8-mavzu. Uglerodli po‘latlar va cho‘yanlar
Reja:
Uglerod va boshqa doimiy qo‘shimchalarning po‘latning xossalariga ta’siri.
Uglerodli po‘latlarning turlari va markalanishi.
Cho‘yanlar turlari, tarkibi, tuzilishi, ishlatilishi va markalanishi.
Uglerod va doimiy qo’shimchalarning po’latxossalariga ta‘siri. Umuman olganda, po’lat ko’p komponentli qotishma hisob-lanadi. Bu komponentlar
(C,Mn,Si,S,P,O,H,N) uning xossalariga ta‘sir etadi.
uglerod bilan temirni kimyoviy birikmasi, ya'ni temir karbidi Fe3C. Sementitda 6,67% uglerod bo`ladi. Sementit atomlari zich joylashgan romb shaklidagi kristall panjaraga ega. Sementitni erish temperaturasi 1600°C tashkil qiladi, lekin negadir har xil qilib ko`rsatilgan 1250°C to 1600 °C gacha yetadi. Lekin sementit 768°C gacha ferromagnitli xossasiga ega bo`lib juda katta qattiqlikka ega bo`ladi. Shuning uchun sementitni xarakterli xususiyatlardan biri uning qattiqligidir. НУ = 1000 yoki (10000 Mpa) hamda juda kam plastiklikka ega bo`ladi.
1) Evtektik reaksiya, uglerod C=4,3% va o`zgarmas temperatura T=1147°C bo`lgansuyuqlikdan bir paytni o`zida ikkita qattiq faza ajralib chiqadi. S= ~4,3% (L-ledeburit)
2) Evtektoid reaksiyasi T=723°C bo`lganda qotishmadauglerodning konsen-trasiyasi 0,8% yetganda bir paytni o`zida ikkita qattiq faza ferrit (F) va sementit parchalanadi.
5) Pertektik reaksiyada o`zgarmas temperatura 1499°C bo`lganda suyuqlikdan avval bir faza (ferrit) ajralib chiqadi, so`ngra ajralib chiqqan faza qoldiq suyuqlik bilan reaksiyaga kirishib, yangi bir fazani, ya'ni austenitni xosil qiladi.
Po`latlarni muvozanatdagi strukturasiga qarab 3 ta guruh, evtektoid (perlit), evtektoidgacha (ferrit + perlit) hamda, evtektoiddan keyingi (perlit + sementit) po`latlarga bo`lishi mumkin.
Temir uglerod qotishmalari murakkab qotishmalardir, chunki qotishmada temir va ugleroddan tashqari boshqa ko`p elementlar bor. Ular asosan doimiy qo`shimcha bo`lib, shartli ravishda zararli va foydali deb ikki guruhga bo`linadi. Zararli doimiy qo`shimchalarga fosfor, oltingugurt, azot, kislorod, vodorodni ko`rsatsak, foydali qo`shimchalarga marganets, kremniy, alyuminiy va boshqa metall qo`shimchalarni ko`rsatish mumkin. Foydali qo`shimchalar ferrit fazasimi mustahkamlash hisobiga qotishma mexanik xossalarini ko`taradi.
Sekin sovutilganda po’lat strukturasi ikkita fazadan: Ferrit va sementitdan iborat bo’ladi. Po’latdagi sementit miqdori uglerod miqdoriga to’g’ri proportsional ravishda o’sib boradi
Qattiq va mo’rt sementit zarralari dislokatsiya harakatiga qarshilikni oshiradi, ya‘ni deformatsiyaga qarshiligi ortadi, plastiklik va qovushqoqlik kamayadi.
Po’latda uglerodning ko’payishi qattiqligini, oquvchanlik chegarasini, uzilishiga nisbiy qarshiligi oshishiga sabab bo’ladi; nisbiy cho’zilish, nisbiy ko’ndalang qisqarish, zarbiy qovushqoqligi esa kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |