Kukunli texnologiya asosida nanozarrachalar olishda yuz beruvchi fizik
jarayonlar
Ma’lumki, kukunli texnologiya soddaligi, ishonchliligi, o‘zida murakkab opperatsiyalarni talab qilmasligi bilan metallurgiyada turli plastinalar olish, materiallarning sirt yuzalariga ishlov berish va boshqa maqsadlarda keng qo‘llaniladi. Biroq, kukunlar tayyorlash mexanik usullarda amalga oshirilganligi uchun tashqi muhit tomonidan kirib qoluvchi kirishmalar material hajmida yoki sirtlarida turli nuqsonlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunday noqulayliklar mahsulotning sifatini yomonlashtiradi. Bu elektron tozalikdagi yarimo‘tkazgichli materiallar uchun o‘ta yaroqsiz hisoblanadi. Biroq, kukunli texnologiya yuqori energiya, turli kimyoviy reaksiyalar, murakkab qurilmalar talab qilmasligi bilan boshqa usuldagilardan farq qiladi. Kukunlash usuli yordamida nanotuzilmalar olishni quyidagicha tushuntirish mumkin. Kukunlash maxsus tegirmonlarda olib boriladi. Tegirmonning soddalashtirilgan sxemasi 2.1 – rasmda keltirilgan. Tegirmon tuzilishi jihatidan, o’z o’qi atrofida aylanuvchi slindr (1) hamda po’lat (2) sharlardan iborat. Dastlab, xom ashyo 2 mm (3) o‘lchamlarda maydalanib tegirmonga solinadi. Kukunlash jarayonini sifatli bajarish maqsadida etil spirtidan foydalaniladi.
Bu jarayonni tegirmon yordamida bug’doydan un ishlab chiqarishga o’xshatish mumkin. Ma’lumki, un ishlab chiqarishda ham dastlab bug’doy donachalari ma’lum miqdorda namlanadi. Bu birinchidan, bug’doyning oson kukunlanishini ta’minlasa, ikkinchidan, qovishqoqlikni oshiradi. Kristal zarrachalarini kukunlash jarayonida ham huddi shunday fizik jarayon yuz beradi.
Bug’doyni un holatiga keltirish jarayonida uning sirtidagi po’stlog’i ham kukunlnadi. Bu unning iflaslanishiga olib keladi. Odatda, ularni unning kepagi deb yuritiladi. Unni kepakdan ajratib olish uchun maxsus tozalash ishlari olib boriladi. Kristalchalarni kukunlash jarayonida ham huddi shunga o’hshash holat yuz beradi. Shuning uchun kukunli texnologiyaning asosiy kamchiliklaridan biri xom ashyodan kukun tayyorlashgacha bo‘lgan jarayonda kukunlarning ifloslanishidir. Odatda, kukunlar tayyorlash mexanik usulda amalga oshiriladi. Kukunlar tayyorlash yoki ularga ishlov berish jarayonida tashqi muhit tomonidan turli metallsimon kirishmalar chang yoki kukun shaklida xom ashyo tarkibiga kirib qolib yakuniy mahsulotning ifloslanishiga olib keladi. Bu muammolarni xal qilish maqsadida kukunlarni tozaligini nazorat qilish usullaridan foydalaniladi. Quyida kukunlarni tozalashning magnetik metodini ko’rib chiqaylik.
1 – rasm.
Tegirmon yordamida nanotuzilmalar olishning soddalashtirilgan sxemasi. 1 – slindr, 2 – po’lat sharlar, 3 – kukunlashti-rilayotgan zarracha.
Do'stlaringiz bilan baham: |