Xo’jalik muomalalari natijasida xo’jalik mablag’lari, ya’ni aktivlar hamda ularning tashkil topish manbalari, ya’ni majburiyatlar va qo’yilmalar o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlarni yozish uchun 2 yoqlamayozuvda quyidagi qonunga bo’ysuniladi.
Schetlar
|
Yozuv
|
Schetning tomoni
|
Aktivlar
|
Ko’payishi
Kamayishi
|
Debet
Kredit
|
Majburiyatlar
|
Ko’payishi
Kamayishi
|
Kredit
Debet
|
Qo’yilmalar
|
Ko’payishi
Kamayishi
|
Kredit
Debet
|
Agar balans tenglikka yuqorida ko’rsatilgan qonunni tatbiq etsak, quyidagicha yozuvlar amalga oshiriladi:
Aktivlar═ Majburiyatlar + Qo’yilmalar
Tenglik
|
Aktivlar
|
Majburiyatlar
|
Qo’yilmalar
|
Moddaning ko’payishi
|
Debet
|
Kredit
|
Kredit
|
Moddaningkamayishi
|
Kredit
|
Debet
|
Debet
|
Demak, schotlarga nisbatan yuqoridagi qonun quyidagicha harakat qiladi:
Aktivlarni hisobga oluvchi schetlar
Debet Kredit
Ko’payishi
+
Majburiyatlarni hisobga
oluvchi schetlar
Debet Kredit
Kamayishi
-
Qo’yilmalar (kapital) ni hisobga
oluvchi schetlar
Debet Kredit
Kamayishi
-
Buxgalteriya hisobi schyotlarining ularning tayinlanishiga ko’ra tartibga solingan ro’yxati schyotlar rejasi deyiladi.
O’zbekistonRespublikasidaharakatqilayotgan schyotlar rejasioltiqismvauningtarkibidabo’lganto’qqizbo’limdaniborat. Ularning 1-8 bo’limlaribalanstuzilishiga, 9-bo’limi esamoliyaviynatijalarto’ьrisidagi hisobottuzilishigamosravishdajoylashtirilgan. Quyidagijadvaldayangi schyotlar rejasiningtuzilishikeltirilgan:
21-Buxgalteriya hisobi milliy standartiga binoan
SCHYoTLAR REJASINING TUZILISHI
Qismvabo’limlarraqami
|
Qismvabo’limlarnomi
|
Schyotlar
raqami
|
I qism
|
Uzoqmuddatliaktivlar
|
|
1-bo’lim
|
Asosiyvositalar, nomoddiyaktivlarvaboshqauzoqmuddatliaktivlar
|
0110-0990
|
II qism
|
Joriyaktivlar
|
|
2-bo’lim
|
Tovar-moddiyzahiralar
|
1010-2990
|
3-bo’lim
|
Kelgusidavrxarajatlarivamuddatiuzaytirilganxarajatlarningjoriyqismi
|
3110-3290
|
4-bo’lim
|
Olinadigan schyotlar joriyqismi
|
4010-4910
|
5-bo’lim
|
Pulmablag’lari, joriyinvestitsiyalarva boshqajoriy aktivlar
|
5010-5910
|
III qism
|
Majburiyatlar
|
|
6-bo’lim
|
Joriymajburiyatlar
|
6010-6990
|
7-bo’lim
|
Uzoqmuddatlimajburiyatlar
|
7010-7920
|
IV qism
|
Xususiykapital
|
|
8-bo’lim
|
Kapital, foydavazahiralar
|
8310-8910
|
V qism
|
Moliyaviynatijalarningshakllanishivaishlatilishi
|
|
9-bo’lim
|
Daromadlarva xarajatlar
|
9010-9910
|
VI qism
|
Balansdantashqarischyotlar
|
001-014
|
Schyotlar rejasidagi schyotlar hisobot tuzishdagi vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi: doimiy schyotlar va vaqtinchalik (tranzit) schyotlar.
Doimiy schyotlar 01-guruh schyotlaridan boshlab 89-guruh schyotlarigacha qamrab oladi. Ularning doimiy deyilishiga sabab shundaki, ularning oxirgi qoldiqlari keyingi hisobot davriga boshlang’ich qoldiq sifatida o’tkaziladi va buxgalteriya balansida o’z aksini topadi.
Vaqtinchalik schyotlar esa faqat bir hisobot davriga ochiladi va hisobot davrining oxirida yopiladi. Ular hisobot davrining moliyaviy natijalarini aniqlash uchungina ishlatilib, ularda yil oxiriga qoldiq qolmaydi. Yil oxirida ularni yopib yuborish orqali ulardagi qoldiqlar yo’qotiladi. Buning uchun barcha vaqtinchalik schyotlar, ya’ni 9-bo’limdagi schyotlarning debet yoki kredit qoldiqlari “Yakuniy moliyaviy natija” nomli schyotda umumlashtiriladi. Aynan mana shu schyotda daromadlar bilan xarajatlar solishitirilib, moliyaviy natija foyda yoki zarar ekanligi aniqlanadi. Aniqlangan summa doimiy schyot hisoblangan “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotiga olib o’tiladi hamda balansda o’z aksini topadi.
Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha. Balansning tuzilishi va uning moddalari. Balansni o’qish tartibi. Xo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar. Hisob siyosati
Balans so’zi, bu muvozanat, ikki tomonning tengligi ma’nosini bildiradi. Buxgalteriya hisobida mablag’lar harakati bo’yicha joylanishi va tashkil topish manbalari bo’yicha ma’lumotlarni umumlashtirish maqsadida balans tuziladi.
Buxgalteriya balansi yordamida xo’jalik sub’ekti tasarrufida bo’lgan mablag’lar harakati ikki jihat bilan, ya’ni mablag’larni joylanishi va ularni tashkil topish manbalari bilan taqqoslangan holda o’rganiladi. Buxgalteriya balansi ikki tomondan iborat bo’lib, uning chap tomoni aktiv, o’ng tomoni esa passiv deb aytiladi. Buxgalteriya balansining tuzilishini quyidagi sxemada ko’rish mumkin.
BUXGALTERIYa BALANSI
AKTIV
|
PASSIV
|
Xo’jalik mablag’larining joylanishi
|
Xo’jalik mablag’larining tashkil topish manbalari
|
1-bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar
2-bo’lim. Joriy aktivlar
|
1-bo’limO’z mablag’lari manbalari
2-bo’lim Majburiyatlar
|
Jami aktiv bo’yicha balans summasi
|
Jami passiv bo’yicha balans summasi
|
Buxgalteriya balansi yordamida korxona mablag’larining joylanishi va ularining tashkil topish manbalari bir-biriga tengligi ta’minlanadi.
Buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomoni bo’limlari o’z ichiga bir necha moddalarni oladi. Balans moddalarida buxgalteriya hisobi schyotlarida o’z aksini topgan ma’lumotlar umumlashgan holda bayon etiladi.
Buxgalteriya balansida aktiv va passiv schyotlarning hisobot davri oxiriga aniqlangan qoldiqlari yoziladi. Schyotlarda aks ettirilgan xo’jalik muomalalari taьsirida balansda to’rt xil o’zgarishlar ro’y beradi:
1. Aktiv tomonda ko’payish, aktiv tomonda kamayish.
Birinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
2. Passiv tomonda ko’payish, passiv tomonda kamayish.
Ikkinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda xam balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |