Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet59/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Ikkinchi masalada talabalarni quyidagilarga jalb etish mumkin. O‘zaro urushlarning susayishi va Markaziy hokimiyatning kuchayishi natijasida mamlakatning turli viloyatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar rivojlanib bordi. Movarounnahrning qishloq va shaharlaridan Samarqand bozoriga keltiriladigan va muayyan talablarga javob beradigan mahsulotlarning bir qismi chet ellik savdogarlarga sotish va boshqa shaharlarga jo‘natish uchun mo‘ljallanardi. Keng tarmoqli Buyuk Ipak yo‘li Movarounnahr

shaharlarini Hindiston, Eron, Volga bo‘yi, hozirgi Afg‘oniston, Xitoy, Turkiya shaharlari bilan bog‘lardi. Amir Temur O‘rta Osiyo orqali Xitoy, Hindiston, Yaqin SHarq va Yevropa mamlakatlarini tutashtiruvchi Buyuk ipak yo‘lida savdo karvonlarining xavfsizligini ta‘minlash, rabot qal‘a va ko‘priklar qurishga katta e‘tibor berganligi tufayli Sharq va G‘arb o‘rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalari juda rivojlandi.

Amir Temur davlatining rivojida savdoning ahamiyatini juda yaxshi tushunar edi. SHu nuqtai nazardan u siyosiy va iqtisodiy masalalarni hal etishga harakat qilardi. Kichik Osiyoda bo‘lgan vaqtida Amir Temur Frantsiya qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan olib borgan diplomatik yozishmalarida g‘arb mamlakatlari bilan muntazam savdo aloqalari o‘rnatish istagini bildiradi. Savdogarlarning diniy mansubligidan qat‘i nazar, ularni savdo erkinligi bilan ta‘minlash ikki tomondan qo‘yilgan muhim shartlardan biri edi. Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning kundaliklarini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, u bu yerga faqat diplomatik vazifalarni bajarishgina emas, balki Ispaniya bilan Markaziy Osiyo o‘rtasida savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida Samarqanddagi mollar narxi, keyinchalik Ispaniyadan keltirilishi mumkin bo‘lgan va mahalliy savdogarlarni qiziqtirgan mahsulot turlarini aniqlashni ham maqsad qilib olgan edi. Amir Temur savdo yo‘llarini yaxshi saqlashga juda katta e‘tibor bilan qarab, ular saltanat siyosiy va ijtimoiy hayotining asosiy qon tomiri deb hisoblagan. Amir Temur buyrug‘iga binoan ko‘pincha dala o‘rtasida, janubiy g‘arbiy viloyatlardan Samarqandda eltuvchi yo‘llarda to poytaxt shaharga qadar savdo ahli, elchilar, sayohatchilar to‘xtab dam olishlariga mo‘ljallangan ―katta uylar‖ – karvonsaroylar qurilgan. Bundan tashqari ot saqlanadigan bekatlar ham tashkil etilgan edi. Bunday maskanlar muhim karvon yo‘llarining barchasida bo‘lib, ularda doim xorigan otlarni almashtirib olish mumkin edi. Aholi yashaydigan yerlardan ancha uzoqda, dashti biyobonlardan o‘tadigan karvon yo‘llarida joylashgan karvonsaroylar maxsus irrigatsiya inshootlari yordamida suv bilan ta‘minlanardi.

Bu davrda O‘rta Osiyo shaharlarining SHarq mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalari Buyuk Ipak yo‘lining an‘anaviy tarmoqlari orqali amalga oshirilgan. Bu yirik yo‘l orqali kechgan iqtisodiy jarayonga Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Andijon kabi savdo hunarmandchilik markazlarigina emas, balki Movarounnahrning ancha mayda shahar va qishloqlari ham jalb etilgan edi. Movarounnahrning Xitoy bilan savdo aloqa-diplomatik aloqalari kengayib borgan. Xitoy imperatorining temuriy hukmdorlarga yuborgan sovg‘alari ro‘yhatida aholining yuqori tabaqasi ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallagan mollar, xususan, chinni buyumlar, ov qushlari, qog‘ozning alohida sifatli navi va boshqalar mavjud edi. Ikki davlat o‘rtasida mahsulot ayirboshlashda hunarmandlar uchun zaruriy nimmahsulot almashish katta o‘rin tutganki, bu turli hududlar aholisining iqtisodiy aloqalari rivojlanganligidan dalolat beradi. Zahiriddin Muhammad Bobur Samarqand karvonlari bilan Xitoyga borgan savdogarlarning soni, ular savdosining hajmi haqida ham xabar berib o‘tadi. Haqiqatdan ham Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati juda keng qamrovli bo‘ldi.




Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish