Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi


Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari



Download 10,7 Mb.
bet82/260
Sana03.06.2022
Hajmi10,7 Mb.
#633832
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   260
Bog'liq
2 5425048143051886682

Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari

Nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat hokimiyati organlari faoliyati qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqi ularning davlat boshqaruvidagi faqat yakuniy-nazorat bosqichida ishtirok etishi bilangina cheklanmaydi. Ular o‘zlarining mazkur huquqini davlat boshqaruvining avvalgi bosqichlari, ya’ni rejalashtirish va tashkillashtirish bosqichlarida ham namoyon qilishlari mumkin.SHuning uchun nodavlat notijorat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari faoliyatining qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqini faqat nazorat bosqichigabog‘lab qo‘yish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Mazkur tashkilotlar davlat boshqaruvining rejalashtirish bosqichlaridayoq ishtirok etish huquqi ular davlat hokimiyati organlari, jumladan, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar va dasturlarini rejalashtirish bosqichidayoq nazoratqilishida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, har qanday nazorat, jumladan, jamoatchilik nazoratining samaradorligi davlat hokimiyati organlari, jumladan,mahalliy davlat hokimiyati organlari muayyan tadbir va dasturlarni amalga oshirib bo‘lgandan keyin ularning qonunlarga mos yoki mos emasligini nazorat qilishi mumkin va ba’zi hollarda zarur bo‘ladi. Lekin bunday yo‘l tutish samarali emas. CHunki tadbir yoki dastur amalga oshirilib, unga davlatning, ya’ni soliq to‘lovchilarning mablag‘lari sarflanib bo‘lgandan keyin bu tadbir yoki dastur o‘rinsiz ekani aniqlansa, bu tadbir yoki dastur uchun mablag‘lar noo‘rin sarflangan,deb topish ehtimol to‘g‘ridir. Lekin endi noo‘rin sarflangan mablag‘larni qaytarib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham NNTlar o‘zlarining nazorat qilish huquqini o‘sha tadbir yoki dastur rejalashtirish bosqichida ekanidayoq amalga oshirishlari kerak. Buning uchun muayyan shart-sharoit zarur.
Ma’lumki, NNTlar hokimiyat funksiyalari va vakolatlariga ega emas. Lekin ular davlat hokimiyat organlari faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega. Ana shu huquq samarali ishlashi uchun davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash zarur. SHuning uchun mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha maxsus qonun qabul qilingan.
Bu Qonunning 5-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;7 Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga aloqador qonunlarning puxta o‘ylab tuzilayotgani va qabul qilinayotgani Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilganida ham namoyon bo‘ladi. Mazkur holat jamoatchilik nazoratining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tadbirlar rejalashtirilishi bosqichidayoq nazorat qilish uchun imkoniyat yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunida ham fuqarolarning birlashmalar tuzish huquqi kafolatlangan: “Inson huquqlari to‘g‘risidagi Umumiy deklaratsiyaga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qo‘yiladi”8Mazkur Qonunda “jamoat birlashmasi” tushunchasiga ta’rif ham berilgan: “O‘z huquqlari, erkinliklarini xamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.” Ko‘rinib turiptiki, jamoat birlashmalariga berilgan ta’rif ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan “Vikipediya” lug‘atida keltirilgan ta’rifga to‘la mos keladi va ta’kidlash joizki, bizning qonunimizda jamoat birlashmalariga berilgan ta’rifning bir qator jihatlari “Vikipediya”dagidankengroq va mustahkamroqdir.
Konstitutsiyamizda davlatimiz ijtimoiy davlat ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Jamoatchilik nazoratidavlatning ijtimoiyligini ta’minlaydigan muhim omildir. Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan davlatni ijtimoiy davlat deb bo‘lmaydi. Jamoatchilik nazorati qanchalik kuchli bo‘lsa, davlatning ijtimoiylik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.Davlat ijtimoiy hayotida xalq qo‘llab-quvvatlagan narsalargina yashashi kerak.
Jamoatchilik ekspertizasi yakunlariga ko‘ra aholi qo‘llab-quvvatlamaydigan narsa va hodisalarga barham berish zarur. Jamoatchilik nazoratining shakllaridan biri bo‘lgan jamoatchilik ekspertizasi mamlakatda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy jarayonlarga aholining munosabatini aniqlaydi va mazkur jarayonlarning qay biri yashashi va qay biridan voz kechilishi kerakligi to‘g‘rsida xalqning hukmini ifodalaydi.
Fuqarolik jamiyati institutlari jumlasiga jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar harakatlari, ekologik harakat, turli jamg‘armalar, uyushmalar kiradi. Bu institutlar tom ma’noda jamoat birlashmalaridir. Konstitutsiyamizning XIII bobida jamoat birlashmalariga quyidagicha ta’rif beriladi: “O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.”10
Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, barcha fuqarolik jamiyati institutlarini jamoat birlashmalari tashkil qiladi. Demak, fuqarolik jamiyati institutlari jamoat birlashmalari sifatida jamoatchilik nazoratining sub’ektlari hisoblanadi. Mana shu jumlaning o‘zida fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratini tashkil qilishdagi o‘rni va roli o‘z ifodasini topgan.
Jamoat birlashmalari orasida siyosiy partiyalar jamoatchilik nazoratini tashkil qilishda ancha faol ishtirok etmoqda.Mamlakatimizdagi eng ko‘p sonli jamoat tashkiloti kasaba uyushmalaridir. Ular mehnatni muhofaza qilish, mehnatkashlarning dam olishini tashkil qilish va nazorat qilish kabi masalalarda birqancha ijobiy ishlarni amalga oshirdi.
Tashkilot va korxonalardagi Jamoa shartnomalarining ma’muriyat tomonidan bajarilishini nazorat qilish kasaba uyushmalarining eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifani kasaba uyushmalarining ko‘pchilik boshlang‘ich tashkilotlari qoniqarli bajarmoqda.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida muhim omillardan hisoblangan ommaviy axborot vositalari taraqqiy topmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda o‘nlab nodavlat telekanallari, yuzlab bosma axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. Ularning bari jamoatchilik nazoratining sub’ektlari hisoblanadi. Jamoatchilik nazoratida ular ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular mazkur jarayonda bevosita ishtirok etishlaridan tashqari nazoratning boshqa sub’ektlari tomonidan aniqlangan qonunga xilof holatlarni keng jamoatchilikka etkazishda muhim rol o‘ynaydi. Ular etkazgan ma’lumotlar jamoatchilikning qonunlarni buzish hollariga nisbatan murosasiz munosabatlarini shakllantiradi.
O‘zbekistonda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat organlari barcha sohalaridagi faoliyatini jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishini eng dolzarb masalalardan biriga aylantiradi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat hokimiyati organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati shaffofligini ta’minlash, ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayyorlanayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik qarorlarni jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish,ijroiya hokimiyati organlari qoshida jamoatchilik kengashlarini tuzish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash mexanizmlarini yaratish bilan bog‘liq.
Jamoatchilik nazoratining hokimiyat vakolatlariga ega emasligi, uning etarli ta’sir kuchiga ega emasligi to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurlar keltirib chiqarishi mumkin. Aslida, unday emas. Jamoatchilik nazorati jarayonida aniqlangan qonundan chetga chiqish holatlari vakolatli davlat organlariga yoki jamoatchilik fikriga murojaat etish orqali bartaraf etiladi. Mazkur holat jamoatchilik nazorati sub’ektlari nazoratning ham huquqiy, ham ijtimoiy mexanizmlardan foydalanishi mumkinligini anglatadi. Davlat nazorati esa, asosan, huquqiy mexanizmlardan foydalanadi.
Jamoatchilik nazoratining mohiyati davlat hokimiyati organlari faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo‘lishdagina emas, ana shu tanqidiy munosabat orqali davlatni qo‘llab-quvvatlashda ham namoyon bo‘ladi.
Jamoatchilik nazoratining samaradorligini ta’minlashda muhim omillardan biri davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligidir. SHuni hisobga olib mamlakatimizda muhim ijtimoiy eksperiment o‘tkazildi. Ana shu eksperiment boshlanishida ma’lum qilinganidek, Buxoro va Samarqand viloyatlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 2013 yilning may-noyabr oylarida qonun loyihasi talablariga mos keladigan yangi rejimda faoliyat yuritdi. Masalan, yangi talablarga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlari qayd etilgan kundan boshlab, 15 kun davomida ko‘rib chiqilishi belgilandi. OAVning eksperiment sub’ektlari faoliyati, mansabdor shaxslar bilan intervyu tashkil qilish haqidagi so‘rovlarini esa, etti kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqish belgilandi.
Qonunning aprobatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan eksperiment to‘g‘risida keng jamoatchilik va jamoat tashkilotlarini xabardor qilish maqsadida, 2013 yilning may-iyul oylarida Buxoro va Samarqand viloyatlarida fuqarolar bilan 120dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi. SHuningdek, mazkur eksperimentning o‘tkazilish tartibi va qoidalari bo‘yicha boshqa viloyatlar hokimiyatlari hamda boshqa davlat hokimiyat organlari xodimlari uchun yo‘riqnoma tashkil qilindi.
Eksperiment o‘tkazish bo‘yicha ishchi komissiyasi a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, eksperiment boshlangandan keyingi dastlabki oylardayoq mazkur viloyatlarda fuqarolarning siyosiy va axborot olishga nisbatan faolligi keskin o‘sdi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yilning 2-choragida 1-chorakka nisbatan fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yozma va og‘zaki murojaatlari ikki baravar oshdi va Samarqand viloyatida 1514, Buxoro viloyatida 1230 tani tashkil qildi. .




  1. Download 10,7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish