Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet10/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Parkana davlati (Davan).Mil. avv. II-I asrlar Xitoy manbalarida keng, boy va ko‘p aholili deb eslatilgan Davan davlatini tadqiqotchilar qadimgi Farg‘ona deb hisoblaydilar. Mil. avv. III asrlarda bu davlat ―Davan‖, keyinroq esa ―Boxan‖ va ―Polona‖ nomlari bilan eslatiladi. ―Polona‖ bu, shubhasiz ―Farg‘ona‖ning xitoychada talaffuz etilishidir. Xitoy ma‘lumotlariga ko‘ra mil. avv. II asrda Farg‘onada 300 ming aholi yashagan.

Vohada shaharlar ko‘p bo‘lib, poytaxti Ershi shahri (hozirgi Marhamat) edi. Qadimgi farg‘onaliklar haqida: ―odamlari chuqur ko‘zli va sersoqol; savdo-sotiqda mohir, xotinlarni hurmat qiladi. Xotinning aytganini eri albatta bajaradi‖, -deb ma‘lumot beradi.

Davan qishloq xo‘jaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi arpa, sholi, beda kabi turli ekinlar ekkanlar. Shuningdek, ular uzumchilik ham qilganlar. Vinoni katta sopol xumlarda uzoq yillar saqlashni ham bilganlar. Xitoy sayyohi Chjan Tszyan (mil. avv. II asr) ma‘lumotlarga ko‘ra ―Davan mamlakatida hamma joyda uzumdan vino qiladilar. Badavlat oilalar vinoni juda ko‘p miqdorda zahira qiladilar va bu vino o‘nlab yillar davomida buzilmay saqlanadi‖. Farg‘ona vodiysida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu ma‘lumotlarni tasdiqlaydi.

Chjan Tszyan Davandan olgan taassurotlari haqida gapirar ekan, ularning madaniy saviyasi, urf-odatlari jihatdan bir-birlariga teng ekanliklarini ko‘rsatadi. Demak, xitoy sayyohi Farg‘onada ham o‘troq aholini uchratgan va bu aholining dehqonchilik sohasida erishgan yutuqlari uni hayron qoldirgan. Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi bilan bir qatorda, Farg‘onaning cho‘l va dasht hududlarida ko‘chmanchi chorvador aholi ham yashagan. Manbalar bu ko‘chmanchilarning ot ustida turib kamon otishga juda mohir ekanliklari haqida eslatib o‘tadi.

O‘sha davrda Davan davlati o‘zining ―afsonaviy‖ va ―samoviy‖ otlari bilan shuhrat qozongan. Davan arg‘umoqlari mamlakatdan tashqarida ham, ayniqsa Xitoyda juda ham qadrlangan. Xitoyliklar Farg‘ona otlarini ilohiylashtirish darajasiga borib yetganlar.

Mil. avv. II asrning oxirlari Xitoy imperatorlari Davanni bosib olishga harakat qiladilar. Davan xalqi bosqinchilarga qarshi uzoq muddatli og‘ir urushlar olib bordi. Mil. avv. 104-101 yillarda Xitoy imperatorining 60 ming kishilik qo‘shini Davanga bostirib kiradi. Manbalarga qaraganda ―Bir necha o‘n ming kishilik xitoylik yosh jangchilar‖ bu qo‘shinga yordamchi kuch sifatida qo‘shiladilar. Dastlabki hujum Xitoy imperatori qo‘shinlarining mag‘lubiyati bilan yakunlanadi. Xitoy qo‘shinlari o‘tib bo‘lmas istehkomgaaylantirilgan Davan qal‘alari qarashligini sindirishga ojizlik qiladilar.

Miloddan avvalgi 101 yilda ko‘p ming kishilik imperator qo‘shinlari Davanga ikkinchi marta yurish qiladilar va Ershi shahrini qamal qiladilar. Ularning bu safargi urinishlari ham muvaffaqiyatsiz kechadi. Ershi aholisi bo‘ysunishni xohlamagach, xitoyliklar shaharga keladigan suv yo‘llarini berkitib qo‘yadilar. SHahar aholisi esa o‘zlari qazigan quduqlardan suv olib, himoyani mardonavor davom ettiradilar. Shunday sharoitda Davanning o‘sha paytdagi hukmdori Mug‘va qo‘shni davlat hukmdorlardan yordam so‘raydi.

Qattiq qarshilikka uchragan xitoyliklar Davandan chekinishga majbur bo‘ladilar. Lekin Davanga ―samoviy‖ arg‘umoqlar berish majburiyatlarini qo‘yadilar. Bu majburiyatni bajarish borasida davanliklar orasida nizo chiqadi va natijada Mug‘va o‘ldiriladi (aftidan u xitoyliklarga soliq to‘lashga qarshi bo‘lgan bo‘lsa kerak). Xitoyliklar bir necha o‘n ―samoviy‖ arg‘umoq va 3 mingta boshqa otlarni olib Davanni tashlab chiqadilar.



SHunday qilib, qo‘shni davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Davanliklar mil. avv. II asrda Xitoyliklar ta‘siriga tushmasdan o‘z mustaqilliklarini saqlab qoldilar. Davan davlatining keyingi taqdiri haqida ma‘lumot deyarli yo‘q. Ayrim rivoyatlarga ko‘ra milodimizning II asrida bu davlatni ko‘chmanchilar egallagan.

    1. Kushonlar saltanati va uning Vatanimiz xalqlari tarixida tutgan alohida

o‘rni.

Kushon davlatining paydo bo‘lishi uzoq vaqt olimlar orasida katta ilmiy munozaralarga sabab bo‘lib kelganlar. Bu afsonaviy tuyulgan podsholik tarixini o‘rganish o‘tgan asrdayoq boshlangan edi.



O‘tgan asrda London va Parij, Vena va Peterburg tangashunoslari qo‘liga badjahl va sersoqol SHarq podsholari vaantik davr xudolari tasvirlagan tangalar tusha boshladi. Ularda yunon alifbosida, noma‘lum tilda yozuvlar yozilgan edi. Shuningdek, ingliz ofitserlari, vrachlar va sayohatchilar Hindistonning Shimoli-g‘arbiy rayonlaridan antik davrga oid sharqiy uslubda ishlagan haykalchalar va turli buyumlar topib ola boshlaydilar.

Mil. Avv I asrga kelib Katta Yuechji uyushmasidagi beshta hokimlikda Guyshuan (Kushon) hokimligi anchako‘chayib va huddi kengayib bordi. ―So‘ngi Xan sulosasi tarixi‖ (Xitoy) ma‘lumotlarga ko‘ra, ―Guyshuan hokimi Kiotszyukyu qolgan to‘rtta hokimlikni birlashtirib o‘zini Guyshuan hokimi deb e‘lon qilindi‖.



Kiotszyukyu (Kudzula Kadfiz) hamma mulklarni birlashtirib, Qobuliston va Qandaxorni zabt etadi. Milodiy I asr boshlariga kelib Qushon davlati o‘z ahamiyatiga ko‘raantik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi ―Guyshuan hokimi Kiotszyukyu‖, ilk kushon davriga oid topilma tangalarda aks ettirilgan ―Kushon podshosi Kudzula Kadfiz‖ga aynan mos tushadi.

Kudzula Kadfiz yoki Kadfiz I o‘z podsholik siyosatini hokimiyat yerlarini kengaytirish bilan boshlaydi. Uning davrida Kushon davlati yerlari anchagina kengaydi. Kadfiz I hukmronlik qilgan davr Kushon podsholigi haqida tangashunoslik tadqiqotlar orqali birmuncha ma‘lumotlar olish mumkin. Ba‘zi bir guruh tangalar borki, ularning bir tomonida eng so‘nggi Yunon-Baqtriya podshosi Germey tasviri tushirilib, uning nomi yozilgan, ikkinchi tomonida esa, Gerakl siymosi va ―o‘z ishonchiga qat‘iy kushonlar yobg‘usi Kujula Kadfiz‖ degan so‘zlar bor.

Tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, keyinroq Kadfiz I o‘z nomini ―yobg‘u‖dan

―shohlar shohi‖ faxri unvoniga ko‘tarib tangalar zarb etadi. Yana bir guruh Markaziy Osiyodan (ko‘proq Tojikistondan) topilgan tangalarda ―shohlar shohi, buyuk xaloskor‖ degan yozuv uchraydi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, bu tangalarni Kadfiz I zarb qilgan.

Kudzula Kadfizdan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Vima Kadfiz (Kadfiz II) o‘tiradi. U mamlakatda pul islohoti o‘tkazib oltin tangalar zarb qila boshlaydi. Shuningdek Kadfiz II Hindistonning bir qismini Kushon davlatga qo‘shib oladi va Rim saltanati bilan aloqalar o‘rnatadi.

Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik davrida Kushonlar saltanati yanada gullab-yashnadi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‘shib olingan. Mamlakatning poytaxti esa Peshovar (Afg‘oniston) atrofida edi.

Mamlakatning hududi Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, markaziy Osiyodagi ko‘pgina viloyatlar, Sharqiy Turkistondan iborat edi. Syuan‘ Tszyanning yozishicha,

―Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo‘shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko‘pchilik tomondan tan olindi. Xitoyning g‘arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimyatini tan olib, o‘nga o‘z garovga qo‘yilgan odamlaridan yuborilgan edilar‖.

Kanishka davrida zarb etilgan tangalarda Budda xudosi, zardushtiylar xudolari Vurutragna, Anaxiti, Mitra va boshqalarni uchratish mumkin. Aynan shu davrda zarb

etilgan tangalarda yunon alifbosidagi Baqtriya tilida yozilgan tangalar (Evropa tadqiqotchilarini hayratga solgan tangalar) zarb etilaboshlandi. Kanishka davrida Kushonlar davlatida buddiylik diniga katta e‘tibor berildi (Kanishkaning o‘zi ham shu dinda edi). Baqtriya tilining ahamiyati yanada oshdi. Hunarmandchilik va savdo yuqori darajaga ko‘tarildi. Kushon davlati o‘zining eng rivojlangan cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Hind manbalarining ma‘lumotlariga qaraganda, Kushon davlatiga Kanishkadan so‘ng Vasishka podsholik qiladi. U va Vasudeva podsholigi davrida qudratli kushonlar saltanati inqirozga uchray boshlaydi.



Kushon podsholigi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotga nazar tashlasak, bu davrdagi yirik shaharlardan biri Termiz shahri edi. Termiz asosan Kushonlar davridagi yuksak rivojlandi. Bu davrda shahar Hindiston bilan g‘arb, shimol, sharq mamlakatlarni bog‘laydigan savdo yo‘llaridagi yirik shahargaaylangan. Shaharning maydoni anchagana katta bo‘lib, uning hududidan Qoratepa, Fayoztepa kabi Budda ibodatxonalari qazib ochilgan. Ular ibodat qilish joyi bo‘lishi bilan birgalikda, ajnabiy savdogarlar savdo -sotiq qiladigan manzil ham hisoblangan. Ibodatxonalar qoshida turli hunarmandchilik ustaxonalari bo‘lib, ular faqat qohinlar ehtiyojini qondiribgina qolmay, bozor uchun ham xizmat qilgan. Ibodatxonalarda kulolchilik ustaxonalarini topilish shunday dalolat beradi.

So‘g‘diyona, Farg‘ona va Chochning Kushon davriga oid ko‘hna shahar va qishloqlari yaxshi o‘rganilmagan bo‘lsa-da, bu yerlarda ham katta-katta o‘zgarishlar va shaharlar rivojini kuzatish mumkin. Yirik shaharlardan biri Samarqand edi. So‘g‘diyonada undan tashqari mayda manzilgohlar ham ko‘p edi. Manzilgohlar mustahkam himoya devorlari bilan o‘ralgan edi. Farg‘ona vodiysida ham moddiy madaniyatining rivojlanganligini kuzatish mumkin.

Xorazmda ko‘pgina shaharlar va manzilgohlar mavjud edi. Shulardan biri Tuproqqal‘a ko‘hna shahridir. Shahar tuzilishiga ko‘ra to‘g‘ri burchakli bo‘lib, qalin devorlar bilan o‘ralgan. Shahar o‘rtasida tor ko‘cha o‘tgan. Shahardan Kushon davriga oid ko‘plab narsalar topilgan. Bu yerga podsho saroyi ochilgan bo‘lib, shahar devorlaridaajoyib tasvirlarni uchratish mumkin. Shuningdek, Tuproqqal‘adan Xorazm podsholarining arxividan namunalar ham topilgan.

Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Kushon davrida Markaziy Osiyoning deyarli barchaviloyatlari qishloq xo‘jaligini yaxshi o‘zlashtirib olgan edilar. Tekisliklarda sug‘orma dehqonchilik bilan birgalikda chorvachilik ham rivojlanadi. Bu davr Xorazmda, Zarafshonda ko‘plab sug‘orish inshootlari qurildi. Dehqonchilik qurollarida ham o‘zlashtirish sodir bo‘ldi. Masalan Kushon davriga oid Talibarzu yodgorliklaridan (Samarqand) yer haydaydigan omochning temir uchi topilgan.



Tog‘ etaklari va tog‘ oldi vohalarida bu davrda chorvachilik rivojlanib boradi. Ayniqsa, Farg‘ona chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi yarim ko‘chmanchi aholi ko‘p edi. Ularning zotdor otlari qo‘shin davlatlarda ham mashhur edi.

Hunarmandchilik faqat yirik shaharlarda emas kichikroq manzilgohlarda ham rivojlandi. Ayniqsa, qurol-aslaha ustaxonalarida harbiy qurollar yasash rivojlandi. Kushonlar davrida paydo bo‘lgan va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo kamoni keyinchalik Eronda keng tarqaldi. Nayzalar yog‘ochdan yasalardi. O‘qlar va nayza uchlari temirdan yasalib bir necha ko‘rinishga ega edi. Uchi uchburchakli o‘qlar kengroq yoyilgan edi. Harbiylar xanjar va qilichlar bilan qurollanar edilar. Milodning boshlarida Markaziy Osiyoda dudama qilichlar rasm edi. Qurol-aslahalardan qalqon, jang boltasi ham taqib yurilardi.

Qushonlar davrida savdo-sotiq, ichki va tashqi savdo ayniqsa rivojlandi. Savdo munosabatlarining rivojlanishida ―Buyuk ipak yo‘li‖ ning ahamiyati katta bo‘ldi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda ―Buyuk ipak yo‘li‖ miloddan avvalgi III asrning ohiri – II asrlarda shakllana boshlaydi. Ko‘pchilik olimlar miloddan avvalgi II asrda Markaziy Osiyoga kelgan Xitoylik sayyoh va savdogar, imperator saroyi ofitseri Chjan Tszyanni Xitoydan bu yo‘lni boshlab bergan dastlabki sayyoh deb hisoblaydilar. Miloddan avvalgi II asrning ohirlarida Xitoy qo‘shinlari Davan (Farg‘ona) yerlariga bostirib kirdilar. O‘sha davrdan boshlab Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasida savdo va madaniy aloqalar riivojlanib bordi. Farg‘ona, So‘g‘d va Baqtriyaga ipakchilik kirib keldi. Karvon yo‘li rivojlanib borgan sari savdo-sotiq ishlari ham rivojlanib bordi. Xitoy savdogarlari Markaziy Osiyogaasosan xom ipak va ipak matolari, Markaziy Osiyolik savdogarlar Xitoyga shisha buyumlar, qimmatbaho toshlar, zeb-ziynat buyumlari va boshqalar eltganlar.

Milodning boshlarida qadimgi dunyoning ilg‘or madaniyatli davlatlari asosan to‘rtgacha: o‘rta yer dengizidagi Rim, Yaqin Sharqdagi Parfiya, Xitoydagi Xan davlati va xozirgi Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston va Markaziy Osiyoni birlashtirgan qudratli Kushonlar saltanatiga bo‘linar edi. G‘arbda Britan orollarida sharqda Tinch okeani sohillarigacha cho‘zilgan bu to‘rtta zabardast saltanat insoniyat tarixida birinchi bo‘lib



―Buyuk Ipak yo‘li‖ deb nomlanuvchi bir yo‘l bilan bog‘landilar. ―Buyuk Ipak yo‘li‖ Xitoydagi Xan imperiyasi poytaxtidan Kushon va Parfiya davlatlari hududi orqali O‘rta Yer dengizining shimoliy qirg‘oqlarigacha cho‘zildi. Bu yo‘l tufayli ko‘p minglab (umumiy uzunligi 12 ming km.) kilometr masofadagi davlatlar o‘zaro aloqa bog‘lashga yerishdilar. Podsholarning o‘zaro elchi yuborishlari, bir-birlariga har hil sovg‘alar in‘om etishlari an‘anagaaylandi. Savdo-sotiq rivojlandi. Sharq bilan G‘arb madaniyatining bir- biriga ta‘siri ko‘chaydi. O‘sha davrdagi ko‘plab madaniy o‘xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi.

―Buyuk Ipak yo‘li ‖ bo‘ylab ko‘plab karvonsaroylar, shaharlar barpo etildi. Bu yo‘ldan borayotgan savdogarlar ko‘pincha yo‘lning ohirigacha bormas edilar. Markaziy Osiyo viloyatlari bu yo‘lning o‘rtasida joylashganligi sababli savdogarlar Xorazm, Samarqand, Termiz va boshqa joylarda o‘z mollarini sotib, mahalliy maxsulotlarni xarid qilar edilar. O‘sha davr Markaziy Osiyo bozorlarida chetdan keltirilgan ko‘plab maxsulotlar mavjud edi-ki, hozirgi kunda Ipak yo‘li ustidagi ko‘hna shaharlar va manzilgohlardagi arxeologik qazishmalar natijasida topilayotgan topilmalar fikrimizni dalillaridir.

Rim manbalari, keyinroq esaarab geograflarining ma‘lumotlariga qaraganda, Rim saltanatiga Kushon davlatidan asosan temir va temir buyumlar olib ketilgan. Xitoyliklarni esaasosan ―uzoq va og‘ir yo‘llarni bosib o‘tishga qodir bo‘lgan‖ Farg‘onaning otlari hayratga solgan. Shuningdek, Xitoyga jun va jun gazlamalar, qo‘y terisi, qurollar va qimmatbaho toshlar sotilgan. O‘z navbatida Xitoydan ipak turli Xitoy gazlamalari chinni buyumlar keltirilgan.

Kushon davlati undan tashqari katta va kichik viloyatlar, dasht va tog‘ oldi ko‘chmanchilari bilan savdo-sotiq munosabatlari olib borgan. Yuqorida qayd etganimizdek bu munosabatlarda ―Buyuk ipak yo‘li‖ ning ahamiyati beqiyos bo‘ldi.

Kushon davri yoki milodiy I- III asrlar ko‘pgina G‘arb va Sharq madaniy mamlakatlari bilan qizg‘in iqtisodiy, madaniy va siyosiy munosabatlardabo‘lgan qudratli va mustaqil davlatning har tomonlama gullab yashnagan davri bo‘ldi. Biroq shuni alohida ta‘kidlash lozimki, bu saltanat quldorlik munosabatlari ancha taraqqiy etgan bir sharoitda hayot kechirgan turli halqlarning aralashmasidan iborat edi. Ayni paytda, kushon davrining ohiriga kelib Markaziy Osiyoda quldorlik tuzumining yemirilishiga sabab bo‘lgan olimlar paydo bo‘la boshlaydi.



Kushonlar hukmronligi davri Markaziy Osiyo tarixida o‘chmas iz qoldirdi va kattaahamiyatga ega bo‘ldi. Sharq va G‘arbga qatnab turgan elchilar va karvonlar bilan birga madaniy an‘analar ham kirib keldi. Bu an‘analar mahalliy madaniy jarayonlar bilan aralashib o‘ziga xos Kushon madaniyati va san‘atining paydo bo‘lishga olib keldi. Kushon madaniyati o‘z navbatida qadimgi SHarq va G‘arb madaniyatidda chuqur iz qoldirdi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish