Rag’batlantirish funktsiyasisoliq tizimining eng muhim funktsiyalaridan biri bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom-ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi tahsir ko’rsatadi, yahni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag’batlantiradi. Soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini tahminlaydi, bu bilan fiskal funktsiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlab, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish yo’li bilan soliq yukini oshirmasdan xo’jalik yurituvchi subhektlarning yerkin faoliyat ko’rsatishi tahminlanadi.
Soliqlarning nazorat funktsiyasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obhekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko’rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to’lovchilar o’zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funktsiyasiham muhim ahamiyat kasb etib, bu funktsiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli tushumlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funktsiyalarini bajarishga sarflanganligi to’g’risida axborot berib turilishi juda zarurdir. SHunday qilinsa, soliqlarning byudjetga tushishi to’liq, o’z vaqtida va oson kechadi.
SHunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o’rta va uzoq muddatli vazifalarga bo’linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat byudjetining tushumlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga balki davlat daromadlarini byudjetning o’rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.
Boshqa majburiy to’lovlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy pul to’lovlari, bojxona to’lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to’lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to’lanishi lozim bo’lgan yig’imlar, davlat boji tushuniladi.” (1, 8-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |