yuzaga keltiradi. Undan tash-qari, agar uni bir qismi chirishi
mumkinligini hisobga olsak, yana ham kam bo’ladi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida taklif talab bilan muvofiqlashgan yoki talabga
nisbatan ko’p bo’ladi.Bu o’z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat kurashini
kuchaytiradi.
Taklif qilingan tovar miqdoriga juda ko’p omillar ta’sir qiladi.Taklifga eng avvalo, narx
ta’sir qiladi.Talabni o’rganganimizda boshqa omillarni o’zgarmaydi deb narxni o’zgarishi
talabni o’zgarishiga qanday ta’sir etishini ko’rib chiqdik.Endi xuddi shunday tarzda taklifni
ko’rib chiqaylik. Xuddi talab kabi taklifni ham xususiy va umumiy takliflarga ajratish mumkin.
Dastlab, tovar narxi o’zgarganda ayrim sotuvchi qanday ish tutishini ko’rib chiqaylik.
Bir kg tovar narxi 100 so’m bo’lsa, taklif 10 kg, narx 120 ga ko’tarilsa 12 kg va hokazo
tarzida taklif etiladi. Ana shu narx bilan miqdor o’rtasidagi bog’lanishni shartli ma’lumotlarimiz
asosida grafikka o’tkazamiz.Nuqtalarni birlashtirsak taklif egri chizig’i hosil bo’ladi. Bu egri
chiziq taklif qilingan tovar va xizmatlar miqdori bilan ularning narx o’rtasidagi bog’lanishini
ko’rsatadi. Tovar uchun narx qancha yuqori bo’lsa, bozorga ishlab chiqaruvchilar tomonidan shu
tovarni shuncha ko’p miqdorda taklif etiladi, negaki tovar sotuvchi olayotgan puli (tushumi)
tovarning narxi oshishi bilan ko’payib boradi.Bu holat ularni mavjud tovar ishlab chiqarish
hajmini o’stirishga undaydi.Demak, narxni o’sishi taklifni o’sishiga, pasayishi taklifni
pasayishiga olib keladi. Bu matematik nuqtai nazardan to’g’ri proportsional bog’lanishdir. Mana
shu bog’lanish, ya’ni narxni ortishi taklifni ham ortishiga, aksincha pasayishi taklifni ham
pasayishiga olib kelishi taklif qonuni deb ataladi.
Albatta, taklifni ko’payishi xarajatlarni ham ko’paytiradi. Agar qo’shimcha tovarlarni
sotishdan tushgan daromad (tushum) ularni ishlab chiqarish va bozorga keltirish xarajatlarini
qoplamaydigan bo’lsa, narx oshishiga qaramay, taklif ko’paymaydi. Boshqa tomondan, agar
narx pasaygan holda ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari yanada ko’proq
kamaysa, unda tovarni taklif qilish
ko’-payishi mumkin. Ayrim bir
tadbirkor faoliyatiga to’g’ri
keladigan taklif qonuni jami
tadbirkorlar, biznesmenlar
faoliyatiga nisbatan ham o’z kuchini
saqlab qoladi. Shu sababli jami taklif
asosan xususiy takliflarga oid omillarning amal qilishiga bo’ysunadi. Narx osha boshlasa, uni
ishlab chiqarishga shuncha ko’p tadbirkorlar jalb etiladi. Natijada taklif qilinadigan tovarlarning
miqdori ancha ko’payadi. Agar narx yanada oshib boraversa, payti kelib «narxlar tushishi»
boshlanadi. Ishlab chiqarishni kengaytirishning zarurati tugaydi va ishlab chiqarilgan tovar
miqdori ma’lum darajada narxga bog’liq bo’lmagan ravishda barqarorlashadi.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga nafaqat uning narxi, balki boshqa qator omillar
ham ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |