Nazorat savollari. 1. Transformator nima? 2. Ish rejimlari qanday? 3. Transformatorning konstruktsiyasi qanday?
4. Transformatsiya koeffitsenti nima? 5. Foydali ish koeffitsenti qanday? 6. O`lchov transformatori nima?
7. Transformatorning turlarini sanab bering? 8. Transformator tashqi xarakteristikasi nima?
9- MODUL 9 mavzu: O`ZGARMAS TOK ELEKTR MASHINALARI. Reja:
Umumiy tushunchalar. Elektr mashinalaridagi asosiy fizik jarayonlar.
O‘zgarmas tok mashinalarida «qaytuvchanlik» xususiyatlari. O‘zgarmas tok elektr mashinalarining ishlatilish sohalari
O‘zgarmas tok generatorlari. Tuzilishi va ishlash prinspi. YAkor chulg‘amida induksiyalangan elektr yurituvchi kuch. O‘zgarmas tokning olinish prinspi va kollektorning axamiyati. Kollektor-cho‘tka qurilmasining ishlashi. Uyg‘otish usullariga qo‘ra o‘zgarmas tok mashinalarining sinflarga bo‘linishi.
1. Umumiy tushunchalar, elektr mashinalaridagi asosiy fizik jarayonlar Mexanik enenrgiyani elektr enegiyasiga yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib berish uchun ishlatiladigan qurilma–elektr mashinalari deyiladi. Birinchi holda u generatorlar deb, ikkinchi holda esa dvigatellar deb ataladi: O`zgarmas tok mashinalari elektrlashtirilgan temir yo`llarda, elektroliz qilish qurilmalarida, shaxtalarning ko` tarma liftlarida, prokat stanlarida ishlatiladi. Shuningdek, tezlikni keng chegarada rostlab turish zarur bo`lgan qurilmalarda ishlatiladi. O`zgarmas tok mashinalarini o`zgaruvchan tok mashinalaridan oldin yaratilgan: O`zgarmas tok mashinalari qaytuvchanlik hossasiga ega bo`lib, u ham dvigatel sifatida ham generator sifatida ishlay oladi. Ularning tuzilishi ham bir–hil, mashinasozlik zavodlarida bir hilda ishlab chiqariladi. Bir mashinaning o`zi gene-rator rejimida birlamchi dvigatelning mexanik energiyasini–elektr energiyasiga, dvigatel rejimida esa elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi: 1838 yili akademik Boris Yakobq o`zgarmas tok mashinasini yaratdi va amalda ishlatib ko`rsatdi. O`zgarmas tok mashinalarini taraqqiy eta borishi bilan ularni ishlab chiqarish kamayib bordi: Bunga aso-siy sabab ularning konstruktsiyasini murakkabligidir: Shunga qaramay o`zgarmas tokni elektr energiyasidan foydalanishning ma`lum soxalarida o`zgaruvchan toklar bilan almash tirib bo`lmasligi, hamda u birmuncha avfzalliklarga ega bo`lganligi uchun, shu kungacha ham ishlatilib kelinmoqda.