Millatlararo tinchlik va totuvlik. Axborot tizimini erkinlashtirish. O‘zbekiston polietnik, ya‘ni ko‘p elatli davlat turiga mansub bo‘lib, hozirda 130 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi. davlatga o‘z nomini bergan millat - o‘zbeklar – 80,4% soni bo‘yicha ko‘pchilikni tashkil qiladi. turli elatlar va konfessiyalar vakillari o‘zaro hurmat, tushunish va to‘la kelishuvchanlik muhitida faoliyat ko‘rsatmoqdalar;
O‘zbekiston fuqarolari, ularning millatidan qat‘iy nazar, mustaqil O‘zbekistondagi elatlararo kelishuv va moslashuvchanlik fenomeni-davlatimizdagi barqarorlik va fuqarolar tinchligining eng muhim faktorlaridan biridir, degan yagona fikrdalar;
fuqarolarning millatlaridan qat‘iy nazar ularning huquqiy tengligi, iqtisodiy va ijtimoiy erkinligi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan;
tub millat boshqa etnik guruhlar bilan birgalikda umumijtimoiy tafakkurni shakllantirish jarayonlarini tezlashtirish va rag‘batlantirishning ulkan salohiyatini tashkil etadi, yuzaga kelgan millatlararo munosabatlar esa tinchlik va barqarorlikni, har bir oilaga munosib hayotni ta‘minlash kafolati bo‘lib xizmat qiladi;
kelajakda bashorat etish mumkinki, O‘zbekistondagi elatlararo va konfessiyalararo mutanosiblik o‘zbek xalqining ma‘naviy yangilanishi va milliy tafakkurning o‘sishi bilan chambarchas bog‘liq holda jamiyatning yangilanish va uning demokratiyalashuvida kuchli turtki bo‘lib xizmat qiladi, ―respublikaning jahon hamjamoatchiligi bilan integratsiyasi uchun qulay sharoitlar yaratadi‖
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta‘minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar quyidagilar qilib belgilandi:
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
axborot xavfsizligini ta‘minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish;
fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;
davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish. Bu ishlar bo‘yicha yurtimizda ko‘plab yangilik va islohotlar amalga oshirilmoqda.
13-Modul: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy- madaniy taraqqiyot. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |