Axloqiy tamoyillar
Asosiy mezoniy tushunchalar – kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talab shaklida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti–harakatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, ko‘pgina axloqiy me‘yorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |