Detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayoni
Texnologik jarayonlar ishlab chiqish va iqtisodiy prinsipga asoslanadi.
Texnik prinsipga muvofiq ravishda loyixalanayotgan texnologik jarayon
berilgan
buyumni tayyorlash uchun qo’yilgan texnik shartlarni va ishchi chizmadagi barcha
talablarni bajarilishi to’la ta'minlanishi shart.
Iqtisodiy prinsipga muvofiq ravishda buyum tayyorlash va ishlab chiqarishni
eng kam chiqimlar bilan olib borilishi kerak. Buyum tayyorlashning texnologik
jarayoni ishlab chiqarishning texnik imkoniyatlaridan
eng yuqori darajada
foydalangan xolda eng oz vaqt sarflanib eng kichik tannarx bilan bajarilishi kerak.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyixalashdan maqsad detal
tayyorlash jarayonini zaruriy texnik iqtisodiy xisob
kitoblari va qabul qilingan
variantlarini asoslarini to’la tushuntirib berishdir. Texnologik xujjatni tuzish
natijasida maxsus texnik xodim va ijrochi ishchilar
loyixalangan texnologik
jarayonni korxonada amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlar va yo’l
yo’riqlar olinadi. Texnologik ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish
vositalarini, buyumni tayyorlash mehnat xajmini va tan narxini aniqlash
imkoniyatini beradi. Ob'ektga va ishlab chiqarish shartiga ko’ra
texnikaviy
jarayonlar yakkalab va tipavoyga bo’linadi. Mexanik ishlov berish texnologik
jarayoni loyixalash uchun boshlang’ich ma'lumotlar to’planadi.
Yangi
qurilayotgan
zavodlar
uchun
texnologik
jarayonlar
loyixalanayotganda boshlanqich ma'lumotlar bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:
•
detalning konstruktiv shaklini va o’lchamini
belgilovchi ishchi
chizmalar;
•
detalni tayyorlashdagi texnik shartlari ishlov berilayotgan yuzalarni
aniqlash va
sifatini qamda, maxsus shartlarni xarakterlovchi;
•
buyumni ishlab chiqarish xajmi;
•
buyumni ishlab chiqarishda rejalashtirilgan mashinalar,
mexanizmlar
ularni ishlab chiqarish jarayonida buyum xisoblanadi.
Buyum
– deb korxonadi ishlab chiqarilishi kerak bo’lgan ishlab chiqarish
predmetiga yoki ishlab chiqarish predmetlari to’plamlariga aytiladi. Texnologik
jarayon o’z
navbatida operasiya, o’rnatish, o’tim va o’zgartirishlardan iborat
bo’ladi.
Operasiya
– deb bitta yoki bir nechta detallarga
bir ishchi joyida ishlov
berish texnologik jarayoni tugallangan qismiga aytiladi. Operasiya detalni bir yoki
bir nechta o’rnatish bilan bajariladi.
Detalga aylanma moslama yordamida ishlov berilayotganda moslamani aniq
bir xolatida bajariladigan operasiyani aniq bir qismi pozitsiya deyiladi.
U ham o’z navbatida nomerlanadi. Keskichni kesish rejimi yoki ishlov
berilayotgan yuzani uzgarmagan qolatdagi operasiyaning qismi utish deb ataladi.
O’zgarish o’z navbatida o’tishlardan iborat bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: