Kompьyuter dasturiy ta’minoti – bu korxonaning ishlab chiqarish, ma’muriy faoliyatida ishlatish yoki ijaraga berish uchun mo’ljallangan hamda kelgusida iq-tisodiy manfaatlar keltiradigan komp’yuterlarda maxsus operatsiyalarni (buxgal-teriya hisobi, iqtisodiy tahlil va shunga o’xshashlarni) bajarishga mo’ljallangan hamda korxonani o’zida yaratilgan yoki sotib olingan dasturlardir.
Kompьyuter dasturlarini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan xara-jatlar hisobi tarmokning kengayib borishi va amaliyotda ishlab chiqarilgan yangi hisob jarayonlarini paydo bo’lishi bilan o’ta muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kompьyuter dasturlari va ularni takomillashtirishga qilingan investi-tsiyalar kompьyuter dasturiy ta’minoti, bilan shugullanuvchi korxonalarda boshqa aktivlar sifatida ko’riladi. Kompьyuter dasturiy ta’minotiga qilingan harajat-
larni kapitalizatsiyalashtirish, sotish yoki keng foydalanish uchun ijaraga berish-ga mo’ljallangan kompьyuterning dasturiy ta’minotini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar xarajatlarning salmoqli qismini tashkil etadi. Hisobga olishda asosiy masala bo’lib, dasturiy ta’minot to’plamlarini takomil-lashtirishda amalga oshirilgan qanday xarajatlar hisobdan chiqarilishi va qan-daylari kapitalizatsiyalashtirilishi kerakligiga ahamiyat beriladi.
Dasturiy ta’minot hisobida quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratish lozim:
Sotish yoki ijaraga berish uchun mo’ljallangan kompьyuter dasturiy ta’-minotini ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlar, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar xarajatlari hisoblanadi hamda hisobdan chiqarilishi lozim;
Texnik iqtisodiy asoslashni o’tkazish uchun ishlab chiqarilgan mah-sulotning asl nusxalarini ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar sar-moyalashtirilishi zarur. Bu xarajatlar tarkibiga kodlash va texnik iq-tisodiy asoslashni o’tkazish uchun tekshiruv bilan bog’liq xarajatlar kiradi.
Gudvill - noaniq nomoddiy aktiv hisoblanadi.Hisobga olish maqsadida gudvill - kompaniyaning sotib olingan haqiqiy bahosi bilan identifikatsiya-lanadigan sof aktivlarning bozordagi bahosi o’rtasidagi farqdir. U eng ko’p tar-qalgan va muhim nomoddiy aktiv hisoblanadi. Gudvill kompaniyaning ijobiy tavsiflaridan kelib chiqadigan qiymat bo’lib, kompaniyaning aniq aktivlaridan kutilayotgan daromadlarning qo’shimcha ravishda ko’paytirishga xizmat qiladi. Kompaniyaning o’zi tomonidan yuzaga keltirilgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi. CHunki bu kompaniya sotib olinayotganda sotib olish bahosi va kompaniya aktivlarining haqiqiy bahosi o’rtasidagi farq sifatida yuzaga chiqadi. Gudvill asosan kompaniyaning oddiy ko’rsatkichlaridan yukori bo’lgan moliyaviy ko’rsatkichlarining taxmin qilinayotgan qiymatini aks ettiradi. Bu taxminlar kompaniya yoki uning operatsion muhitiga aloqador bo’lgan nomoddiy ijobiy tavsiflar yoki omillar bunday daromadlar olishiga ishonch tugdiradi. Ular kompaniyalar uchun o’rtachadan yuqori bo’ladi.
Yuqori darajadagi rahbar jamoasi, sotish jarayonini a’lo darajada tashkil qilinishi, o’ta samarali reklama, ishlab chiqishdagi maxfiy jarayon, mutlaq dara-jada yaxshi mehnat munosabatlari, yuqori ishonch reytingi, xodimlarni tayyor-lashning ilg’or dasturi va hokazolar gudvillni yuzaga keltiruvchi sabablar bo’lib hisoblanadi.
Salbiy gudvill - sotib olingan sof aktivlarning xaqqoniy qiymati korxonaning harid qiymatidan yuqori bo’lsa, paydo bo’ladigan farq sifatida namoyon bo’ladi. Bu sotib olayotgan korxona uchun qulay hariddir. Bunday hollarda moddiy aktivlar qiymatlari shu darajaga kamaytirilishi lozimki, bunda salbiy gudvillga o’rin kolmasligi kerak.
Yuqorida ko’rib chiqilgan nomoddiy aktivlarning ayrimlari, almashtirishga tegishli nomoddiy aktivlar bo’lib, ular firmaning boshqa aktivlaridan alohida identifikatsiyalashtiriladigan va alohida sotilishi mumkin Masalan, patentlar, mualliflik huquqlari, franchayzing va savdo markalari.Ular sotib olingan yoki firma ichida ishlab chiqarilgan bo’lishi mumkin.
Nomoddiy aktivlarning boshqa bir turlari esa, almashtirishga tegishli bo’lmagan identifikatsiyalanadigan nomoddiy aktivlar bo’lib, ular firmaning boshqa aktivlari bilan birga yoki alohida idetifikatsiyalanishi mumkin, lekin ular alohida sotilishi mumkin emas. Almashtirishga tegishli bo’lmagan nomoddiy aktivlarga gudvill, tashkiliy xarajatlar kabilarni misol keltirish mumkin.
Korxonalar nomoddiy aktivlarni bir necha yo’llar bilan olishlari mumkin: sotib olish, o’zida yaratish, ta’sischilar tomonidan korxona ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shishi, boshqa korxonalar qaytib olmaslik sharti bilan bekorga (beg’araz) berilishi va boshqalar.
Nomoddiy aktivlarning sotib olinishi buxgalteriya hisobida xuddi asosiy vositalarni sotib olishni aks ettirishdek ko’rsatiladi. Sotib olishda nomoddiy aktivlarning o’ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Nomoddiy aktivlarni sotib olishda uning qiymatini aniqlash asosiy muammo bo’lib hisoblanadi. Bu qiymat tarkibiga nomoddiy aktivni sotib olish (qo’shilgan qiymat solig’ini ham hisobga olgan holda), sug’urtalash, keltirish, shuningdek, o’rnatish va ishchi holatga keltirish xarajatlari asosida shakllantiriladi. Demak, nomoddiy aktivlarni sotib olishda harid usulidan foydalaniladi va hisobda u asosiy vositalardagidek aks ettiriladi.
SHunday qilib, nomoddiy aktivlarning sotib olish qiymati — jami to’lovlar umumiy summasining qiymatidir yoki olingan aktivlarning joriy bozor qiy-matidir (qaysi birini aniqrok hisoblash mumkin bo’lsa).
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi yer, bino, jihozlar kabi mod-diy aktivlarga qo’llaniladigan aynan bir xil tamoyil va jarayonlarni o’z ichiga oladi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
xarid qilib olishda tannarx tamoyilini qo’llash;
foydalanish davrida muvofiqlik tamoyilini qo’llash;
hisobdan chiqarilayotganda daromadni e’tirof etish.
Nomoddiy aktivlar harid qilib olinishida tannarx tamoyilini qo’llanilishi hisobda ularning tannarxini to’g’ri aniqlash imkonini beradi. SHuningdek, tannarxning tarkibiga asossiz xarajatlarni kiritilishining oldini oladi.
Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlarida ko’rsatilganidek, nomoddiy aktivlarning qiymati uning xizmat muddati mobaynida, biroq xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat ko’rsatish muddatidan ko’p bo’lmagan muddat mobaynida mun-tazam ravishda hisobdan chiqarilib borishi kerak. Bu jarayon nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi deb ataladi. Nomoddiy aktivning taxmin qilinayotgan xizmat qilish muddati noaniq bo’lsa, unga amortizatsiya 5 yil davomida hisoblanadi.
Xizmat qilish muddatining o’zgarishi nomoddiy aktivlar hisobiga ta’sir qiladi. Agar xizmat muddati o’zaytirilgan bo’lsa, amortizatsiya qilinmay kolgan qiymat qolgan davr davomida amortizatsiya qilinadi.
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda tavsiflangan turli usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, amortizatsiya hisoblash usulini tanlashda, albatta nomoddiy aktivning iste’mol hususiyatini hisobga olish va davrlar mobaynida imkoni boricha bir hil usuldan foydalanish ma’qul. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash uchun ko’proq bir tekisda hisobdan chiqarish usuli tavsiya qilinadi. Agar bordiyu, amortizatsiya hisoblash usuli o’zgaradigan bo’lsa, u holda joriy davr uchun hisoblangan amortizatsiya uchun taaluqli tuza-tishlar qilish lozim.
Nomoddiy aktivlar orasida «gudvill» amortizatsiya hisoblashning o’ziga xosligi bilan ajrab turadi. Gudvilni asta-sekinlik bilan qoplanishini hisobga olgan holda, foydali xizmat ko’rsatish muddati davomida undan iqtisodiy samara olish davrida amortizatsiya qilinishi lozim. Amortizatsiya daromadlar va xarajatlarni oqilona tarzda mos tushishiga olib keladi, deb hisoblanadi. Gudvillning xizmat qilish muddatini hisoblash ancha mushkul holatdir, shuning uchun gudvilni 20 yil muddat ichida amortizatsiya qilish tavsiya etiladi.
Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda ularni asosiy turlari bo’yicha guruhlarga ajratiladi.
Nomoddiy aktivlar ham turli usullar (sotilishi, yaroqsizligi, boshqa korxonalarga beg’araz berilishi va Ustav kapitaliga ulush sifatida qo’yilishi) orqali hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |