Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet43/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

SO‘Z BOSHI
O‘zbekistonda ta‘lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri ―shaxs manfaati va ta‘lim ustivorligidir‖. ―O‘zbekiston tarixi‖ fanini o‘qitishdan maqsad - yosh avlod ongida insoniyat uchun eng muhim bo‘lgan ma‘naviyatni shakllantirish hamda yanada yuksaltirish, ular ongida milliy ong va sog‘lom fikrni uyg‘otish, tarixiy xotiraning yoshlarimizni Vatanga sadoqat hamda millatparvarlik ruhida tarbiyalashdagi mislsiz ahamiyatini ifoda etish, o‘z taqdiri va kelajagini barpo etadigan yosh avlodni yangi jamiyatni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan g‘oyalar asosida tarbiyalashga qaratilgan. Prezident SH.M.Mirziyoyev ―Xususan milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim‖, deb ta‘kidladi1. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida 200 dan ortiq mamlakatlar orasida o‘zining qat‘iy gumanistik (insonparvar), tinchlikparvar siyosati bilan dunyo mehvarida muhim o‘rin egallaganligini dunyo jamoatchiligi tan olib turibdi.

O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ―Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va havflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma‘naviyat va ma‘rifatga, ahloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga intilishga e‘tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Aynan ta‘lim va ma‘rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da‘vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi‖2, deb ta‘kidlaydi. Tarixchi mutaxassis kadrlarni tayyorlashni yaxshilash, tarixga ixtisoslashtirilgan maktablar ochish lozim. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida ―O‘zbekiston tarixi‖ telekanali tashkil etilishi yurtboshimiz tomonidan alohida e‘tirof etildi3. Bundan tashqari ―Vatanimiz tarixidan lavhalar‖ turkumida muntazam ravishda ilmiy va ilmiy ommabop kitoblar nashr etib borish kerakligi ta‘kidlab o‘tildi. Buyuk zotlarning bebaho merosini chuqur o‘rganish, ularning qadamjolarini obod qilish, xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha birgalikda qilgan ishlarimiz barchamizga mamnuniyat yetkazadi4.

Yosh avlodning ta‘limi, tarbiyasi haqida gapirganda alloma Abdurauf Fitratning quyidagi fikrlari:



―Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib, izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e‘tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq‖5 degan purma‘no gaplari naqadar haqiqatdir.

Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma‘naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta‘siridan saqlash va himoya qilishda Vatan tarixini har tomonlama chuqur tadqiq etish, kelajak avlodga Vatanimiz tarixini o‘qitish orqali ularni yuksak ma‘naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi. ―O‘zbekiston tarixi‖ fani mustaqil O‘zbekiston Respublikasi hududida qadimgi zamonlardan bizning kunlarimizgacha yashab kelayotgan xalqlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda bosib o‘tgan uzoq taraqqiyoti tarixini o‘rganadi va o‘rgatadi. O‘zbekiston tarixi mustaqil O‘zbekiston yoshlari ongida milliy vijdonni shakllanishiga ko‘maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning taraqqiyoti yo‘lini, tarixiy tajribalarini o‘qib o‘rganganlaridagina ularda istiqlol tafakkuri, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy ma‘rifiy turmushning o‘tmish bilan qiyoslash va kelajakka nazar solish tuyg‘usi shakllanadi.




1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // ―Xalq so‘zi‖, 2018 yil 29 dekabr

2 Mirziyoyev SH.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: O‘zbekiston 2017.

3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // ―Xalq so‘zi‖, 2018 yil 29 dekabr

4 SHavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. 45- bet

5 SH.M.Mirziyoev. Milliy taraqqiyot yo‘lidan qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1- jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. 124-125 betlar

Mamlakatimiz tarixida yangi davr – mustaqil taraqqiyot davri boshlandi. Xalqimiz demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida zalvorli sinovlardan o‘tdi. Istiqlol yillarida yurtimizda milliy tariximizni, ma‘naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Yangi jamiyat qurish avvalo, yoshlarga, ularning ma‘naviy dunyosi, kasb-mahoratiga bog‘liq. Binobarin, yosh avlodda milliy g‘oyani, yuksak ma‘naviy fazilatlarni shakllantirishda, milliy ong va sog‘lom fikrni uyg‘otish, ularni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun g‘oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalashda, yuksak ma‘naviyatli komil inson bo‘lib shakllanishida, shuningdek, xalqimizning ma‘naviy yuksalishi yo‘lida ―O‘zbekiston tarixi‖ fanining ahamiyati katta. Ushbu fanning barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari hamda maktablarda o‘qitilishi ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi.

Mazkur uslubiy qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarining seminar mashg‘ulotlarini olib borishda, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida maxsus kurslarni o‘qitish, Vatanimiz tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish