Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi


Xarakatlar strategiyasida



Download 10,69 Mb.
bet28/260
Sana28.05.2022
Hajmi10,69 Mb.
#612650
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   260
Bog'liq
МАЖМУА

Xarakatlar strategiyasida davlatning tashqi siyosatini amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining roli va mavqeini oshirishga doir O‘zbekiston Respublikasi qonunining loyixasini ishlab chiqish, unda Oliy Majlis palatalarining davlat tashqi siyosatini amalga oshirishda ularni xalqaro xuquq normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya kilinishi ustidan nazorat vakolatlari bilan ta’minlash, xorijiy davlatlar parlamentlari bilan parlamentlararo hamkorlik guruxlari ishini tashkil etishning xuquqiy mexanizmini takomillashtirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ruyobga chiqarishda parlament diplomatiyasidan keng foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga doir maqsadlarni ilgari surishi uchun xuquqiy asoslarni takomillash­tirish nazarda tutildi. Mazkur qonunning qabul kilinishi natijasida davlatimiz tashqi siyosatini yanada demokratlashtirish, dunyodagi mamlakatlar bilan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni kuchaytirish, milliy manfaatlarni xalqaro maydonda himoya qilish, jaxon integratsiyasiga yanada chuqurroq kirib borish kabi jarayonlarning xuquqiy asoslari rivojlantiriladi, bu sohada parlamentning rolini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Xarakatlar strategiyasida aholining senatorlar va deputatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida «Elektron parlament» tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, uni qabul qilishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyixasini tayyorlash, unda milliy parlament faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirish, parlament faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish vositasida xalq bilan muloqotni takomillashtirish, deputatlarga saylangan saylov okruglari joylashgan maxalliy xokimiyat idoralarining qarorlarini yuborish, shuningdek mazkur xududdagi vaziyatdan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turish imkonini yaratish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutilmoqda.
«Elektron parlament» tizimini rivojlantirish mamlakatimizda parlamentning xokimiyatlar bo‘linishi printsipini amalga oshirishdagi rolini yanada oshiradi, parla­mentning saylov okruglaridagi fuqarolar, maxalliy vakillik organlari bilan o‘zaro muloqoti va aloqalarini kuchaytiradi, ular bilan elektron hamkorlik tizimining shakllanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Parlament palatalarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini loyixalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydi. Ko‘rinib turibdiki, «Elektron parlament» shaklidagi axborot-kommunikatsiya vositalari parlament palatalari va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni bog‘lab turuvchi vosita vazifasini bajarishidan tashqari, fuqarolarning turli manfaatlarini qonunlar va parlamentda ifoda etuvchi institut sifatida namoyon bo‘ladi. Bu xolat o‘z-o‘zidan fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faollashishiga ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, bu jarayonda fuqarolar ijtimoiylashuvining asosiy komponentlaridan biri - fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy ongi ham oshib boradi.
Navbatdagi muxim vazifa siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat xayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muxitini shakllantirishdan iborat.
Xarakatlar strategiyasida siyosiy partiyalar deputatlik guruxlarining maxalliy ijro xokimiyati organlari faoliyati ustidan nazorat qilishdagi xuquq va kafolatlarini kengaytirishga qaratilgan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish xaqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni - partiya guruxlari tomonidan maxalliy xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko‘rib chiqish, maxalliy ijroiya xokimiyati organlari mansabdor shaxslarining xisobotlarini eshitish xaqidagi takliflarni kiritish, tuman (shahar) xokimi nomzodini viloyat xokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruxlarining xar biri bilan maslaxatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish, xalq deputatlari maxalliy Kengashlaridagi partiya guruxlariga viloyatlar va Toshkent shahar xokimlariga tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) xokimlarining, shuningdek, maxalliy ijroiya xokimiyati organlari raxbarlarining qoniqarsiz faoliyati xaqida xulosalarni taqdim etish xuquqini berish, Qonunchilik palatasi deputatlariga joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya xududiy bo‘limlarining vakillarini biriktirib qo‘yish kabi muxim faoliyat yo‘nalishlarini tartibga solish nazarda tutildi.
Mamlakatda «saylovchilar (fuqarolar) siyosiy partiyalar parlamentdagi siyosiy partiyalar fraktsiyalari (maxalliy vakillik organlaridagi partiya guruxlari) qonunlar, me’yoriy xujjatlar, davlat organlari qarorlari» sxemasi asosida fuqarolarning man­faatlari va irodasini davlat xokimiyati, jumladan, maxalliy xokimiyat organlari faoliyatida ifodalaydi. Boshqacha aytganda, maxalliy davlat boshqaruvi xalq manfa­atlari asosida faoliyat yuritadigan organ sifatida namoyon bo‘ladi.
Xarakatlar strategiyasi asosida partiya guruxlariga yangi xuquq va vakolatlar berilishi maxalliy vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirish, bu borada siyosiy partiyalar vositasida maxalliy deputatlarning rolini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, maxalliy vakillik organlarida shakllangan partiya guruxlari ishini faollashtirish, ularning tashkiliy jixatdan ta’sirchan kuchga aylanishi, xududdagi muammolarni ko‘tarib chiqish, ularning yechimini topishga doir faoliyatini jonlantirish uchun zamin tayyorlaydi. Ayniqsa, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi o‘zaro raqobat muxiti partiya guruxlari o‘rtasida yaqqol sezilib turishiga muxim ahamiyat berish, turli dasturiy va g‘oyaviy maqsadlar o‘rtasidagi munozaralar, aholi orasida o‘z elektorati qarashlariga ta’sir etish mexanizmlarini shakllantirish sohasida tajribalarning shakllanishi fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatlarning shakllanishiga olib keladi.
Siyosiy partiyalarning maxalliy vakillik organlarida partiya guruxlari rolini oshirishdan asosiy maqsad – muxim davlat qarorlari qabul qilishni va davlat xokimiyati organlarini shakllantirishni xalq irodasi va xoxish-istagi asosida amalga oshirish­dan iboratdir. Xalqning siyosiy manfaatlari va irodasini ifoda etish, ularni himoya qilishning asosiy instituti, bu - siyosiy partiyalarni demokratik talablar darajasida rivojlantirishdir.
Maxalliy vakillik organlaridagi partiyaviy guruxlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib turadigan, ularning maxalliy xududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga shart-sharoitlar yaratib beradigan me’yoriy xujjatlarni yanada takomillashtirish fuqarolarning manfaatlarini maxalliy vakillik organlarida ifodalash va himoyalash uchun shart-sharoit yaratadi. Maxalliy kengashlardagi partiyaviy guruxlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib tu­radigan, ularning maxalliy xududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga shart-sharoit yaratib beradigan me’yoriy xujjatlarni yanada takomillashtirish partiyaviy guruxlarning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishi muqarrar.
Xarakatlar strategiyasida Vazirlar Maxkamasining Oliy Majlis palatalaridagi Doimiy vakili (bundan keyin - Doimiy vakil) lavozimini ta’sis etish, uning doimiy vazifasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlarning qonun ijodkorligi sohasida, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etishda o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga qaratilishi ko‘rsatildi. Bu kabi Doimiy vakil instituti barcha rivojlangan davlatlarda parlament va xukumat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashning aloxida bir bo‘g‘ini sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. Bu kabi hamkorlik ijro hokimiyatining qonunlar loyixasini takomillashtirishdagi rolini oshirishga, qonunlar ijrosi samaradorligini ta’minlashga, xukumat va parlament o‘rtasidagi aloqalarni tezkorlik bilan amalga oshirishga, qonun ijodkorligi jarayonida ijro etuvchi xokimiyat nuqtai nazariga e’tibor berilishini ta’minlaydi.



Download 10,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish