Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan



Download 5,79 Mb.
bet311/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Толстой Л.Н. Собрание сочинений в 22 т. Т. 16. М., ИХЛ, 1983. С. 151.
Аль – Фараби. Социально-этические трактаты. Алма Ата, «Наука», 1973. С. 3.

Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega, o‘zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastronomik yoki shahvoniy lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va lazzatlanib yeya boshlaysiz, lekin bir oz muddat o‘tgach, to‘yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma‘naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda maqsadlarga birin–ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o‘z ichiga oladi.


Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy–ehtirosli shakli sifatida ko‘zga tashlansa-da, aslida undan farqli o‘laroq, shaxsning intilishini emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir intilishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurashni taqozo etadi. Buyuk shoirimiz G‘afur G‘ulomning:
Taqdirni qo‘l bilan yaratur odam,

G‘oyibdan kelajak baxt bir afsona, –



degan hikmatli satrlari shu jihatdan diqqatga sazovor.127
Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim. Omad ham lazzatga o‘xshash oniylik tabiatiga ega. Lekin bu oniylikda lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo‘q: odamga omad hayoti mobaynida kamdan–kam kulib boqadi. Omadning ana shu jihati haqida qrim–tatarlarning qadimgi asotiri bor. Unga ko‘ra, Omad ma‘buda ekan, kunlardan birida uning o‘g‘li Yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi–yu, qaytib chiqmabdi. SHu–shu Omad Yerga tushib, hanuz bolasini qidirarmish. Ma‘budaning yuzi yo‘q, faqat qoq miyasi ustida bittagina ko‘zi bor ekan. SHu bois u to‘g‘ri kelgan o‘tkinchini tutib olib, o‘g‘limmikan deb, balandga ko‘tarib, ko‘ziga olib borib qararkan va o‘g‘li emasligiga ishonch hosil qilgach, osmonu falakdan pastga qaratib itqitib yuborarkan. Omad o‘z qo‘liga tushganlarning hammasiga shunday munosabatda bo‘lar ekan.
Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o‘tkinchilik mohiyati juda chiroyli va majoziy ochib berilgan; bir umr omadli odam yo‘q, omad – tasodif, baxt – zaruriyat; omad – istisnoli, baxt – qonuniy hodisa. Omad – shaxsning bir zumlik holatini aks ettiradi, baxt esa inson nimaga erishmog‘i lozim, degan savolga bir umr mobaynidagi amaliy javobdir.
Baxtni tushunish har bir davrda, ma‘lum tarixiy sharoitda millat, shaxs va jamiyatning taraqqiyot darajasiga qarab, turlicha muayyanlashish xususiyatiga ega. Ya‘ni, ideal kabi uning ham tabiati o‘zgaruvchan. Axloqshunoslikda baxt mezoniy tushunchasini alohida o‘rganadigan an‘anaviy evdeymonchilik deb ataladigan yunoncha «eudaimonja» (baxt) so‘zidan olingan yo‘nalish mavjud.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish