4 – rasm.
Zol-gel metodining keyingi jarayonida olingan mahsulotdan ikki hil usulda foydalanish mumkin. Birinchi usulda, gel quyuq holatda bo’lib, uning yordamida olinadigan mahsulot muayyan kerakli bir shaklga keltiriladi. So’ngra, turli kimyoviy reogantlar yordamida quritiladi. Bunda mahsulot shakli kerakli shaklga ega bo’ladi. Termik ishlov berilganda uning mustahkamligi ortadi. Ikkinchi usulda, gel donachalari quritilib so’ngra, temik ishlov beriladi. Yuqoridagi singari donachalar kerakli mahsulot shakliga keltiriladi. Yakuniy mahsulot quritiladi va ularga termik ishlov beriladi.
5 – rasmda, keltirilgan jarayonlar hamda yakuniy mahsulot nanotuzilmalar hosil bolishi tasvirlangan. Dastlab A va B moddalarning ishqoriy qorishmasi hosil qilinadi (a-rasm). Zol olish jarayonida A va B moddalar kislotalar bilan turli komplekslar hosil qiladi (b-rasm). So’ngra, undan gel ajratib olinadi. Gel quritilganda polimerlashish jarayoni yuz beradi (c-rasm). Termik ishlov berish bilan hosil bo’lgan turli komplekslarning parchalanishi kuzatiladi (d-rasm). Bu jarayonda A va B moddalar turli kimyoviy elementlar masalan, kislorod bilan birikib oksidlar hosil qilishi mumkin. Yakuniy mahsulot nanoo’lchamlarda bo’lib, uning tuzilishi polikristal xususiyatga ega bo’ladi (e-rasm). Bu metod sirt yuzalarda yupqa pardalar hosil qilish va boshqa maqsadlarda keng qo’llaniladi.
5 – rasm. Zol-gel metodi.
Xulosa.
Bu texnologiya murakkab metalsimon oksidlar olishda, neorganik materiallar olishda, yuqori temperaturaga sezgir materiallar hamda lyuminesent yupqa pardalar olishda qulay hisoblanadi. Zol-gel metodida nanozarrachalarning hosil bo’lishi asosan kimyoviy jarayonlarga bog’liq. Shuning uchun bu metod fizikviy va kimyoviy metodlar oralig’idagi metodlar guruhiga kiradi. Bundan tashqari, hozirgi kunda, nanotuzilmalar olishning boshqa usullari ham mavjud. Jumladan, sirtlar sohalarda nanoo’lchamli yupqa pardalar olish. Zol-gel metodi yordamida olingan SiO2 zarrachalari, lyuminesent yupqa pardalar.
Foydalanilgan adabiyot
- А.И.Гусев. Нанокристаллические материалы: методы получения и свойства. – Екатеринбург.: УрО РАН. 1998. 200 с.
2. Кобаяси Н. Введение в нанотехнологию. М.: БИНОМ. Лаб.знаний. 2005.
3. Сергеев Г.Б. Нанохимия. М.: МГУ, 2003.
4. И.П. Cуздалев. Нанотехнология: физико-химия нанокластеров, наноструктур и наноматериалов. М.: Комкнига. 2006. 592 с..
Do'stlaringiz bilan baham: |