Mavzu 19.1: Boshqariladigan ”Tiristorli kuchlanish rostlagichi – O’zgarmas tok motori” va ”Generator-motortizimilari tavsiflarini hisoblash. Ishdan maqsad:
Mashg’ulotdan asosiy maqsad”Tiristorli kuchlanish rostlagichi – O’zgarmas tok motori” va “Generator – dvigatel” (G-D) tizimidagi o’zgarmas tok elektr yuritmasini mexanik xarakteristikalarini hisoblash va qurishni o’rganish. ”Tiristorli kuchlanish rostlagichi – O’zgarmas tok motori” va G-D tizimidagi elektr yuritmani, dvigatel yakoriga beriladigan kuchlanishni o’zgartirib, tezligini rostlashni bilish.
Topshiriq:
”Tiristorli kuchlanish rostlagichi – O’zgarmas tok motori” va“Generator – dvigatel” (G-D) tizimidagi mustaqil qo’zg’atishli O’TDli elektr yuritmani elektromexanik va mexanik xarakteristikalarini hisoblang. Dvigatel parametrlari o’z variantingiz bo’yicha 2-amaliy ishdan oling:
PHD = kVt; nH = ayl/min; UH = V; IH = A.