Dt Hisob-kitob varag’i - 120000 co’m
Kt Muddati uzaytirilgan daromad - 120000 co’m
Bu yozuv muomala amalga oshirilgan kuni to’g’ri berilgan, lekin hisobot davri 31 dekabrda tugaydi. Demak, 1 oktyabrdan 31 dekabrgacha 3 oy o’tganligi tufayli (ijara davom etmoqda), ijara bo’yicha 3 oylik daromadni tan olish talab etiladi. 120000 : 12 oy x 3 oy h 30000 co’m. Buning uchun buxgalter quyidagi tuzatish yozuvini berishi lozim:
Dt Muddati uzaytirilgan daromad - 30000 co’m
Kt Ijaradan olingan daromad - 30000 co’m
Tuzatuvchi yozuvlarga yana bir misol tariqasida quyidagi holatni ko’rib chiqaylik: 2004 yil 1 noyabr kuni korxona ma’muriyatga 6 oy davomida transport xizmati ko’rsatishlari uchun oldindan 48000 co’m pulni o’tkazib bergandi. 1 noyabr kuni buxgalter quyidagi yozuvni rasmiylashtirgan:
Dt Boshqa ma’muriy xarajatlar - 48000 co’m
Kt Pul mablag’lari - 48000 co’m
Bu yozuv pul mablag’larining sarflanishini o’z vaqtida aks ettirishga yordam bergan xolos chunki, hisobot davriga mos keluvchi transport xarajati 6 oylik emas, balki 2 oylik edi, ya’ni noyabr hamda dekabr oylari uchun ushbu xarajatlarni ko’rsatish lozim edi. Demak, buxgalter 1 noyabrь kuni noto’g’ri yozuvni amalga oshirgan. Uni tuzatish yozuvini amalga oshirish uchun hisobot davriga tegishli xarajat summasini aniqlaymiz: 48000 co’m : 6 oy x 2 oy q 16000 co’m. xarajatlar tarkibida noto’g’ri ko’rsatilganso’mma esa 48000 - 16000 h 32000 co’m.
Tuzatish yozuvi quyidagicha bo’ladi:
Dt Oldindan to’langan xarajatlar - 32000 co’m
Kt Boshqa ma’muriy xarajatlar - 32000 co’m.
SHunday qilib, keltirilgan misollarda ikkita tuzatish yozuvini ko’rib chiqdik.
3. Moliyaviy hisobotlar va ular orasidagi bog’liqlik. Hisobotlar diagrammasi, sinov balansi.
Buxgalterlik amaliyotidan ma’lumki, buxgalteriyada ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra ayrim hollarda xatoliklarga yo’l qo’yilishi va sinov balansi tuzilgandan so’ng ana shu xatoliklar aniqlanishi mumkin. Odatda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun yana hisob tsiklining dastlabki bosqichlariga qaytish va xatoni tuzatish bo’yicha yozuvlarni avval dastlabki hisob registrlarida jumladan, jurnallarda aks ettirish, keyin sinov balansini qaytadan tuzishga to’g’ri keladi. Bu, albatta, juda mashaqqatli ishdir. Xalqaro tajribada, aniqrog’i bozor iqtisodiyoti shakllangan mamlakatlar buxgalteriya hisobida «qizil yozuv», «storno» kabi tushunchalar umuman qo’llanilmaydi. Xalkaro amaliyotda qo’llanib kelinaetgan ishchi jadval esa ana shu hisob jarayonini engillashtiradi va xato-larni tuzatish bo’yicha yozuvlarni bevosita sinov balansi tuzilgandan so’ng amalga oshirish va ana shu yozuvlarga asosan osonlik bilan sinov balansini qayta tuzish yoki to’g’rilash imkonini beradi. Tuzatish mumkin bo’lgan xatoliklarga esa quyidagi hollarni misol qilish mumkin deb o’ylaymiz:
hisoblanmay qolgan muomalalar (amortizatsiya, foizlar va boshqa daromad hamda xarajatlar);
hisoblash usulidan foydalangan holda muomalalarni o’z vaqtida aks et-tirish talabiga rioya qilish natijasida, daromad va xarajatlarning muvo-fiqlik tamoyiliga binoan aks ettirilishini ta’minlash (oldindan to’-langan yoki olingan summalarning tegishli qismlarini ajratish va h. k.);
noaniqliklar natijasida noto’g’ri aks ettirilgan muomalalar, noto’g’ri hisobga olingan summalar va boshqalar.
Tuzatish yozuvlari dastlab Bosh jurnalga qayd qilinadi. So’ngra transformatsion jadval yoki ishchi jadvalning “Tuzatish yozuvlari” deb nomlangan ustunining tegishli qatorlariga yozib chiqiladi. Bu ustundagi yozuvlarning to’g’riligini tekshirish uchun ularning debet va kredit yig’indilari aniqlanib, tegishli satrga yoziladi. Debet va kredit yig’indilari albatta teng chiqishi kerak.
Amalga oshirilgan tuzatuvchi yozuvlarni hisobga olgan holda schyot-larning debet va kredit qoldiqlari qayta hisoblanib chiqiladi, ya’ni tuzatilgan sinov balansi tuziladi. Talaba sinov balansini tuzishda aktiv va passiv hisob-varaqlardan foydalanish qoidalariga amal qilishi kerak bo’ladi.
Masalan, passiv “Uskunalar eskirishi” nomli schyotning tuzatil-magan sinov balansidagi qoldig’i 345000 co’m bo’lsa, tuzatuvchi yozuv yordamida uskuna bo’yicha 14986 co’mlik eskirish hisoblansa, bosh jurnal hamda ishchi jadvalning “Tuzatuvchi yozuvlar” nomli stunida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |