Iqtisodiyot fakulteti BXA yo`nalishi k-80-21 guruh talabasi Rustamov Javlonbekning Falsafa fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Mavzu: Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar talqini Erkak va ayolning maqomi 1.Eri-xotin masuliyati va burchi - 2. Oilada erkak va ayol majburiyatlari
- 3.Oilada erkak va ayolning o’rni
Reja
Jamiyatning bosh bo‘g‘ini bo‘lmish oila erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarga asoslanadi. Bu borada er-xotin zimmasiga yuklanadigan burch va vazifalar doimiy muhokamalar markazida bo‘lib kelgan.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Erkak va ayollar masalasi har zamon va ham makonda tortishuvli masala bo‘lib kelgan. Bu yerda eng ko‘p muammolar qaysi nuqtalarda kelib chiqayotgani to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishni joiz deb bildim
Oila, er-xotinlik munosabatlari dinimizda muqaddas rishta hisoblanadi. Bu rishtani bog‘lash, oila barpo qilishda katta maqsadlar ko‘zlangan. Shu sababdan har ikkala tarafga ham o‘ziga yarasha mas’uliyatlar, burchlar, vazifalar yuklatilgan.
Avvalo, oila qurishdan maqsad nimaligini tushunish lozim. Shariatimizda har bir ishdan ko‘zlangan maqsad bor. Dinimizda insonning hayoti, aqli, dini, sha’ni va molini muhofaza qilish muhim hisoblanadi va shunga yarasha ahkomlar joriy qilinadi. Oila qurishdan maqsad – iffatni saqlash, ya’ni ikkala tomon ham bir-birlarining iffatlarini saqlashlari kerak bo‘ladi. Yana bir asosiy maqsad esa nasl qoldirish. Tinch-totuv oila bunyod etish ham maqsadlardan biri bo‘lib, oila tinch bo‘lsa – jamiyat ham tinch-totuv bo‘ladi. Jamiyatning salohiyatli bo‘lishi oilalarning salohiyatli bo‘lishiga bog‘liq.
Oilada er va ayolning o‘ziga xos mushtarak burch va vazifalari bor: nikohlanib, halol hayot kechirish, bir-biriga nisbatan Allohdan qo‘rqqan holatda munosabatda bo‘lish lozim.
Erning ayoli oldidagi burchlari
Oilada erkakning o‘z ayoli oldidagi burchi ikki qismga bo‘linadi: moddiy va ma’naviy burchlar. Moddiy burchlarga ayol kishining ta’minoti nazarda tutiladi. Bu ayolga mahr berishdan boshlanib, oila qurilgach, uning barcha ehtiyojlari: yemak-ichmak, kiyim, maskan, agar qurbi yetsa, ayol uy yumushlarida qiynalib qoladigan bo‘lsa, uni yordamchi bilan ta’minlash, uy jihozlari, ozodalik uchun kerakli anjomlar bilan ta’minlash erkakning zimmasidagi burch hisoblanadi. U o‘z ayoli uchun bularni og‘rinmasdan amalga oshirishi kerak.
Ma’naviy burchlar esa ayolga ilm berish, uning dinini mustahkam qilishdan boshlanib, ayolga yaxshi munosabatda bo‘lish, yaxshi yashash nazarda tutiladi.
Qur’oni karimda ham: “Ayollaringiz bilan yaxshi muosharatda (yaxshi yashashlik) yashang”, deb amr qilingan. Ayolini yerga urib, xo‘rlab, unga aziyat yetkazmaslik, bee’tibor tashlab qo‘ymaslik ham erning ma’naviy burchi hisoblanadi.
Ayolning er oldidagi vazifalari
Ayol kishining o‘z eri oldidagi burchlarining asosi – uning itoatida. Erining ruxsatisiz nafl ro‘zasini tutmaslik, eri yoqtirmagan kishilarni uyiga kirgizmaslik, uydagi narsalarni uning iznisiz birovga bermaslik, erining sirlarini muhofaza qilish, uydagi oila ahli, bola-chaqalarini muhofaza qilish ayolning oldidagi vazifalardir.
Er va xotin bir-birlarining iffatlarini saqlashlari muhimligi haqida aytib o‘tdik. Hozirgi kunda ba’zi bir erkaklar tomonidan bu narsa e’tiborga olinmasligi ko‘p kuzatilmoqda. O‘z ayollarini uzoq vaqt hijronda tashlab qo‘yish oqibatida ko‘p ayollardan murojaatlar keladi. Erkak boshqa ayolning aralashuvi yoki boshqa sabablar bilan uzoq vaqt xotinini hijronda qoldiradi – unga nisbatan e’tiborsizlik qiladi. Buning oqibatida ayolda tushkunlik kayfiyati, tabiatida, xulqida salbiy o‘zgarishlar yuz beradi. Ayolni nikoh asosida halollab olgach, bu jihatlargayam e’tibor berish kerak.
Bizga sinov bo‘layotgan bir achinarli holatga nazar solinsa, telefon orqali boshqa ayollar bilan topishib olib, ular bilan gaplashish, ayolining oldida ular bilan huzurlanish, behayo-sharmsiz narsalar ko‘rish oqibatida o‘z ayollari bee’tibor qolishadi.
Shu o‘rinda ayollarimizga ham bir narsani ta’kidlash kerakki, modomiki erlarining haloli bo‘lishgach, faqat ular bilan huzurlansin. Bu uning haqqi hisoblanadi. Shuning uchun ham erning ko‘zi tushadigan holatda orolanib, erlari uchun ziynatlanish joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |