Nazoratsavollari:
1. Qotishmalarning kanday turlarini bilasiz?
2. Sistema, komponent va faza deb nimaga aytiladi ?
3. Qotishmalarning kristallanishi jarayonini tushuntirib bering.
4. Qanday hodisa likvatsiya hodisasi deb aytiladi ?
5-Mavzu.Platik deformatsiya
Reja:
Elastik deformatsiya.
Puxtalanish
Qizdirishning deformatsiyalangan metalning ichki tuzilishi va xossalariga ta’siri
Birlamchi, yig‘ilish va ikkilamchi qayta kristallanish.
Kuch ta'siri ostida metall jismlarining o`z formasini o`zgartirishga deformatsiyalanish deb ataladi. Metallarni deformatsiyalanishi faqat tashqi kuch ta'siridagina ro`y bermasdan balki, metallar faza o`zgarishida hajmini o`zgarishi yoki temperaturani beqaror o`zgarishi ta'sirida ham ro`y berishi mumkin.
Kuchlanish (zo`riqish) bo`ylama kuch ta'sirida bo`lsa =P/Ғ MPa bo`ladi.
Lekin, odatda ta'sir etayotgan kuch P yuziga (Ғ) perpendikulyar bo`lmaydi, balki biror bir burchak ostida ta'sir qiladi. Ana shuning uchun kuchlanish ikki turga bo`linadi, ya'ni normal (^) hamda urinma (t) kuchlanishga. Normal kuchlanish cho`zilishda ham, siqilishda ham hosil bo`ladi.
Deformatsiya momentiga mos kelgan yuzaga nisbatan kuchlanish sof kuchlanish deb ataladi. Deformatsiyadan oldingi yuzaga nisbatan kuchlanish esa shartli deb ataladi.
Kuchlanish metall deformatsiyalanayotganda bir xil hajm bo`yicha tarqalmaydi. Kuchlanishni notekis taqsimlanishiga ataylab teshilgan ariqchalar (nadrez) darzlar, materialning ichki nuqsonlari geometriyadagi beqaror o`zgarishlar, teshikchalar ta'sir ko`rsatadi.Ana shunday nuqsonlar (nuqsonlar) kuchlanishi ma`lum joyda kuchaytirishga (oshirishga) olib keladi. Lekin qancha nuqson kichik bo`lsa, kuchlanishini to`planishi shuncha katta bo`ladi.
Kuchlanishni hosil bo`lishini har xil sabablari bo`lgani kabi, kuchlaiish ham vaqtinchalik, ya'ni faqat kuch ta'siri paytidan keyin yo`qoladigai, yoki kuch ta'siri olingandan keyin ichki kuchlanish sifatida metall ichida qoladigan bo`lishi mumkin.
Ichki qoldiq kuchlanishlar, faqat mexanik deformatsiya ta'siridagina paydo bo`lmasdan balki metalni tez sovitish (isitish) natijasida yoki butun hajm bo`yicha notekis qizdirish (sovitish) natijasida bo`lishi mumkin. Bunday qoldiq kuchlanishlar issiqlik yoki termik qoldiq kuchlanishlar deb ataladi. Umuman kuchlanishlar kristallanish jarayonida ham hosil bo`lishi mumkin yoki butun hajm bo`yicha struktura o`zgarishlari bir xil bo`lmaganda yoki metall bir tekis deformatsiyalanmaganda ham ichki qoldiq kuchlanishlar mavjud bo`lishi mumkin. Bunday ichki kuchlanishlarga strukturaviy yoki fazoviy ichki kuchlanishlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |