Qog’ozsiz texnologiyalar afzalligiga quyidagilar kiritiladi:
- ma’lumotlarni bir zumda jo’natilishi;
- saqlash mukammalligi;
- yaxshilangan himoya;
- hujjatni qayta ishlashga mehnat sarfining keskin pasayishi.
Biroq qog’ozsiz texnologiyaga o’tish muayyan muammolarga bog’liq. Birinchi navbatda bu ma’lumotlar avtorizatsiyasi va ularning haqiqiyligini isbotlash muammosi.
Shu nuqtai nazardan bank axboroti uch toifaga ajratiladi:
1. Hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi ma’lumotlar (majburiy ravishda elektron ko’rinishda bo’lishi lozim);
2. Tez-tez foydalanuvchi va shaklga solinadigan qo’shimcha axborot (uni ham elektron ko’rinishda saqlagan ma’qul);
3. Batafsil va shaklga solish murakkab, xususan, matnli axborot (qog’oz tashuvchida saqlash, lekin elektron tarzda ro’yxatga olgan yaxshi).
Axborot modelini ishlab chiqishda nafaqat istiqbolni ko’rish, balki qanday qaror minimal zarurligini tasavvur qilish ham muhim.
Ma’lumotlar bazasi EHMda axborot saqlashning boshqa usullaridan farqlanadi.
Ma’lumotlar bazasida ko’plab ilovalarning axborotlari integratsiyalanadi va undan ko’p maqsadli birgalikda foydlanish ta’minlanadi;
Aniq amaliy dasturlardan mustaqil ravishda ma’lumotlar bazasi mavjud;
Ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar ortiqchaligining minimal zaruriy darajasini o’rnatishga imkon beradi; ya’ni turli foydalanuvchilar foydalanishida ma’lumotlar ikkilanmaydi;
Malumotlar bazasida ma’lumot taqdim etishning standartlariga riyao etish ta’minlanadi. Bu uni yaratish va xizmat ko’rsatishni soddalashtiradi.
Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni, jumladan, so’rov yuborish tili va himoya vositalarini markazlashgan boshqaruvi ta’minlanadi.
Ma’lumotlar bazasining sanab o’tilgan barcha xususiyatlarining amalga oshirilishini ta’minlaydigan dasturlar ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga birlashtirilgan. (MBBT). Ular kirishni boshqaruvi va ma’lumotlar yaxlitligi ham amalga oshiradi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlarning muayyan modeli va struktalariga yo’naltirilgan. Oldingi tizimlar ierarxik modelga yo’naltirilgan bo’lib, unda yuqoriroq darajadagi ob’ektlar quyi darajadagi ob’ektlarni ishga tushirgan.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari 1960 - yillarda tijoriy tarqaldi va kompyuter tizimlari hamda dasturiy vositalarning yirik ishlab chiqaruvchilari tomonidan etkazib berildi. Tizimlarning har biri qoida bo’yicha bir platformada operatsion tizim bilan birga EHM turi ishlaydi. O’sha vaqtlar MBBTsiga ADABAS, MARK-IV, SPECTRA kabilar kiradi.
Biroq 1980 yillargacha MBBT katta loyihalar uchun instrument va qaramliligicha qoldi, chunki ular yuqori malakali personal, kuchli EHM talab qilgan, ishlanmalar qimmatlashib, ularning muddati o`zaygan.
Bunday turdagi keng tarqalgan tizimlardan quyidagi turli variant va versiyalarni tilga olish mumkin:
*d BASE, Ashton-Tate Cotp. Firmasiga tegishli (PARADOX ishlab chiqaruvchi Borland firmasiga 1991 yilda qo’shilib ketgan);
*R: BASE, Microrim Inc firmasiga tegishli;
*PARADOX, Borland International firmasiga tegishli;
*FoxBase va FoxPro, FoxSoftware Inc firmalariga tegishli;
*Slipper, Nuntacket Corp. firmasiga tegishli;
*Clarion, Clarion Software Corp. firmasiga tegishli va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |