Fuqarolik jamiyatini shakllanishida muhim rol o’ynaydigan «uchinchi sektor»ga qaysi tashkilotlar kiradi. nodavlat tashkilotlari
davlat tashkilotlari
tijorat va xususiy korxonalar
xususiy korxonalar
Toifalash sharhini tuzish qoidasi: 1. Toifalar bo’yicha ma’lumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.
2. Bitta mini - guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin.
3. Ta’lim oluvchilarga oldindan tayyorlab qo’yilgan toifalarni berish mumkin emas bu ularning mustaqil tanlovi bo’la qolsin.
TOIFALASH JADVALI
Nodavlat notijorat tashkilotlari
A’zolik
Tuzilishi
Tashkiliy-huquqiy
Moliyalashtirish manbalari
Jamoat birlashmalari
Jamoat fondlari
Muassalar
Jadvalni to’ldirilgan shakli
№
Tushuncha
Tushunchalar mazmuni
1.
Partiya
Siyosiy partiya – bu qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro’yobga chiqarishga intiluvchi hamda o’z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi fuqarolarning ko’ngilli birlashmasidir.
2.
Siyosiy partiyaviy tizimlar turlari
Bir partiyaviylik
Ikki partiyaviylik
Ko’ppartiyaviylik
3.
Siyosiy diskurs
Siyosiy diskurs – bu eng avvalo siyosiy partiyalar (shu jumladan fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari) o’rtasida kommunikativ muloqotni tashkil qilib beradigan siyosiy jarayondir
4.
Siyosiy partiya vazifalari
1. Muayyan siyosiy maqsadni ishlab chiqishi, partiya o’z mafkurasi va dasturini yaratib, uni ma’qullovchi jamoatchilik fikrini shakllantirishga harakat qiladi.
2. Siyosiy faoliyatda ishtirok etish. Bunda, muayyan mapfaatlar himoya etiladi
3. Siyosiy madaniyatpi oshirish.
4. Parlament va hukumat faoliyatiga ta’sir ko’rsatish.
5. Siyosiy yetakchilarni tarbiyalash.
6. Davlat oldida turgan maqsadlarning shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok etish.
5.
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish manbalari
A’zolik badallari;
Homiylik
Davlat tomonidan moliyalashtirish;
Qonunda ko’zda tutilgan boshqa holatlar.
12-mavzu. Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi.
Muhokama uchun asosiy savollar ro'yxati: Jamoatchilik nazorati tushunchasi. Jamoatchilik nazorati tizimi, sub’ektlari, shakllari va turli koʻrinishlari. Vakolatli fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazorati. Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash mexanizmlari. Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonunning (2018) qabul qilinishi va uning ahamiyati. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda OAVni rolini oshirish. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish. Ijtimoiy sheriklik tushunchasi, va uning talqinlari. Ijtimoiy sheriklikning rivojlanishining nazariy-huquqiy asoslari. Hamkorlik va ijtimoiy sheriklik. Ijtimoiy sheriklikning turlari, maqsad va vazifalari, sub’ektlari, tashkiliy-huquqiy mexanizmlari. Mamlakatimizda “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonunning (2014) qabul qilinishi va uning ahamiyati. Oʻzaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilagan davlat – xususiy sheriklikinng zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.