Bugun mamlakatimizda 2,2 mingdan ortiq yengil sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 280 dan ortig‘i “O‘zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, qo‘shma korxonalar soni ham ko‘paymoqda. 2015-yilga mo‘ljallangan yengil sanoatni rivojlantirish dasturiga muvofiq sohaga eng zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari har yili yigirmadan ortiq turga ko‘paymoqda. Bugun O‘zbekistonda tayyorlanayotgan to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning qirqdan ziyod davlatiga eksport qilinmoqda. Talab esa yanada oshmoqda. Yongin jixatidan eng xavfli bino va inshshotlar xam korxonaning bosh rejasida shu nuqtai nazar asosida, bino hamda inshootlarning guruxlanishini xisobga olib, ishlab chiqarishning texnologik jarayoni va yong’in xavfi belgilaridan kelib chiqqan xolda joylashtirilishi lozim.
Pilla tortish korxonalarida pillalarni uzoq vaqt saqlash muammosini xal qilish katta ahamiyatga ega. Mamlakatimizda pillalar asosan ravenukdan ishlangan 30 kg gacha sig’imli qoplarda saqlanadi.
Bu omborxonalarning umumiy sig’imi bir yo’la 8 oyga yetadigan miqdordagi pillalarni saqlashga yetadigan bo’lishi kerak.
Keyingi yillarda pillalar saqlanadigan omborxonalar yonmaydigan konstruksiyalardan, ustunlarning turi 6x18 m va ko’tarib turuvchi qismlarning balandligi 6 m bo’ladigan qilib qurilmoqda
Saqlanadigan ashyolarning yong’in jixatidan xavfliligini xisobga olib konstruksiyalarni tanlashda va omborxonalarni joylashtirishda omborxonaning 1m2 saxniga yonuvchi moddalardan qancha midorda to’g’ri kelishi inobatga olinadi.
Shu sababli korxonalarning bosh rejasini loyixalashda omborxonalar uchun maxsus joylar ajratilib, talab etilgan yong’inga qarshi masofalarga rioya qilinadi, omborxonaning o’zi esa yon’gin xaqida avtomatik xabar beradigan va uni o’chiradigan vositalar bilan jixozlanadi.
Tikuvchilik korxonalarida qo’llaniladigan barcha avtomashina va avtopoyezdlar “Avtomobil transporti korxonalari uchun xavfsizlik qoidalari” talablariga to’liq javob berishi kerak. Avtomobillarning yuk ortilgan xoldagi paxta, ipak, to’qimachilik va yengil sanoat korxonalari xududidagi tezligi 10 km/soat dan oshmasligi kerak.
Sexlardagi tashish vositalari esa ma’lum aniq marshrut bo’ylab yurishlari va bu marshrutlar odamlar gavjum yo’laklar ustidan o’tmasligi kerak., Aravacha, ilgak va zanjirlarning tepadan tushib ketmasligini ta’minlovchi moslamalar bilan ta’minlanishi kerak.
Tikuv fabrikalari odam hayotini yengillashtiruvchi, uni muhofaza qiluvchi xilma-xil, ko’pincha ancha murakkab uskuna va moslamalar bilan ta’minlangan. Bu uskunalarning ishi turli xil energiyalari (gaz, bug, elektr va x.k) qo’llash, o’tkir, agressiv, portlash xavfi mavjud materiallarni qo’llash bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |