Andijon mashinasozlik instituti "mashinasozlik texnologiyasi"



Download 0,86 Mb.
bet15/54
Sana25.03.2022
Hajmi0,86 Mb.
#510551
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bog'liq
ekologiya

Singenetik almashinish — o’simliklarning yangi muhit sharoitlarini egallashi. Bunda o’simliklarning bir—birlariga yakinlashishi va tuproq iqlim sharoitlariga moslashishi muhim rol o’ynaydi.

  • Endoekogenentik o’zgarishlar — bu jarayon singenetik jarayondan keyin yuzaga keladi. Jamoa bu vaqtda o’zining ekologik muhitini hosil qiladi. Keyingi o’zgarishlar muhitning o’zgarishi va jamoadagi hayotiy faoliyatlarning o’zgarishi tufayli sodir bo’ladi.

  • Ekozogen o’zgarishlar—jamoaning o’ziga, muhit sharoitining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan holda sodir bo’ladi. Bunday o’zgarishlar tasodifan vujudga kelishi mumkin. Akademik V.N.Sukachev bunday o’zgarishlarga o’rmonlarni kesish, yaylovlarda mollarni boqish tufayli sodir bo’ladigan o’zgarishlarni kiritadi.

  • Gologenetik o’zgarishlar bunday o’zgarishlar jamoada sodir bo’ladigan yirik umumiy o’zgarishlar birligidan iboratdir. Gologenetik almashinish shunday almanishishki, jamoaning shaxsiy o’zgarishi bu vaqtda butun bir katta massivdagi yoki mamlakatdagi o’simliklarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’ladi.

    P.D. Yaroshenko jamoalarning o’zgarishini boshqacharoq tushuntirishga harakat qildi va suktsessiyalarni quyidagicha bo’ldi:
    A. Tabiiy o’zgarishlar.

    1. Ketma —ket bo’ladigan:

    a) endoekogenetik va b) gologenetik

    1. Tasodifiy o’zgarishlar B. Antropogen o’zgarishlar

    1. Ketma — ket bo’ladigan

    2. Tasodifiy o’zgarishlar.

    Populyatsiya deganda biz ma’lum territoriya yoki akvatoriyani egallagan bir tur doirasidagi individlarning birlashmasini tushunamiz.
    Populyatsiyalar ekologiyasining ob’ekti qilib butun ekosistema, ya’ni o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar populyatsiyalarining barqaror kompleksi va ular egallab turgan terrritoriya yoki akvatoriyasi olinadi. Bu esa sistemali yondashish deyiladi. Ekologiyada bir necha yondashish mavjud bo’lib, ular ichida qabul qilingani ekosistemali va populyatsiyalarni o’rganib yondashishlaridir. Ulardan birinchisi asosiy e’tiborni ekosistemaga, ikkinchisi esa populyatsiyaga qaratadi. Demak, ular orasidagi farq ob’ektida.
    Populyatsiyali yondashishda asosiy ahamiyat turga, ayniqsa xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan turga beriladi. Bu turlar qishloq xo’jalik zarakunandasi, yoki kasallik tarqatuvchi yoki muhofaza qilinishi lozim bo’lgan noyob turlar bo’lishi mumkin.
    Populyatsiyalar ekologiyasining asoschisi ingliz olimi Ch. Elton bo’lib, populyatsiyalar ekologiyasi fani 1930-yilda vujudga keldi. Ch. Elton o’zining "Hayvonlar ekologiyasi" kitobida ayrim organizmlarni o’rganishdan populyatsiyalarni o’rganishga o’tish kerakligini aytgan. Chunki bu darajada moslashish va boshqarish yaqqol ko’rinadi, bunda asosiy masala populyatsiya sonining dinamikasi hisoblanadi.
    Populyatsiyalar to’g’risidagi ma’lumot populyatsion genetikada paydo bo’lib, sistematikada tur murakkab sistema deb qaralganidan keyin rivojlana boshladi.
    Amaliy ehtiyojlar ham populyatsiyalar ekologiyasining rivojlanishiga sabab bo’ldi. Populyatsiyalar ekologiyasining rivojlanishiga S.A.Severtsov, S.S.Shvarts, N.P.Naumov, G.A.Viktorov katta hissa qo’shdi. O’simliklar populyatsiyasini o’rganishga Sinskaya Ye.N. (1948), T.A.Rabotnov., A.A.Uranov asos soldi. S.S.Shvartsning "Hozirgi ekologiyaning uslublari" nomli asarining birinchi qismida "Ekologiya— populyatsiyalar to’g’risidagi fan" deyilgan, populyatsiya esa hayvonlar uchun asosiy va birdan —bir yashash formasidir deyilgan.
    Populyatsiyani o’rganishda ikkita metodologik yondashish mavjud: birinchisiga muvofiq, dastlab organizmlarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, keyin ular populyatsiyaning xususiyatlari bilan bog’lanadi. Ikkinchisiga binoan populyatsiyaning xususiyatlari, yashash muhiti bilan bolanadi deb ta’kidlanadi.
    Populyatsiya, bir butun sistema shaklida, tashqi omillar bilan bog’langan holda o’rganiladi. Hozirgi vaqtda biologiyada "populyatsiyalar biologiyasi" sohasi mavjud. Bunda, populyatsiyaning joydagi roli — konsument, produtsent va redutsentlar, xar—xil yoshdagi jinsiy guruh va ozuqa zanjirining biotsenozdagi roli o’rganiladi. Ekologik yondashish populyatsiyalarning muhit fizik—geografik omillariga moslashishini o’rganish bilan birga, biotik bog’lanishlarga bog’liq,
    organizmlarning ko’payish va boshqa organizmlar bilan ekosistemada birga yashashini ham o’rganadi.
    Ekologik yondashishda quyidagilar o’rganiladi:

    1. populyatsiyaning ekologik strukturasini maxsus o’rganish;

    2. populyatsiyalarning tur ichidagi bir-biroviga bog’liqligi va ta’sirini o’rganish;

    3. tashqi muhit o’zgarishiga bog’liq, makon va zamonda populyatsiyadagi genotipik tarkibining o’zgarishini o’rganish.

    Populyatsiya-bu tabiiy tarixiy, genetik evolyutsion sistemadir. Populyatsiyalar ekologiyasi katta ahamiyatga ega bo’lgan hayvon va o’simliklarni ko’paytirish yo’llarini topish maqsadida vujudga keldi. Bunda, har xil parazitlar, kasal tarqatuvchi organizmlar hisobga olinadi.
    Populyatsiyalar ekologiyasi kam uchraydigan va yo’qolib ketayotgan turlarni qo’riqlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqadi. Atrof — muhitdagi ko’p hayvon va o’simliklar tartibsiz iste’mol kilinishi natijasida yo’qolib ketadi. Uni tiklash choralari populyatsion ekologiyasining vazifalari qatoriga kiradi. Buning uchun populyatsiyalarni tabiiy sharoitda o’rganish kerak, masalani o’rganishda va hal qilishda matematik — statistik metodlari katta rol o’ynaydi. Populyatsiya to’g’risida ayrim omillar orqali munozara qilinadi. Populyatsiyalar esa doimiy o’zgarishda bo’ladi. Populyatsiya tarkibi uning zamon va makonda tarqalishi to’g’risda ma’lumotlar dispersiya orqali aniqlanadi. Vaqt ichidagi o’zgarishlar esa populyatsiyalar sonining o’zgarishida bilinadi. Populyatsiyalar ekologiyasida o’sish tezligi, populyatsiya sonining o’zgarishi kabilarning matematik modellari ishlatiladi. Bu modellarni tuzish, yashovchanlik va o’lish terminlari bilan bog’liq.



    Download 0,86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish