Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tasnifi, turlari hamda hisobga olish vazifalari.
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo’lishi va uning faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Soliq kategoriyasi davlatning iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqqanligini ta’’idlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to’lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag’ bilan tahminlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.
Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko’p bo’lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan bahzi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo’qola borsa, yangi vazifalar paydo bo’la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam tahminlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko’p bolali onalar va boshqalarni mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam tahminlanganlarga moddiy yordamlar ko’rsatadi. SHu bilan birga, davlat jamiyat ahzolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham mablag’lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o’rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni ob’ektiv zarur qilib qo’yadi.
Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar: moliya, kredit, sug’urta, investitsiya kabilar bilan umumiy o’xshashlikka ega, yahni ularning barchasi pulli munosabatlarni ifodalaydi. Lekin soliqlarning o’ziga xos yuqorida qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat qiladi.
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o’z funktsiyasi mavjud. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o’zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo’lib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning ko’p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim.
Soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir: soliqning fiskal funktsiyasi, tartibga solish funktsiyasi, rag’batlantirish funktsiyasi, nazorat funktsiyasi, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan tahminlash funktsiyasi.
Soliqlarning asosiy funktsiyasi – fiskal funktsiya hisoblanib (lotincha fiscus so’zidan olingan bo’lib, xazina degan mahnoni anglatadi), bu funktsiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo’lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo’li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantiri – soliqlar fiskal funktsiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, yahni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funktsiya orqali davlat soliq tizimiga tahsir ko’rsatadi, yahni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish surhatlarini rag’batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng mahqul bo’lgan boshqa tarmoqqa qo’yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to’lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |