Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet62/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Mavzu: IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi. Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti.

    1. Toxiriylar va Somoniylar davlati.

    2. G‘aznaviylar va Saljuqiylar davlati

    3. Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davlati

    4. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma‘naviy madaniyatining yuksalishiga ta‘sir ko‘rsatgan tarixiy shart-sharoitlar va asosiy omillar.

Birinchi masalada talabalarni quyidagilarga alohida jalb etish zarur. Arablar istilosidan keyin

O‘rta Osiyoda (IX-XII) feodal munosabatlar yanada mustahkam negizda qaror topa bordi. Xuroson va Movarounnahrni idora qilgan arab hokimlari butun xalifalik saltanatiga kuchli ta‘sir o‘tkazdilar. Mashhur xalifa Xorun-ar-Rashid vafotidan so‘ng xalifalikda yuz bergan muhim siyosiy o‘zgarishlar ham yaqqol isbot qildi. Movarounnahr va Xurosonning yirik feodal namoyondalari bo‘lmish Toxir ibn Xusayn, Samonxudod singari yetakchi kuchlar mandati bilan xalifalik taxtiga o‘tirgan Xorun-ar Rashidning kenja o‘g‘li, Xuroson noibi Ma‘mun yangi xalifa sifatida mahalliy feodallar, amiru-beklarga iltifotlar ko‘rsatib, ularning ichki mustaqqilligini yanada mustahkamlashga sezilarli ta‘sir ko‘rsatdi. Buning natijasida Toxir ibn Xusayn, Samonxudot va ularning avlodlari Xuroson va Movarounnahr hududlarining amaldagi hukmdorlari bo‘lib oldilar. Toxiriylar rasman xalifalikka tobe hisoblansalarda, o‘z ichki mustaqil siyosatini o‘tkazib va uni amalga oshirib bordilar. Sulola asoschisi Toxir ibn Xusayn Xurosonning eng yirik yer egalaridan bo‘lib, u Xorun ar-Rashidning o‘g‘li Ma‘munni taxtga o‘tirishiga yordam bergan. Ma‘mun (813 - 833 y.) xalifa bo‘lib olgach, Toxir ibn Xusayn tez orada xalifalikning eng nufuzli kishilaridan biriga aylandi. U bir necha vaqt xalifa qo‘shinining bosh sarkardasi lavozimida ishladi. 821 yili esa xalifa uni Xuroson noibi qilib tayinladi. Toxir Xuroson noibligini poytaxti qilib Nishopur shahrini tanladi. Xurosonga qaytgach u o‘ziga qarashli noiblikni mustaqil davlatga aylantirish rejalarini tuza boshladi. Bir yil o‘tmasdanoq Toxir ibn Xusayn xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd qilishni man qildi. Bu xalifaga nisbatan ochiq isyon edi. Lekin uning rejalari amalga oshmadi. U to‘satdan vafot etdi. Taxmin qilinishicha, uning o‘limida xalifa odamlarining qo‘li bo‘lgan.

Xalifa Ma‘mun Toxir ibn Xusayno‘rniga Xuroson noibi qilib uning o‘g‘li Talxni tayinlaydi (822- 828 yillar). Toxirning ikkinchi o‘g‘li Abdullo noiblik qilgan yillarida (830-844 yillar) Xuroson xalifaga vassal hisoblansa-da, aslida mustaqil davlatga aylandi. Xalifa Mutasim (833-842 yillar) bir necha bor Abdulloni bo‘ysundirishga harakat qildi. Ammo bunda u muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Toxiriylar kuchli hokimiyat tuzishga, qishloq xo‘jaligini tashkil etishga astoydil harakat qildilar. Yangi sug‘orish inshootlarini barpo etdilar. Mahalliy amaldorlarni o‘z lavozimlarini suiste‘mol

qilmasliklarini nazorat qildilar. Albatta bunda ular dehqonlar manfaatini emas, balki aholidan olinadigan soliqni xazinaga izchil kelib tushishini nazarda tutganlar. Ular na dehqondan olinadigan soliq miqdorini, na ular o‘taydigan majburiyatlarni kamaytirmaganlar. Soliqlar miqdori juda katta bo‘lgan. Soliqlarning ko‘pchiligi dehqonlarni qo‘zg‘olon ko‘tarishiga olib kelgan. Toxiriylar bu qo‘zg‘olonlarni shavqatsiz bostirib turganlar.

Toxiriylar islom dinini xalq orasida keng yoyish siyosatini davom ettirib, islom ruhoniylarini o‘z rejalarini amalga oshirishda tayanch deb bilganlar. Talh ibn Toxir noibligi (842-864) davrida zardushtiylik dini saqlanib kelgan. Davlatni idora etishda toxiriylar malakali, bilimli amaldorlarga muhtoj edilar. SHuning uchun ular bilimdon odamlarga homiylik qilganlar. Ma‘lum toifadagi odamlarga bilim olish uchun keng sharoitlar yaratib berganlar. Manbalardaqayd qilinishicha Toxiriylar juda bilimdon bo‘lganlar. Xususan, Toxir ibn Xusayn vaAbdullo ancha tanilgan shoir bo‘lgan. Abdullo vafotidan keyin Toxiriylar davlati asta-sekin inqirozga yuz tutdi va ko‘p vaqt o‘tmay ularning hokimiyati butunlay tugatildi. Toxiriylar sulolasining so‘nggi vakili Muhammad ibn Toxir (862- 873y) Yoqub Ibn Lays bilanbo‘lgan jangda mag‘lub bo‘ldi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish