ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
«MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI»
kafedrasining 18-sonli
navbatdan tashqari yigʻilish bayoni
Andijon shahar 2022-yil 2- iyun
|
QATNASHDILAR:
Qatnashdilar: Yigʻilish raisi-dotsent
D.Alijanov, katta o‘qituvchi D.Egamov, katta o‘qituvchi M.Shamshiddinov, assistent I.Boltaboyev, , assistent S.A’zamov, assistent A.Ergashev, assistant N.Topvoldiyev, assistent M.Komilov, assistent Z.To‘xtaboyev, laborant T. Xakimov.
|
KUN TARTIBI
Kafedraning 2021-2022 oʻquv yilida 2-kurs “Energiya tejamkorligi va energoaudit” yoʻnalishlari talabalariga amaliyot obe’kti va amaliyot raxbarlarini tayinlash toʻgʻrisida.
ESHITILDI: Ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri D. Alijanov soʻzga chiqdi. U oʻz soʻzida 2021-2022 oʻquv yilida reja asosida oʻtkaziladigan amaliyotlar toʻgʻrisida aytib oʻtdi. Shu munosabat bilan 2-kurs “Energiya tejamkorligi va energoaudit” yoʻnalishi talabalarini oʻquv tanishuv amaliyotlarini Andijonda faoliyat olib borayotgan nufuzli «UZAUTO MOTORS» AJ ishlab chiqarish korxonalarida oʻtashlari uchun korxonalar bilan shartnomalar tuzilishi hamda ular bilan hamkorlik shartnomalari tuzilishi haqida gapirib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassassalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-3775 son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshrilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash, ilm-fan va ta’lim oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish uchun komplekslar tarkibidagi vazirliklar va idoralarga qarashli tarmoqlar (sohalar)ni ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolariga bagʻishlangan mavzular bazasini shakllantirish hamda bu muammolarni oliy ta’lim muassasalari bilan xoʻjalik shartnomalari tuzgan holda hal etishga ularning ilmiy salohiyatini, ayniqsa, yosh olimlar va tadqiqotchilarni tizimli tarzda jalb etish koʻrsatib oʻtilgani xaqida aytib oʻtdi.
Oʻquv tanishuv amaliyotga borishdan oldin ya’ni, amaliyotini oʻtkazish me’yoriy hujjatlari, amaliyot ob’ektlari, boshqaruv hujjatlari hamda rahbar va talabalarning majburiyatlari, vazifalari toʻla bayon etilishi toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.
Ushbu ishni amalga oshirish borasida kafedramiz Andijonda faoliyat olib borayotgan «UZAUTO MOTORS» AJ ishlab chiqarish korxonasi bilan shartnomalar tuzib, institutimiz talabalariga zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirishda va amaliyot oʻtashda yordam berishligi haqida gapirib oʻtdi.
SOʻZGA CHIQDI: kafedra katta oʻqituvchisi D. Egamov kafedra mudiri D. Alijanov fikriga qoʻshildi hamda talabalarni amaliyot davrida nazariy bilimlarini yanada oʻzlashtirishga imkon berishini ta’kidlab oʻtdi. Kafedra professor-oʻqituvchilariga taqsimlangan talabalar roʻyxati tanishtirildi va bir ovozdan ma’qullandi.
Amaliyot taqsimoti ilova qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |