Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet67/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Uchinchi masalada,Qoraxoniylar davlati Yettisuv hududidagi Qarluq (756-940) davlati o‘rnida tashkil topdi. Uning asoschisi Sotuq Bug‘roxon (915-955) hisoblanadi. U 942 yili Bolasog‘un hokimini mag‘lub etib, o‘rniga o‘zini xoqon deb atadi. Qoraxoniylar davlatiga ikki qabila-Yag‘mo va CHig‘il qabilalari birlashdilar. Sotuq zamonida Qoraxoniylar davlati ikkiga bo‘linib ketadi. Birining poytaxti Bolasog‘un bo‘lib, oliy hokimiyat yoshi katta bo‘lgan xoqon tomonidan boshqarilgan; ikkinchi davlatning poytaxti Taroz, keyinchalik Qoshg‘ar bo‘lib, kichik xoqon tomonidan boshqarilgan. Qoraxoniylar Somoniylar davlatidagi milliy nizolardan ustalik bilan foydalandilar. Xasan Bug‘roxonning 992 yili Somoniylarga qarshi yurishi oldidan somoniylar lashkarboshisi Xuroson hokimi Abuali Simjuriy u bilan muzokara olib borgan. Somoniylarning boshqa lashkarboshisi, Balx hokimi Foyiq Raboti Malik yaqinidagi Bug‘roxonga qarshi jangda, har tomonlama ustunlikka ega bo‘lishiga qaramay taslim bo‘ladi. Iloq hokimi Mansur ibn Ahmad esa, xoqonga tobe‘lik bildirib, uning nomiga pul zarb etadi. Buxorodan Qoshg‘arga ketayotganda Bug‘roxon kasallanib vafot etadi. Bundan foydalangan Nuh ibn Mansur taxtni qayta egallaydi.

996 yili Qoraxoniylar xoni Nasr Buxoroni yana bosib oladi. Somoniylar lashkarboshisi Abul Ibrohim Ismoilning (Muntasir) Buxoroni ozod etish yo‘lidagi urinishlari 1005 yilda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Somoniylarning G‘aznadagi noibi Sabuktegin 997 yilda vafot etdi. O‘rniga uning o‘g‘li Mahmud G‘azna hokimi bo‘ldi. Somoniylar amiri Mansur ibn Nuh (997-999) uning ta‘sirida edi.

1001 yilda Sulton Mahmud Qoraxoniylar xoni Nasr bilan shartnoma tuzib, Amudaryoni ikki o‘rtadagi chegara qilib belgiladi. Somoniylar davlati o‘rnida ikki ulkan davlat tashkil topdi:

Birinchisi-Qoshg‘ardan Amudaryogacha cho‘zilgan SHarqiy Turkistonning bir qismida, Yettisuv, SHosh, Farg‘onaning qadimgi hududlarini o‘z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati.

Ikkinchisi-SHimoliy Hindiston sarhadlaridan Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan hamda hozirgi Afg‘oniston va SHimoli sharqiy Eronni o‘z ichiga olgan G‘aznaviylar davlati edi.

Iloq hokimlari nomigagina qoraxoniylarga qaram bo‘lib, o‘z yurtlarini mustaqil ravishda



boshqarganlar. Iloqdagi dehqonlar sulolasining asoschisi Mansur ibn Ahmadning o‘g‘li Muhammad ibn Mansur (1004-1008) bo‘lgan. Uning o‘g‘li Abushujo Solor ibn Muhammad (1008-1009) qoraxoniylar xoni Ahmad ibn Aliga qaram bo‘ldi. Iloqda Nasr ibn Alining uchinchi ukasi Muhammad ibn Ali (1010- 1015) Inoltegin laqabi bilan pul zarb qilgan. Unga Iloq, Xo‘jand, Taroz mulklari tobe‘ bo‘lgan. CHug‘rotegin Xusayn ibn Mansur (1016-1030), Muhammad Yusuf Bug‘roxon (1032-1057)ning poytaxti SHosh edi. To‘g‘rultegin Qoraxon Yusuf (1068-1075) zamonida Iloq SHarqiy Qoraxoniylar davlatiga qaram bo‘lgan.

  1. asr o‘rtalarida tamg‘ochxon unvonini olgan qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr g‘arbiy Qoraxoniylar davlatining poytaxtini O‘zgandan Samarqandga ko‘chirdi.

1068 yilda, Movarounnahrda qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr o‘g‘illari o‘rtasida taxt uchun kurash boshlandi. Kurashda SHamsulmulk g‘alaba qozondi. SHamsulmulk Abulxasan Nasr ibn Ibrohim (1068- 1080) davrida Buxoroda katta qurilish ishlar olib borilgan.

1080 yilda SHamsulmulk vafotidan keyin Movarounnahrda hokimiyat uchun kurash avj oladi. Bundan foydalangan saljuqiy sulton Malikshoh 1089 yili Movarounnarga bostirib kirdi. Buxoro va Samarqandni zabt etib, xon Ahmadni asir oldi. Ammo, Ahmad bilan sulh tuzib uni o‘z taxtida qoldiradi. Qoraxoniy Ahmadning saljuqlarga itoatkorligi amirlar va ruhoniylar noroziligiga sabab bo‘ldi. Natijada u 1095 yilda o‘ldirildi.

Ahmaddan so‘ng taxtga o‘tirgan Arslonxon (1102-1130) zamonida qoraxoniylar garchi yarim mustaqillik sharoitida siyosat yurgizgan bo‘lsalar ham, Samarqand shahrining obodonligi bo‘yicha katta ishlar qildilar. Harbiy qo‘mondonlar va ruhoniylar Arslonxon hokimiyatidan norozi edilar. Arslonxon betobligi tufayli hokimiyatni o‘g‘li Nasrga topshiradi. Lekin fitnachilar Nasrni o‘ldiradilar. Arslonxon Marvdan Sulton Sanjarni yordamga chaqiradi. Bundan foydalanib, Sanjar 1130 yili Samarqandni egallaydi.

  1. asr boshlarida qoraxitoylar Bolasog‘unni egallaydilar. 1138 yilda qoraxitoylar go‘rxoni Sulton Sanjarning qarindoshi, Samarqand hukmdori Mahmudni Xo‘jand yaqinida mag‘lub etadi. SHahar talanib katta tovon undirilgan bo‘lsa-da, bosib olinmadi. So‘nggi qoraxoniylar qoraxitoylarga tobe‘likdan qutulgan edilar. Biroq, 1212 yilida Alovuddin Muhammad Xorazmshoh g‘arbiy qoraxoniylar davlatining xoqoni Usmonni o‘ldirib, Samarqandni o‘z mulklariga qo‘shib oldi.

Qoraxoniylarda Qoshg‘ar va Bolasog‘un poytaxt sanalib, ulug‘ xon shu shaharlardan birida

qarorgohda o‘tirgan. Ulug‘ xoqon yoki ulug‘ xon ul-xoqon degan nomda yuritilgan. Arab manbalarida

mazkur unvon sulton ul-salotin, fors tarix asarlarida shahanshohga muvofiq keladi. Aynan yuqoridagi oliy unvon qoraxoniylar davri kitoblarida tamg‘ochxon deb ham yutirilgan.

Qoraxoniylarga qarashli yerlar tamg‘ochxon tomonidan uning o‘g‘illari, qarindoshlari o‘rtasida taqsimlangan edi. SHu bois yer-mulk masalasida ota-o‘g‘il, amaki, jiyanlar hamda aka-uka-yu amakivachchalar o‘rtasida doimiy nizolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta‘sir ko‘rsatib turgan.

Ettisuvdan turib Movarounnahrni boshqarish qiyin bo‘lgan. Qoraxoniylar davrida Samarqand Elikxoni ancha kuchayib ketgan edi. Saroyda somoniylar davlatida bo‘lganidek vazir, sohibbarid, mustavfiy, hojib, rais-muhtasib kabi amaldorlar bo‘lgan. Qoraxoniylar davlatida imom, sayyid, shayx, sadrlar mavqei kuchli edi.

Qoraxoniylar davlati boshlig‘i lavozimi, xoqonning taxti merosiy sanalgan. Ma‘muriy idoralar



ikkiga bo‘lingan: dargoh va devonga. Xoqonning ulug‘ hojibi xoqon bilan fuqaro o‘rtasida vositachilik qilgan. Xoqon saroyida quyidagi amaldorlar bo‘lgan: og‘ichi-shoyi kiyimlar xazinachisi; biruk- mehmonlarni qabul qilish bo‘yicha mutasaddi; oshchi-xoqon oshxonasi boshlig‘i (bog‘archi); bitikchi- munshiy; kotib-mirza; qushchi-xoqon ovining tashkilotchisi.

Xoqon harbiy qo‘shinlari cherik deyilgan, unga suboshi, yoki sipohsolor qo‘mondonlik qilgan. Kichik zobit chovush, sipohiylar to‘dasi qo‘mondoni xaylboshi deyilgan. Qo‘shin o‘nlik, yuzlik, mingliklarga bo‘lingan. Qoraxoniylar xoqoni qo‘shini (harbiy lager) xonto‘y deyilgan. Xoqon qo‘shinida doim 9 ta sariq bayroq xilpirab turgan. Xoqonlikda elchini yalavoch yoki yalafar deb atalgan.

Xoqonlik hududlari el, viloyatlarga bo‘lingan. Ijtimoiy tuzumda mavqei ancha baland hisoblangan yirik zamindorlar-dehqonlar qatlami qoraxoniylar davrida o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. O‘rta Osiyo ko‘hna zodagon toifasining bunday ahvolga tushishiga asosiy sabab siyosat maydonida yuz bergan sulolalar o‘rtasidagi taxt almashuvi, eng ta‘sirli jihati esa ko‘chmanchilik sharoitiga moslashgan el-uluslarining o‘troq aholi hududlarining ishg‘ol etishidir.

Qoraxoniylarda oddiy xalq budun deyilgan. Soliq to‘lovchi fuqaro raiyat deb atalgan. Qabila boshliqlari bek deyilgan, savdogarlar sart deb atalgan. Qoraxoniylar davlatida hunarmandchilik (kulolchilik, to‘quvchilik, shishasozlik, temirchilik, zargarlik), shuningdek ziroat va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sohalar taraqqiy etgan. SHuningdek, qimmatbaho toshlar, oltin, mis, temir qazib olingan. SHaharsozlik inshootlari pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan. Xonlikda yer egaligining iqto‘ shakli keng tarqalgan. Manbada shunday deyiladi: ―Iqtoga sohib bo‘lganlar (muqtalar) shuni bilishlari lozimki, ular faqatgina raiyatdan haq molini yaxshilik bilan olishga haqlidirlar va odamlar o‘z tanuv mollari, bola-chaqalari, asbob-uskunalari bilan xavfsiz bo‘lishlari shart. Agar odamlar saroyga kelib, o‘z hollarini ma‘lum qilmoqchi bo‘lsalar, ular qarshilik qilmasinlar va qaysi bir muqta shunday qilsa qo‘lini qisqartirib, iqtosini tortib olish, o‘ziga jazo berib, boshqalarga ibrat etib ko‘rsatish kerak.

Xorazmni mustaqil davlat sifatida shakllanishida ko‘p xizmat qilgan hukmdor Qutbiddin Muhammad Otsiz (1127-1156) edi. Saljuqiy Sulton Malikshoh davrida Xorazmni hukmdori bo‘lgan Anushteginning nevarasi Otsiz o‘zi tobe bo‘lgan Saljuqiy sultonlarining har bir xatosidan ustalik bilan foydalandi. Ayyor, diplomat va mohir sarkarda bo‘lgan Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib bordi. U Xorazm yerlarini ancha kengaytirib, Sirdaryoning quyi oqimidagi yerlarni, Mang‘ishloqni bosib oladi. SHundan so‘ng u bir necha bor (1138, 1141-1142, 1147-1148 y.y) Sulton Sanjarga qarshi isyon qildi va mag‘lubiyatga uchrab Saljuqiylarga butunlay tobe bo‘lib qoldi. Lekin shunga qaramasdan u Xorazmni mustaqilligi uchun mustahkam asos yarata oldi. Sulton Sanjarning o‘limidan so‘ng (1157 y) Saljuqiylar davlati deyarli yuq bo‘ldi va Xorazmni mustaqil davlat sifatida siyosat olib borish uchun keng yul ochildi. Muhammad Otsizning o‘limidan so‘ng o‘g‘li Elarslon taxtga o‘tirdi. U otasiga Qaraganda ancha qulay vaziyatda davlatni boshqardi. Xurosondagi voqealardan foydalanib u Kaspiy bo‘yidagi Dehistonni bosib olishga erishdi. Elarslon otasi davrida Xorazmga bo‘ysundirilgan ko‘chmanchi turkman va qipchoq qabilalari yordamida Movarounnahrning ichki ishlariga ham tez-tez aralasha boshladi. 1158 yilda u katta qo‘shin bilan Movarounnahrga bostirib kirdi. Bu vaqtda qoraxitoylarga vassal bo‘lgan Qoraxoniylar ko‘chmanchi qarluq qabilalari bilan jang olib borishayotgan edi. Elarslon qarluqlar ga Buxoro va Samarqand uchun olib borgan janglarda yordam berdi. Lekin qoraxitoylar qo‘shinlari yordamga yetib kelishi bilan Elarslon Xorazmga qaytishga majbur bo‘ldi. U bir necha marta Xurosonga yurish qilgan bo‘lsada, muvaffaqiyatga erisha olmadi. 1171 -1172 yillarda qoraxitoylarning katta qo‘shini Xorazmshohning o‘lponini o‘z vaqtida to‘lamayotganligini bahona qilib Xorazm ustiga yurish qildi. Elarslonning buyrug‘i bilan Sirdaryodagi katta to‘g‘on buzib tashlanadi va katta maydon suvga bostiriladi. Bu qoraxoniylar qo‘shini yurishini qiyinlashtirdi va Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch)ni talon-taroj qilishdan saqlab qolindi. Lekin qoraxoniylarning bu bosqini davrida Elarslon vafot etdi. Undan

keyin Xorazm taxtini uning kichik o‘g‘li Sultonshoh egallaydi. Elarslonning katta o‘g‘li Alouddin Takash Qoraxitoylar yordami bilan ukasi Sultonshohdan taxtni tortib olishga erishdi. Sultonshoh Xurosonga qochishga majbur bo‘ldi. SHundan so‘ng Alouddin Takash (1172-1200 y) Xorazmda mahkam o‘rnashib, qoraxitoylarga va‘da bergan o‘lponni to‘lashdan bosh tortadi. Bunga javoban qoraxitoylar Xorazmga yana yurish qiladilar, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Qoraxitoylarning muvaffaqiyatsiz yurishlaridan keyin, Takash o‘z davlatini yanada mustahkamladi, Movarounnahrga, Xurosonga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. U Movarounnahrni egallay olmagan bo‘lsada, lekin Xurosonni bir necha tumanlarini bosib oldi. Lekin Xorazmshoh Takashning Xurosonda kuchli va xavfli raqibi bor edi. Bu tobora ko‘chayib borayotgan Guriylar davlati edi. Fy‘ viloyati hozirgi Afg‘onistondagi Xerirud daryosi bo‘yida, Hirotdan Balxgacha, Qobuldan G‘aznagacha cho‘zilgan viloyat bo‘lib, bu yerda asosan forsiy qabilalar yashatan. So‘nggi Saljuqiylar davrida Gy‘ viloyati o‘z mustaqilligini ancha mustahkamladi.

1150-1151 yillarda Guriylar hokimi Alouddin G‘aznaviylar sulolasi sultoni Baxromshoh ustidan g‘alaba qozonib, G‘azna shahrini vayron qilgan edi. G‘aznaviylarga so‘nggi zarbani 1186-1187 yillarda Guriylar hokimi G‘iyosiddin Muhammad berdi. SHundan so‘ng Fyriylar hozirgi Afg‘onistonni hamda Tojikiston va O‘zbekistonning janubiy hududlarini ham ma‘lum vaqt egallab turdilar. Xurosonda Saljuqiylarning kuchsizlanganidan foydalanib Guriylar Sultoni G‘iyosiddin Muhammad 1175 yilda Hirotni egalladi va Xurosonning markaziy rayonlariga hujumlar uyushtirib turdi. Qoraxitoylarning vassali hisoblangan Xorazmshoh Takash esa Xorazmni qoraxitoylar qo‘lidan qutqarish uchun katta kuch sarflashga majbur bo‘ldi. Xorazmshohning tobora ko‘chayib borayotganidan xavfsiragan Xalifa Nasr qo‘shinlari Takashga qarshi chiqdilar. 1196 yilning iyun oyida xorazmliklar xalifa qo‘shinlarini yengdilar. SHu tariqa Eronning katta qismi Xorazmshohlar qo‘liga o‘tdi va Xorazm davlati hududi birdaniga ikki baravariga kengaydi. Xorazm davlati endi Bag‘dod xalifasiga tegishli joylar va Guriylar bilan chegaradosh bo‘lib qoldi. 1200 yilda Takash vafot etdi va shundan keyin Iroqda xalq qo‘zg‘oloniko‘tarildi, bu yerdagi Xorazm qo‘shinlarining katta qismi qirib tashlandi, qolganlari Xurosonga chekinishga majbur bo‘ldi. Xorazmshohlar ichida Takash eng iqtidorli lashkarboshi va hukmdor edi. U juda og‘ir vaziyatda Old Osiyo va Markaziy Osiyoning katta qismini birlashtirib qudratli davlat tuzishga muvaffaq bo‘ldi.

Lekin Takashning katta xatosi shunda ediki, u o‘zining xotini Turkon Xotun mansub bo‘lgan qipchoqlar qabilasiga katta erkinliklar berdi, ularni doimo qo‘llab-quvvatladi. Turkon Xotunning davlat ishlariga aralashuvi Xorazmdagi ichki nizolarning ko‘chayishiga olib keldi. Takashning o‘limidan keyin Xorazm taxtiga uning o‘g‘li Alouddin Muhammad o‘tirdi (1200-1220 yy) 1203 yilda Muhammad qoraxitoylarning yordami bilan Xurosonni butunlay bosib oldi. Hirotni va yaqin atroflarini egalladi, 1207 yilda u o‘z poytaxtiga qaytib Movarounnahrni bosib olish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshladi. SHu yilning o‘zidayoq Muhammad Movarounnahrga katta kuch bilan harbiy yurish boshladi. Buning sababi Buxoroda ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni edi. Bu qo‘zg‘olon 1206 yilda Buxoro sadri (hokimi) Muhammad ibn Abdulazizga qarshi qaratilgan edi. Buxoro sadrlariga xos barcha yomon xislatlar bu odamda mujassam edi. U xalqdan katta soliqlar olib, ularni shafqatsizlarcha ezar edi. U diniy rahbar bo‘lishiga qaramasdan aysh-ishratga, ovga mukkasidan ketgan edi.

Buxoroda uning zulmiga qarshi xalq harakatining asosiy kuchlari shahar hunarmandlari edi, qishloq aholisi - dehqonlar bu harakatni qo‘llab quvvatladi. Bu qo‘zg‘olonning boshlari qalqon yasovchi ustaning o‘g‘li Malik Sanjar ismli shaxs edi. Qo‘zg‘olonchilar sadr Muhammadni oilasi bilan quvib chiqardilar. U qoraxitoylardan yordam so‘radi. Lekin Xorazmshoh Muhammad qoraxitoylardan oldinroq harakat qilib Buxoroni bosib oldi va shu tariqa Movarounnahrni Xorazm tarkibiga qo‘shib olish boshlandi. qo‘zg‘olonchilarning boshlari Malik Sanjar Urganchga olib ketildi.

Movarounnahr xalqi Xorazmshohni qoraxitoylar zulmidan qutqaruvchi kuch sifatida qarshi oldi. Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylarning vassali bo‘lgan Samarqand hokimi (qoraxoniylar sulolasidan) Usmon bilan do‘stona munosabat o‘rnatdi. Bu esa qoraxitoylarning Samarqandga yurish qilishiga olib keldi va ular shaharni bosib oldilar. Bu vaqtda mo‘g‘ul qabilalaridan biri bo‘lgan naymanlar qoraxitoylarning Yettisuvdagi yerlariga bostirib kirdilar. SHuning uchun qoraxitoylar shoshilinch ravishda orqaga qaytishga majbur bo‘ldilar. Qoraxitoylarning qiyin ahvolga tushib qolganidan foydalangan Xorazmshoh Samarqandni egallab (Usmon uning vassaliga aylandi) qoraxitoylar ustiga yurish qildi va Talas vodiysida 1210 yilda qoraxitoylar qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba tufayli Muhammad Xorazmshohning ahvoli ancha mustahkamlandi. Samarqand hokimi Usmon Xorazmshohning to‘liq vassaliga aylandi va uning kuyovi bo‘ldi.

Soliqlarning haddan tashqari oshib ketganligidan norozi bo‘lgan Samarqand xalqi 1212 yilda qo‘zg‘olon ko‘tardi. Katta qo‘shin bilan Xorazmshohning o‘zi Samarqandga kirib borib qo‘zg‘olonchilardan shavqatsizlarcha o‘ch oldi va o‘z kuyovi Usmonni ham o‘ldirdi. SHundan so‘ng u Movarounnahrdagi vaziyatni o‘z foydasiga hal etish uchun Farg‘onani Usmonning ukasi Qodirdan tortib oldi. O‘zgan shahrini ham egalladi va shu tariqa qoraxoniylar sulolasi butunlay tugatildi. Qoraxitoylar sulolasini esa ko‘chmanchi naymanlar Quchluq rahbarligida tugatdilar. Xorazmshoh Markaziy Osiyoni butunlay egallagandan so‘ng G‘arbga yurish qildi va tez orada Eron va Afg‘onistonni bosib oldi. Bag‘dod xalifasini ag‘darishga o‘rinib ko‘rdi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish