Amir Temur tuzuklari–davlat boshqaruv to‘g‘risidagi muhim manba sifatida
―Temur tuzuklari‖ davlat va jamiyatni idora qilishga doir qonun-qoidalar to‘plami, shohlarning turmushi va axloq odob normalarini belgilovchi risola sifatida. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismida Amir Temurning davlat arbobi, sarkarda, fan va madaniyat homiysi, buyuk va murakkab shaxs sifatidagi faoliyati, xususan, hokimiyatni qo‘lga kiritish, markazlashgan davlat qurish, ko‘plab mamlakatlarga qilgan harbiy yurishlari bayon qilinadi. Ikkinchi qism jahongir nomidan aytilgan vasiyat va pand-nasihatlardan iborat. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining tutumi, fe‘l-atvorlari, kishilarni lavozimlarga qo‘yish, maosh belgilash, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin, boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va boshqa mansabdor shaxslarning davlat oldidagi xizmatlarini takdirlash va boshqalar xususida fikr yuritiladi. Temur tuziklarining yaratilishi, tarjimalari, tarqalishi. «Kuch - adolatdadir» iborasining talqini.
Do'stlaringiz bilan baham: |