Investitsiyalarning mazmuni va ularni hisobga olishning vazifalari. Investitsiyalarning turkumlanishi va baxolanishi.Investitsiyalar hisobini tashkil qilish
Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish, ularning bozor va nominal qiymatini hisobga olish tartibi. Obligatsiyalar tabiati va xarakteristikasi. Obligatsiyalardagi qiymat, ulardagi chegirmalar, ularga to’lanadigan qo’shimcha xaq va ularning amortizatsiyasi. To’lanadigan obligatsiyalar.
Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish hamda qayta sotish bilan bog’liq xarajatlar hisobi. Investitsiyalar bo’yicha moliyaviy natijalarni hisobga olish tartibi. Investitsiyalarning mazmuni va ularni hisobga olishning vazifalari. Investitsiyalarning turkumlanishi va baxolanishi.Investitsiyalar hisobini tashkil qilish
Pul, moddiy va nomoddiy shakldagi kapitalni tadbirkorlik faoliyati obьektlariga daromad olish va kelajakda ularning qiymatini ko’paytirish maqsadida yo’naltirish«investitsiya»lardebataladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha qilayotgan amaliy harakatlari majmuasi«investitsiyafaoliyati»deb yuritiladi.Korxonalar turli maqsadlarda investitsiyaqilishjarayonibilanshug’ullanadilar. Ayrimkorxonalaruchuninvestitsiyalarqilishfaoliyatibilanshug’ullanishularningasosiyishihisoblanib, kompaniyaningmoliyaviynatijalarishuyo’nalishningnatijalarigabevositabog’liqbo’lsa, ayrimlariinvestitsiyalarnikeyinchalikmuhimishlarniamalgaoshirishuchunzahirasifatidaushlabturadi.Boshqalariesasavdomunosabatlarinimustahkamlashyokitijoratsohasidagiustunlikkaegabo’lishuchunsavdoinvestitsiyalarigamablag’ yo’naltiradi. Korxonalarning investitsiya faoliyatini davlat turli shakllarda tartibga solib turadi. Jumladan:
investitsiya kiritishning e’tiborga loyiq yo’nalishlari va ob’ektlarini belgilab berish;
investitsiya faoliyatini soliqlar bilan tartibga solish;
investitsiyalar hisobini yuritishni standartlar yordamida tartibga solish;
investitsiya faoliyatini investorlarga moliyaviy yordam ko’rsatish yoki tegishli kredit siyosatini o’tkazish orqali tartibga solish;
investitsiya faoliyatini tegishli amortizatsiya siyosatini amalga oshirish orqali tartibga solish;
moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirishning shakl va shartlarini belgilash orqali tartibga solish;
investitsiyalar himoyasini tashkil qilish.
Korxonalar o’z bo’sh mablag’larini qimmatli qog’ozlar, davlatning qarz majburiyatlarini sotib olish, boshqa korxonalarning ustav kapitalida qatna-shish, birgalikda o’zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish kabi yo’nalishlarga sarf qilishlari mumkin.
Qimmatli qog’ozlar ikki xil toifaga bo’linadi:
Qarz qimmatli qog’ozlar.
Ulushli qimmatli qog’ozlar.
Qarzqimmatliqog’ozlari– korxonalar bilan kreditorlik munosabatlarini ko’rsatuvchi instrument, ya’ni vositalardir. Qarzqimmatli qog’ozlariga korporativ obligatsiyalar, konvertirlanadigan qarzlar, tijorat qog’ozlariva barcha ta’minlangan qarzqimmatliqog’ozlarimisol bo’la oladi.
Ulushli qimmatli qog’ozlar egalik ulushini ko’rsatuvchi qimmatli qog’ozlar kabi obuna qilinadilar. Ular oddiy, imtiyozli yoki boshqa turdagi aktsiyalar bыlishi mumkin. Ular ham sotib olish va egalik ulushini kelishilgan va belgilangan baholarda joylashtirish huquqini o’z ichiga oladi, masalan, varrantlar, huquq va optsionlar bo’lishi mumkin. Konvertirlanadigan qarz qimmatbaщo qog’ozlar va sotib olinadigan imtiyozli aktsiyalar ulushli qimmatbaho qog’ozlar sifatida ko’rilmaydi. Ulushli qimmatbaho qog’ozlar sotib olinganda uning qiymatiga qimmatbaho qog’ozni sotib olish baщosi plyus brokerlik kommission va boshqa sotib olish bilan bog’liqto’lovlar kiradi.
Bir korporatsiya boshqa korporatsiyaning oddiy aktsiyalarida ulushli qatnashishni sotib olayotgan holda investitsiyalar hisobi sotib olingandan sыng odatda bosqichli aniqlanadi. Bir korporatsiyaning boshqasini oddiy aktsiyalaridagi investitsiyasi aktsiyalar foiziga binoan ovoz berish huquqiga mos щolda klassifikatsiyalanadi.
Egalik qilish 20 % gacha (haqiqiy qiymatusuli) –investor passiv ulushga ega hisoblanadi.
Egalik qilish 20 % va 50% ыrtasida (ulushli usuli)–investor ahamiyatli ta’sirga ega hisoblanadi.
Egalik qilish 50 % dan yuqori (konsolidatsiyalashgan hisobot)–investor nazorat paketiga ega hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan holatlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda investitsiyalar hisobini yuritishga bevosita o’z ta’sirini o’tkazadi. Korxonalarning investitsiyalar qilish bilan bog’liq xo’jalik muomalalari hisobi buxgalteriya hisobining «Moliyaviy qo’yilmalar hisobi» deb nomlangan 12-sonlimilliy standarti asosida yuritiladi. SHu bilan birgalikda, investitsiyalardan tushgan daromadlarni tan olish, sho’’ba korxonalarga investitsiyalar qilish, birgalikdagi faoliyatga qilingan investitsiyalarni hisobga olish kabi ayrim xo’jalik muomalalari esa, «Asosiy xo’jalik faoliyatining daromadlari» deb nomlangan 2-sonli, «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba korxonalarga qilingan investitsiyalar hisobi» deb nomlangan 8-sonli Buxgalteriya hisobimilliy standartlari yordamida tartibga solinadi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro vamilliy standartlari talablariga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar quyilgan vaqtiga ko’ra: