1.Simsiz aloqa kanallari.
Har qanday aloqa kanallari o’zining abonentlarini o’zaro ulashni, kommutatsiyalashning, ya’ni uzib-ulashning biron-bir xili asosida amalga oshiradi. Bunday abonentlar tarkibiga uzoq masofalarda joylashgan kompyuterlar, lokal tarmoqlar, faks-qurilmalari yoki telefon orqali muloqot qiluvchi suhbatdosh kishilarni kiritish mumkin. Tarmoqlarda har bir simsiz aloqa kanali abonentga o’zaro muloqot uchun uzoq vaqt mobaynida kommutatsiyalanmaydigan, ya’ni faqat ular uchun mo’ljallangan aloqa chizig’ini ajratib bog’lanishlarni amalga oshirish amaliy jihatidan mumkin emas. SHuning uchun tarmoqlarda mavjud cheklangan sondagi aloqa chiziqlaridan foydalanib, abonentlarni kommutatsiyalashning biron-bir xilini qo’llagan holda, bir vaqtda tarmoq abonentlari o’rtasida bir-necha aloqa seanslari ta’minlanadi.1-rasmda abonentlarni kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqning keng tarqalgan simsiz aloqa kanallari tuzilish chizmasi keltirilgan.
1-rasm.
Tarmoqlarda abonentlarni kommutatsiyalashning bir-biridan farq qiladigan uchta xili mavjud: kanallarni kommutatsiyalash (circuit switching), paketlarni kommutatsiyalash (packet switching) va xabarlarni kommutatsiyalash (message switching) kabi xillari.
Keltirilgan kommutatsiyalash xillarining har biri simsiz aloqa kanalida o’zining afzalliklari va kamchiliklariga ega, ammo ko’pchilik mutaxasisslarning taxminlariga ko’ra kelajakda paketlarni kommutatsiyalashga aoslangan texnologiyalar ko’proq qo’llanilishi mumkin ekan.
Paketlarni kommutatsiyalashga ham, kanallarni kommutatsiyalashga ham asoslangan tarmoqlarni boshqa bir belgisiga ko’ra - dinamik va doimiy kommutatsiyali tarmoqlarga ajratish mumkin.
Dinamik kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqlarga – umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan telefon tarmoqlari, lokal kompyuter tarmoqlari va TSR/IP tarmoqlarini misol qilib keltirish mumkin.
Kanallarni kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqlarda doimiy kommutatsiyalash rejimi, alohida ajratilgan (dedicated) yoki arendaga berilgan (leased) kanallar rejimi deb ataladi. Doimiy kommutatsiyalash rejimida ishlaydigan tarmoqqa misol qilib, sekundiga bir-necha gigabit tezlik bilan ishlaydigan va ular asosida alohida ajratilgan aloqa kanallari quriladigan SDH texnologiyasi tarmoqlarini keltirish mumkin.
X.25 va ATM kabi texnologiyalar asosida qurilgan kanallar esa, ikkala rejimda ham ishlay olish imkoniyatiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |