12-mavzu: Asbobsozlik po’latlari va qotishmalar.
Reja:
Asbobsozlik po’latlarning tasnifi va markalanishi. Asbobsozlik po’latlariga qo’yiladigan talablar.
Qizishga bardoshli yuqori qattiqlikka ega bo’lgan asbobsozlik po’latlar va ularni termik ishlash.
Qovushqoqligi yuqori bo’lgan qizishga bardoshli po’latlar. Qattiq qotishmalar. Kesuvchi asboblar uchun ishlatiladigan po’latlar.
O’lchash asboblari uchun po’latlar.
Bunday po’latlar sobiq Ittifoqda GOST 1435-74 bo’yicha tayyorlangan. Bunday po’latlarning asosiy markalariga У7, У 8, У8Г, У9, У10, У11,У12, У13, У7A, У8ГG A, У10A, У9A, У11A, У12A, У13A larni misol qilib keltirish mumkin.
Bunday markalar tarkibidagi “У” harfi po’latning uglerodli ekanligini, undan keyingi raqamlar esa o’nning bir ulushidagi uglerod miqdori protsent hisobida borligini ko’rsatadi, ya‘ni У9 po’latida 0,9 % S mavjudligini bildiradi. Г-esa tegishli po’lat tarkibida marganets miqdorining oshirilgani (ko’paytirilganligi) ni, A-harfi esa po’latning yuqori sifatli ekanligini ifodalaydi.
Bunday po’latlarning markalari va ishlatilish sohalari quyidagi 1- jadvalda keltirilgan.
Bunday po’latlarni legirlashdan maqsad, ulardagi turli xususiyat (xossa) larini o’zgartirishdan, ya‘ni mustahkamligini, qattiqligini, toblanuvchanligini, yeyilishga bardoshliligini va issiqlik (temperatura)ga chidamligini oshirishdan, uglerodli po’lat xossalarini yaxshilashdan iboratdir.
jadval
Marka
|
I sh l a t i l i sh i
|
У7
У7A
У8
У8A,
У8Г
У9, УСA
У10, У11
|
Bolg’alar, duradgorlik asboblari.
Zubilo, otvertka, tokarlik stanoklarining markalari
Puansonlar, misni kesish uchun keskichlar, kernerlar, podpyatniklar.
Puansonlar, misni kesish uchun keskichlar, kernerlar, podpyatniklar, tiski jag’lari va boshqalar.
Kernerlar, zubilolar.
Keskichlar, parmalar, metchiklar, frezalar va boshqalar.
|
Bu xususiyatlardan oxirgisi turli po’lat navlari uchun juda muhim ahamiyatga ega. Chunki kesish tezligining oshishi yoki deformatsiyalanishi temperatura oshishiga olib keladi. Volfram, vanadiy, xrom va boshqa karbid hosil qiluvchi elementlar bilan legirlash ana shu xususiyatlarni paydo bo’lishiga olib keladi. Legirlangan po’latlardan yasalgan asboblar tezkesar ekanligidan tashqari, uncha yuqori bo’lmagan issiqlikka bardosh berish xususi-yatiga ham ega. Lekin uglerodli po’latlarga nisbatan bu po’latlar yaxshi toblanuvchan, yeyilishga bardoshli, zarb, nagruzkaga yaxshi qarshilik ko’rsatadi. Vazifasi va xususiyatlariga ko’ra asbobsozlikda ishlatiladigan legirlangan po’latlar ikki guruhga bo’linadi:
1. Uncha chuqur darajada ishlov berishga mo’ljallanmagan kesuvchi va o’lchov asboblari uchun (7XФ, 9 XФ,XВ 5 va hokazo)va chuqur ishlov berishga mo’ljallangan toblangan (9XС, 9 XВГ, 9X5ВФ va boshqalar) asboblar uchun ishlatiladigan legirlangan po’latlar;
2. Sovuqlayin deformatsiyalovchi shtamplar uchun (9X, X6ВФ, X12Ф1 va boshqalar) va issiqlayin deformatsiyalovchi (3X2V8F, 4X8V2, 5XNSV, 4X5В4ФСM va boshqalar); zarbli (urilish) asboblar uchun ishlatiladigan legirlangan po’latlar.
Legirlangan asbobsozlik po’latlar guruhiga tezkesar po’latlar ham kiradi va ular yuqori temperaturaga chidamli hisoblanib(600. . . 6500Sgacha), bunday temperaturada ham o’z qobiliyatlarini yo’qotmaydi. Ular bilan metallarni uglerodli asbobsozlik po’latlar uchun ruxsat etilgan kesish tezligiga nisbatan 3-4 marta tezroq kesish mumkin.
Keskich asboblari sifatida eng ko’p tarqalgan katta tezlik ostida kesuvchi Р12, Р18, Р6M5,Р6M3 va boshqa po’lat markalaridan foydalaniladi. Bu markalardagi R harfi "rapid" - tezlik ekanligini, “Р” harfidan keyingi raqamlar asosiy legirlovchi element volframning miqdori (protsent hisobida), keyingi harflar va raqamlar esa boshqa legirlovchi elementlarning o’rtacha miqdorini ifodalaydi. Tezkesar po’latlardan dinamik nagruzka ostida ishlaydigan asboblar-frezalar, dolbyaklar, protyajkalar va hokazolar tayyorlash uchun foydalaniladi. Р9K5,Р9K10, Р18K5Ф2 po’latlardan esa qattiq materiallarni, issiqqa bardosh beruvchi va zanglamaydigan qotishmalarni kesib ishlashda foydalaniladigan asboblar tayyorlanadi.
Asbobsozlik po`latlari issiqlikka chidamlilignga ko`ra uch sinfga bo`linadi:
1. Issiklikka chidamsiz (180 220°C).
2. O`rtacha issiqlikka chidamli (450°C gacha).
3. Issiqlikka chidamli (630 650°C gacha).
Legirlangan po`latlar. GOST 9950-73.
ПХФ, 13X, po`latlari 0,15 mm gacha bo`lgan asbob uchun, 9XC, XBГ issiйbardoshligi 250 260°С gacha va toblash chuqurligi 60-80 mm bo`lgan katta ko`ndalang kesim yuzali asbob uchun (parma, razvertka, plashka) ishlatiladi. B2Ф va XВ4 po`latlari yuqori qattiqlikka ega bo`lganligi uchun metall arralar, metall uymakorlik asboblari uchun ishlatiladi. Yuqorida ko`rsatilgan po`latlarga toblash va past temperaturadagi bo`shatish qo`llaniladi. Natijada qattiqligi HRC 62-65 ga ega bo`ladi.
O`lchov asboblar uchun X (0,95 - 1,1% uglerod, 1,3 - 1,65% СЧ), 12X1 (1,15 - 1,25% C, 1,3 - 1,65% СЧ) ishlatilib, 850 - 870 0S moyda toblanib 120 - 140 0S da bo`shatiladi, qattiqligi HRC 63 - 64 bo`ladi. Yuqori issiqlikka chidamli po`latlarga tezkesar po`latlar kiradi (GOST 19265 - 73). Ularning issiqbardoshligi 600 - 650 0S bo`lib, uglerodli po`latlarning issiqbardoshligidan ikki uch barobar katta. Keskich turg`unligi esa 10-30 barobar katta. Bu po`latlarga Р9, Р18, Р18К5Ф2, Р10К5Ф2, Р9М4К8, Р6М5, Р12 lar kiradi.
Po`lat markasi
|
Termiik ishlash 1°C
|
Qattiqlik NRC
|
Toblash
|
Bo`shatish
|
|
11ХФ
|
830 - 860
|
140-160
|
62-65
|
13Х
|
780 - 800
|
100-120
|
65-66
|
ХВСГ
|
840'- 860
|
140-160
|
62-64
|
9ХС
|
860 - 880
|
140-160
|
62-65
|
X
|
840-850
|
150-160
|
62-64
|
В2Ф
|
810-830
|
140-160
|
64 - 65
|
Po`lat tarkibidagi volfram va vannadiy po`latning toblashdan keyingi qattiqligini oshishiga olib keladi (HRC=63-67).
Po`lat tamg`asi
|
С%
|
Сч%
|
W%
|
V%
|
Мо%
|
Р18
|
0,7-0,8
|
3,8-4,4
|
17,5-19
|
1-1,4
|
0,5-1,0
|
З9
|
0,85-0,95
|
3,8-4,4
|
8,5-9,5
|
2,3-2,7
|
1,0
|
Р6М5
|
0,82-0,9
|
3,8-4,4
|
5,5-6,5
|
1,7-2,1
|
5,0-5,5
|
Bu po`latlar uglerodli va legirlangan po`latlarni kesib ishlaydigan asboblar uchun ishlatiladi. Yuqori mustahkam issiqbardosh va olovbardosh po`latlarni kesib ishlaydigan tezkesar po`latlar tarkibiga kobalt kiritiladi: Р18К5Ф2, Р9К5, Р6М5К5, Р9М4К8, 12АМ9К5, Р2АМ9К5. Volframli yuqori uglerodli po`lat tarkibida azot kiritilishi po`latni, karroziyabardoshligini oshiradi: 11РЗАМЗФ2.
Tezkesar po`latlarga 1200-1260°C gacha qizdirilib, toblash va toblashdan keyin u marta 550-560°C da bo`shatish qo`llaniladi. Qizdirish tuz eritmasi ВаСl2 olib boriladi. Bu po`latlar keskich, freza uchun ishlatiladi.
Shtamp po`latlari. Bu po`latlar metallni qaysi temperaturada deformatsiyalashiga ko`ra ikkiga bo`linadi:
1. Sovuq metallni deformatsiyalaydigan shtamp po`latlari: X, 9ХС, ХВГ, У10, У11. Po`latlarning toblash chuqurligi 150-200 mm gacha bo`lgan shtamplar uchun Х12, X13М,Х12Ф1 po`latlari ishlatiladi. Bu po`latlarga toblash (moyda), past temperaturagi bo`shatish qo`llanilgandan keyin HRC 61-63 bo`ladi.
Bundan tashqari yuqori Сч li po`latlar metallni deformatsiyalash uchun ishlatiladigan shtamp po`latlari 4ХВС2, 5ХВС2, 6ХВС2, 4ХВС, 6ХС ga 1100 0S da toblash 150-1700C da bo`shatish qo`llaniladi.
2. Issiq holdagi metallni deformatsiyalash uchun 5ХГМ, 5ХНСВ, 5ХНМ, ЗОХ2НМФ po`latlaridan foydalaniladi. Bu po`latlar toblab 500-570°C da bo`shatilgandan keyin ularning qattiqligi 35-38 HRC bo`ladi.
Kesuvchi asboblar uchun qattiq qotishmalardan foydalaniladi. Qattiq qotishmalar bir karbidli (ВКЗ,ВК6, ВК8, ВК20), ikki karbidli (Т5КЮ, Т14К8, ТЗОК6), uch karbidli (ТТ8К6, ТТЮК8А, ТТЮК8Б) ga bo`linadi. Bu po`latlarning qattiqligi NKA 89-92 ga barobar bo`lib, kesuvchi asbobning kesuvchi qismi uchun ishlatiladi. Issiqqa chidamliligi 690~700°C gacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |