1-Mavzu: Markaziy Osiyo –insoniyat tsivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri.
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish.
O‘zbekistondagi poleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davri yodgorliklari.
Urug‘chilik jamoasining shakllanishi.
Birinchi masalani o‘qitishda talabalarning e‘tiborini quyidagi jihatlarga qaratish lozim. O‘zbekiston tarixini tadqiq etish va uni o‘rganishda davrlashtirishning ahamiyati alohidadir. CHunki, O‘zbekiston tarixi sahifalari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, ma‘naviy voqeliklar nisbatini aniqlash, ularning sabablarini anglash va kelajakda xulosalar chiqarib berishda muhim va dolzarb masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Tarix xotirasi, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o‘zlikni anglashni, ta‘bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi‖1, zero, ―o‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q‖2.
Tarixni davrlashtirishdek muhim masalagi turlicha yondoshuvlar mavjud. Ko‘pgina arxeolog olimlar mehnat qurollari qanday materiallardan yasalganini asos qilib olib, insoniyat tarixini qadimgi tosh, o‘rta tosh, yangi tosh, tosh-mis, bronza, temir davrlariga bo‘lganlar. Bunday yondoshuv to‘g‘ridek ko‘rinsada, kishilik jamiyati taraqqiyotining bir-biridan farq qiluvchi muhim davrlarini belgilashda yetarli darajada asos bo‘la olmaydi.
Insoniyat taraqqiyoti bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishi, uning barkamollashib borishi, ongi, tafakkuri va mahoratining o‘sib borishi maqsadli intilish natijasida sodir bo‘ladi. Inson tarixni yaratuvchi sub‘ektdir. Ramziy ma‘noda tarixni uni yaratgan va yaratayotgan xalqning tarjimai holi deyish mumkin. SHu boisdan qadimgi tarix, o‘rta asrlar tarixi, zamona tarixi kabi iboralarni ishlatamiz. Bularni jamlasak yaxlit tarix kelib chiqadi. Tarixni davrlashtirishda mana shu omilni nazarda tutmoq lozim.
O‘zbekistonning boy betakror tarixi bo‘lib, uning o‘ziga xos tarixiy taraqqiyot davrlari bor. Uni quyidagi yirik davrlarga bo‘lish mumkin.
Ibtidoiy-jamoa tuzumi.
Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi.
O‘rta asrlar davri.
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri.
Sovet hokimiyati hukmronligi davri.
Milliy istiqlol davri.
Bu davrlarning har biri yana o‘ziga xos kichik davrlarga bo‘linadi. Xalq o‘z tarixini asosan o‘z davlatini qurishdan boshlab yaratishga kirishadi. Ma‘lumki turkiy xalq o‘z tarixida 18 ta buyuk va shavkatli saltanat qurgan xalqdir. Saltanatlar tarixi ayni paytda sulolalar tarixi hamdir. Shunday ekan milliy davlatchiligimiz tarixini o‘rganish millatimiz manguligini kafolatlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |