III. Konfliktlarni bartaraf etishda mediatsiyaning o’rni
Ba’zi hollarda, barcha urinishlaringiz va sa’y-harakatlaringizga qaramasdan konflikt yechimini topishga o’zingizda kuch va ehtiyoj qolmagandek tuyuladi. Shunga qaramasdan, bu holatda albatta zo’ravonlikka erk berishi lozim, deb xulosa qilishingiz noto’g‘ri bo’ladi. Sizni juda qiynab qo’ygan va o’zingizning kuchingiz yetmayotgan konfliktlar vujudga kelganda vositachilik yo’lidan borganingiz ma’kul. Vositachilikni, konfliktlar yechimi nazariyasida mediatsiya deb atashadi.
Vositachilik – bu ko’ngillilik asosida mahfiy, ya’ni konfiditsial tarzda uchinchi, neytral, ya’ni har ikkala tomoniga ham xolis bo’lgan tomon - ya’ni vositachi – dallolning bahs qilayotgan tomonlarga konflikt yechimini topishdagi yordami hisoblanadi. Mediator vositachining vazifasi – konflikt nimadan boshlangani, kim aybdor ekanligi, kim xaq kim nohaq ekanligini emas, balki muammoni kelishuvga olib keladigan yo’llarni o’rganib, ularni topishdir. Vositachi bahslashuvchi tomonlarga birgalikda ikkala tomonni ham qanoatlantiruvchi hamda ikkala tomon ham o’zini g‘alabaga erishgan deb hisoblovchi yagona to’g‘ri yo’lni topishiga yordam berishdan iboratdir.
Vositachi bu vazifani har ikkala tomon bilan muntazam olib boriladigan muloqotlar orqali amalga oshiradi. Vositachi kelishuv jarayonining har ikkala tomon uchun ma’qul bo’lgan qonun-qoidalarini belgilab beradi, har ikkala tomonga konflikt kelib chiqishi va muammolari bo’yicha o’zining versiyasini so’zlab berishga imkon yaratadi, diqqat bilan har ikki tomon so’zlarini eshitadi, qiziqtirgan savollar beradi, kelishuv uchun asos qidiradi hamda aqliy xujum orqali yechimga kelish imkoniyatini topadi. Vositachilik har qanday konfliktlar yechimini qidirish uchun qulay va foydali mexanizmdir. Vositachilik yo’li bilan tarixda juda ko’p xalqaro, milliy, huquqiy, ekologik hamda shaxsiy konfliktlar o’z yechimini topgan.
Vositachilik jarayonining muhim shartlaridan biri vositachi shaxsidir. Masalan, xalqaro konfliktlarda, vositachi rolidagi tomon, har ikkala halqning fikri va o’ylari, urf-odatlari, stereotip toifalari va xatolari bilan yaxshi tanish bo’lish lozim. Vositachi eng avvalo har ikkala tomon ham to’liq ishonadigan, uning xolis ekanligini anglaydigan odam bo’lishi shart. Kelishuv jarayoni har doim vositachi uchun g‘oliblik nishonasi emas. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Jimmi Karter kelishuv jarayonidan oldin kechgan ko’pdan-ko’p detallarga alohida to’xtalib o’tgan edi. Masalan: qachon va qaerda muzokaralar o’tkazish lozim; muhokamalar mahfiy bo’lishi kerakmi yoki ochiq tarzda o’tishi lozimmi, kim asosiy vositachi bo’lishi lozim, kimlar muhokamada qatnashishi kerak, qanday masalalar yozma tarzda bayon etilishi lozim, qaysi yozma materiallarni saqlab qo’yish va qaysilaridan qutulish lozim, muzokaralar natijalari qaerda va kim tomonidan e’lon qilinish lozim va shu kabilar. Shu bilan birga har qanday konflikt yechimida muhokamaga qo’yilayotgan masalalar tartibi kelishib olinishi zarur.
Jarayonning murakkabligiga qaramay vositachilik mo’jizalar yaratadi. Vositachilik juda kO’p xalqaro konfliktlar yechimida qo’l kelgan. Vositachilik sizning o’quv muassasangiz uchun ham juda foydali bo’lishi mumkin. Dunyo bo’yicha minglab maktablarda mediatsiya dasturlari mavjud. Agar Siz ham o’z maktabingizda ana shunday mediatsiya dasturiga muhtoj bo’lsangiz o’zingiz uni amalga oshirishingiz mumkin.
Vositachilik jarayonining muhim shartlaridan biri vositachi shaxsidir. Masalan, xalqaro konfliktlarda, vositachi rolidagi tomon, har ikkala xalqning fikri va o’ylari, urf-odatlari, stereotip toifalari va xatolari bilan yaxshi tanish boiish lozim. Vositachi, eng awalo, har ikkala tomon ham tO’liq ishonadigan, uning xolis ekanligini anglaydigan odam boclishi shart. Kelishuv jarayoni har doim vositachi uchun g‘oliblik nishonasi emas. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Jimmi Karter kelishuv jarayonidan oldin kechgan kO’pdan-kO’p detallarga alohida to’xtalib o’tgan edi. Masalan: qachonva qayerda muzokaralar o’tkazish lozim; muhokamalar maxfiy bolishi kerakmi yoki ochiq tarzda o’tishi lozimmi, kim asosiy vositachi bo’lishi lozim, kimlar muhokamada qatnashishi, qanday masalalar yozma tarzda bayon etilishi va qaysi yozma materiallarni saqlab qO’yish hamda qaysilaridan qutulish lozim, muzokaralar natijalari qayerda va kim tomonidan e’lon qilinish kerak va shu kabilar. Shu bilan birga, har qanday konflikt yechimida muhokamaga qO’yilayotgan masalalar tartibi kelishib olinishi zarur.Jarayonning murakkabligiga qaramay vositachilik mo’jizalar yaratadi. Vositachilik juda ko’p xalqaro konfiiktlar yechimida qo’1 kelgan. Vositachilik sizning о‘quv muassasangiz uchun ham juda foydali bo’lishi mumkin. Dunyo bo’yicha minglab maktablarda mediatsiya dasturlari mavjud. Agar Siz ham o’z maktabingizda ana shunday mediatsiya dasturiga muxtoj bo’lsangiz O’zingiz uni amalga oshirishingiz mumkin.
Mediatsiya–vositachilikning asosiy qoidalari:
Konflikt yechimin iqidirishga xohish va iroda;
Faqat xaqiqatni so’zlash;
Gapni bo’lmasdan eshitish;
Birovning nuqtai nazariga hurmat-e’tibor, hech qachon uni yerga urmaslik;
Ikki tomonlama shartnomaning qarorlarini amalga oshirish uchun majburiyatni o’z zimmasig aolish.
Mediatsiya (vositachilikning) 5 asosiy ustunliklari:
Kelishuv jarayonida Sizni hech kim hafa qilishga, nafsoniyatingizga tegishga harakat qilmaydi. Vositachilik sizning havfsizligingiz va do’stona muzokaralar jarayonining garovidir.
2. Vositachilik mutlako mahfiy jarayon. Agar siz o’zingizni nomaqbul tutsangiz ham, sizning harakatlaringizdan hech kim xabar topmaydi.
3. Siz hakiqatdan ham u yoki- bu narsalarni o’rganishingiz mumkin. Muhokama jarayoni Sizga qarshi tomonning fikr-o’ylarini tushunishga, anglashga imkon yaratadi. Siz qarshi tomonni dushman taraf sifatida emas, balki inson sifatida qabul qila boshlaysiz.
4. Vositachilik erkin faoliyatdir.
5. Vositachilik albatta zaruriy ehtiyoj bo’lib, unda hech kim nima qilish lozimligini aytmaydi. Chunki, siz va opponentingiz har bir qarorni o’zlaringiz ishlab chiqasiz va o’zing unga rozilik bildirasiz. Har bir yechim bu sizning va faqat sizning qaroringizdi
Xulosa
Pedagogik konfliktalogiyani o’rganish jarayonida shuni anglab yetdimki, konfliktalogik vaziyatlarni hal qilishni bilish har bir pedagog uchun muhim hislatlardan biridir.Nizoli vaziyatlarda holisona yechim topa bilish uchun eng avvalo pedagog zarur bilim va malakalarga ega bo’lmog‘i zarur. Qolaversa konflikt inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, inson jamiyat a’zosi bO’lar ekan har qadamda konfliktlarga ro’baro kelishi aniq. Inson hayotida uchraydigan konfliktli vaziyatlarga ko’plab misollarni keltirish mumkin; Qaynona-kelin o’rtasidagi , er va xotin , rahbar va hodim, ota-ona va farzand, O’qituvchi va o’quvchi va h.k
Konfliktlarni bartaraf qilishda tolerasntlik esa -bu nizoni holisona , tomonlar noroziligisiz hal bo’lishiga asos bo’lib hizmat qiladi.Zero, muqaddas dinimiz “Islom” da ham insonlarni holis kO’z bilan kO’rish ,ularga shavqat ko’rsatish, o’zga din vakillari va o’zga xalq larga samimiy munosabtada bO’lish alohida ta’kidlangan. Qolaversa holislik va bag‘rikenglik o’zbek millatiga hos fazilardi. Bobokolonimiz , dunyo tan bergan sarkarda Amir Temur ham o’z hukumronlik davri davomida insonlar e’tiqodi va urf odatlariga hurmat bilan qaraganlar va bu bilan saltanatida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizoli vaziyatlarni oldini olgan.
Vatandoshimiz Shox va Shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlari ham Hindiston davlatini bosib olgach ham yerlik aholi vakillari e’tiqodini hurmat qilganlar. o’sha yer aholisi urf-odatlariga hurmat nazari bilan qarab kelganlar.Bundan ko’rinib turibdiki, nizoli vaziyatlarni hal qilishda bag’rikenglik va insoniylik muhim jarayon.
Pedagogik faoliyatimiz davomida ham ko’plab nizoli vaziyatlarni uchratamiz. Ushbu vaziyatlarni hal qilishda esa medatsiya qoidalari asosida yo’l tutish esa nizoli vaziyatlarni chuqurlashib ketishi va yoyolib ketishini oldini olishga hizmat qiladi.Masalan, dars mashg‘uloti vaqtida o’zaro nizolashib qolgan o’quvchilar o’rtasidagi konfliktni bartaraf qilishda pedagog bag‘rikenglik va samimiylikka asoslanib o’quvchilar o’rtasidagi nizoni hal qilishda medatsiya qoidalarini qo’llagan holda yechim topishi jamiyat uchun havf solishi mumkin bo’lgan g‘arazlilik va qasoskorlini oldini olishga hizmat qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |