3. O`zgarmas tok generatorlari tuzilishi, ishlatilashi. O`zgarmas tok mashinalaridagi generatorning tormozlovchi momenti va dvigatelni aylantiruvchi momenti Amper qonuniga binoan juda qulay topiladi. Yakor chulg’ami parallel tarmoqlardan tashkil topganligi uchun yakor toki ular orasida bo`linadi: Demak yakorni har o`tkazgichidan tok o`tadi: O`tkazgichdagi tok bilan magnit maydonining o`zaro ta`siri natijasida quyidagicha elektromagnit kuch hosil bo`ladi ya`ni . Bu kuch magnit induktsiyasi B ga nisbatan o`tkazgichning qutb ostidagi holatiga qarab o`zgaradi: Agar bitta qutb ostidagi induktsiyani o`rtacha qiymatini olsak .
Bu kuchga to`g’ri keladigan moment Mur=FurD: bu yerda D–yakorning diametri. Yakorning butun N simlarida hosil bo`ladigan moment albatta katta bo`ladi: M=Mur N = : Yakor bitta qutbning magnit oqimini kesib o`tayotgan yuzasi ga teng. Shu yuzaning o`rtacha induktsiyasiga ko`paytmasi bir qutbning magnit oqimini beradi. U quyidagicha : bo`ladi. Bu qiymatni moment formu- lasiga qo`ysak; : u holda M=KmFIya: bo`ladi. Bu yerda Km–berilgan mashina uchun o`zgarmas qiymat. Bu moment generatorda tormozlovchi vazi fasini bajarsa, dvigatelda aylantiruvchi vazifasini bajaradi. Generatorni yakorini aylantiradigan birlamchi dvigatel ana shu tormozlovchi momentni yengishi kerak 4. Uyg’otish usuliga ko`ra o`zgarmas tok motorlarini sinflarga bo`lish. O`zgarmas tok mashinalari uyg’otish chulg’amining qanday tok bilan ta`minlanganligiga qarab, mustaqil uyg’otishli va o`z–o`zidan uyg’otishli generatorlar bo`ladi. O`yg’otish chulg’amining yakorga ulanish usuliga qarab, a) ketma – ket uyg’otishli, b) parallel uyg’otishli, v) aralash uyg’otishli o`zgarmas tok mashinalariga bo`linadi. Ular printsipial sxemalarda quyidagicha ko`rsatiladi (46-rasm)
46-rasm: Uyg’otish chulg’amini ulanishi bo`yicha doimiy tok matorlarini turlari
a) tashqi manbaaadan uyg’otishli, b) ketama – ket uyg’otishli, v) parallel uyg’otishli,
g) aralash uyg’otishli.
1.Mustaqil uyg’otishli o`zgarmas tok mashinalarida elektromagnitlarning chulg’amlari tashqi o`zgaruvchan tok manbaaidan, masalan akkumuliyatorlar batareyasidan energiya bilan ta`minlanadi.
2. O`z – o`zidan uyg’otishli mashinalarga tok mashinaning yakor chulg’amidan keladi.
O`zgarmas tok mashinalari hamma elektr mashinalari singari magnit induktsiya prinsipiga asosan ishlaydi: Ularda ikki hil magnit maydoni ta`sirida aylanish momenti M yuzaga keladi. Yakordagi teskari EYuK E=SnF ga teng. Shu sababli dvigateldagi E.Yu.K muvozanat tenglamasi bo`ladi