TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARNI BAJARISHIGA OID USLUBIY KO‘RSATMA
Andijon – 2020
Mustaqil ta‘limning maqsadi va vazifalari
―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan mustaqil ishni bajarish talabaning auditoriya mashg‘ulotlaridan olingan nazariy bilimlariga qo‘shimcha bo‘lib, talabalarga o‘quv ko‘nikmalarni egallashga, ijodiy fikrlashni shakllantirishga, ilmiy intilishga imkon beradi.
―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan mustaqil ish talabaning o‘rganilayotgan mavzular bo‘yicha ilmiy adabiyotlarni tahlil etishdan, turli avtorlarni konseptsiyasini tanqidiy baholashdangi o‘zining mustqil munosabatidan iborat.
Mustaqil ishni bajarishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-Mavzu bo‘yicha amaliy ma‘lumot va ilmiy adabiyotlar yig‘ish hamda uslubiy material bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
-o‘rganilayotgan fan bo‘yicha izlanish, tahilil qilish uslubiyotini egallash;
-ma‘lumotlarni tahlil qilish natijasidan ilmiy asoslangan xulosalar, takliflar shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |