Qonunning 3-moddasiga asosan «Elektron xukumat» davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-xuquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi xisoblanadi. Shu bilan birga, bu axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, fuqarolar extiyojlarini xisobga olgan xolda davlat xizmatlari ko‘rsatishga qaratilgan davlat boshqaruvining tashkiliy shakli hamdir.
Mazkur qonun bilan birga davlat boshqaruvida zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va «Elektron xukumat» tizimini shakllantirishga oid masalalar milliy qonunchiligimizda 30dan ortiq normativ-xuquqiy xujjatlarda o‘z aksini topgan bo‘lib, «Elektron xujjat aylanishi to‘g‘risida». «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron tijorat to‘g‘risida», «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
E’tiborlisi shundaki, Harakatlar strategiyasi tarkibidagi davlat dasturida «Elektron parlament» tizimini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Shuningdek, davlat boshqaruvini axborotlashtirish bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni, «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, Vazirlar Madamasining «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, maxalliy davlat xokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni xisobga olgan xolda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasiniig Xukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari orqali ham bevosita tartibga solinadi.
«Elektroy xukumat» tizimini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soddalashtirish va bir vaktning o‘zida rivojlantirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti III. Mirziyoev o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul kilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu xaqiqatni, avvalo, barcha bo‘g‘indagi raxbarlar yaxshi tushunib olishi zarur»- deb ta’kidlagan edi.
«Elektron xukumat» tizimi Prezidentamizning yuqoridagi fikrlarini amaliyotga samarali tatbiq etishda muxim o‘rin egallamoqda. Xususan, u davlat boshqaruv organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini fuqarolik jamiyati sub’ektlariga tez va samarali, asosiysi qulay yetkazishga xizmat qiladi.
Elektron xukumatning yaratilishi: xukumatning qaror qabul qilishda ochiq-oydinligi va xisobdorligini ta’minlaydi hamda shu orqali korruptsiya xavfini pasaytiradi;
axborot olish erkinligini oshiradi (qonunlar va boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlar, statistik va boshqa axborotlar);
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat xayotidagi keng ishtirokini ta’minlaydi;
kichik va o‘rta biznesning turli chiqimlari (vakt, yo‘l va boshqa xarajatlar)ni kamaytiradi;
xalqning davlat boshqaruv organlariga murojaatlarini osonlashtiradi hamda ushbu murojaatlarning ko‘rib chiqilishini avtomatik ravishda nazorat qilish imkoniyatini yaratadi;
murojaat jarayonida taqdim etiladigan xujjatlarning maksimal qisqarishi orqali turli byurokratik to‘siqlarga barham beriladi;
davlat xizmatlaridan foydalanishda eskirgan ko‘pbosqichlilik tizimidan emas samarali va tezkorlikka asoslangan mexanizmdan foydalaniladi;
- elektron ko‘rinishda murojaat qiluvchi shaxsga o‘ziga qulay bo‘lgan joydan murojaat qilishdek qulayliklar yaratadi.
«Elektron xukumat» tizimining O‘zbekiston Respublikasida keng joriy etilishi va takomillashtirilishi mamlakatimiz aholisi va butun bir jamiyat xayotida katta ijobiy o‘zgarish va yangilanishlarga xizmat qiladi. Tizimning keng yo‘nalishlarga nisbatan tatbiq etilishi inson xuquq va erkinliklarining yuqori darajada himoya qilinishiga, fuqarolarning davlat ishlaridagi ishtirokining faollashuviga, davlat organlarining esa mos ravishda samarali faoliyat olib borishiga sharoit yaratadi. Pirovard natijada esa ijtimoiy va siyosiy xayotning xar qanday yo‘nalishida yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
«Elektron xukumat» infratuzilmasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish portali amal qiladi. Qabul qilinishi mo‘ljallanayotgan qonun «Elektron hukumat» bilan muloqotga kirishganda fuqarolar xuquqlarini ta’minlashning kafolatlarini belgilaydi.
Davr shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. Endilikda vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari raxbarlari va xokimlarning faoliyat natijasi quruq iqtisodiy raqamlar bilan emas, balki ularning odamlar bilan qanday muloqot olib borayotgani va ishni tashkil etayotgani, fuqarolarning muammolarini qay darajada xal qilayotganiga qarab baholanadi.