Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida sifatli maxsulot ishlab chiqarishda robototexnika va texnik majmualarning avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarining tutgan o’rni.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 60% dan ortiqrog’i ish mexanizmini harakatga keltiruvchi boshqariluchi elektr yuritmalar tomonidan iste'mol qilinmoqda. Sanoat, qishloq xo’jaligi, kommunal va boshqa tarmog’larning barcha sohalarida, turli mashina va mexanizmlar hamda qurilmalardan keng foydalaniladi. Har qanday mexanik jarayonni amalga oshirish uchun mexanizm va mashinaning ish organini harakatga keltirish darkor. Bu esa elektr mexanik tizimni keng tarqalgan turi yuritma vositasida amalga oshiriladi, xususan, elektr energiya mexanik energiyaga aylantiriladi. EMT energiyani ma'lum yo’naltirilgan maqsadda o’zgartirishi kerak.
Shuning uchun uning tarkibiga bu funksiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalar va boshqaruv vositalari kiritilishi zarur.
Arifmetik asoslari. Ushbu o’quv mavzusida raqamli texnologiyada qo’llaniladigan sonlar tizimi, razryad og’irligi, raqamli texnikaning asosiy mantiqiy elementlari va ularning kombinasiyalari, ular asosida sxemalar yig’ish va ularni soddalashtirish usulari va boshqa elementlari ko’rib chiqiladi. Kompyuter texnologiyasi bo’yicha ularning tuzilishi va uni elementlarining asosiy vazifalari, axborot texnologiyasi va tizimlari haqida, yo’nalishning andozaviy dasturiy vositalari, hamda elektromexanik tizimlarni avtomatik boshqarish tizimlarini xisoblash va tadqiqot qilish uchun sonli metodlar hamda maxsus dasturlar majmuasini usullari ko’rib chiqiladi.
Mavzuning o’qitishdan maqsad - talabalarni texnologik komplekslarni, robotlarni va liniyalarni dasturiy boshqarish tizimlari, boshqaruv strukturalari, boshqaruv algoritmlarini o’rganish bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilimlar darajasini ta'minlashdir.
Ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizimlarning mehnat unumdorligini oshirish va sifatli mahsulot ishlab chiqarish ushbu sanoat qurilmalarining avtomatlashganlik darajasiga bevosita bog’liqdir. Sanoat qurilmalarining avtomatlashganlik darajasi bu qurilmalarning zamonaviy va energetik ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan texnika vositalari bilan jixozlanishi hamda ishlab chiqarishni boshqarishni dasturiy tizimini yaratish bilan belgilanadi. Sanoat qurilmalari ishchi organlarini harakatlantiruvchi va ularni boshqaruvchi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining asosini dasturiy boshqarish tashkil etadi.
Dasturiy boshqarish tizimlari (DBT) ning tashkil etuvchi elementlariga ishchi mashinaning ijrochi organini harakatga keltiruvchi elektr motor va uning koordinatalarini boshqaruvchi boshqariluvchi o’zgartkich, o’zgartkichning boshqaruv tizimi va turli o’lchov o’zgartkichlar, vazifalovchi qurilma hamda turli elektron moslama va qurilmalar kiradi.
Biroq zamonaviy DBT ni loyihalash, tahlil qilish va yaratish jarayonida maxsus hisoblash tizimlari hamda konkret boshqaruv ob'ekti uchun dasturiy ta'minotni bilish talab etiladi. "Dasturiy va raqamli boshqarish" fanning asosiy vazifalaridan biri texnologik komplekslarni, robotlarni va liniyalarni dasturiy boshqarish tizimlari, boshqaruv strukturalari, boshqaruv algoritmlarini o’rganishdan iboratdir. "Dasturiy va raqamli boshqarish" fani boshqa umumiy texnika fanlarga asoslangan xolda alohida fan sifatida yuzaga kelgan va oliy ta'limning "Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar (mashinasozlik)" bakalavriatura yo’nalishining ixtisoslik fanlari blokiga kirib, talabalarni texnologik komplekslarni, robotlarni va liniyalarni dasturiy boshqarish tizimlari, boshqaruv strukturalari, boshqaruv algoritmlarini o’rganish bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilimlar darajasini ta'minlashga amaliy manba bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |