“ til sofligini saqlash ” uchun amalgam oshirilgan ishlar ustida ham
jiddiy bosh qotirib ko’rish kerak. Chunki vazir ( minster ),
hokim, jarroh ( xirurg ), talaba ( student ), dastur ( programma ) kabi
leksemalar tarixiy- etimologik jihatdan sof o’zbekcha emas, arabcha
yoki forscha- tojikcha qatlamga mansub leksik birliklardir. Nemis tili
ham bu borada istesno emas. Chunki xozirgi Germaniya hududida
istiqomat qilgan qadimiy qabilalar lotinlar, fransuzlar, slavyanlar va
boshqa xalqlar bilan doimo o’zaro aloqada bo’lganlar. Alohida
ta’kidlash lozimki, nemis tili lug’at tarkibi rivoji tarixan 3 manbaga
asoslanadi:
1. Qadim Hind- Yevropa leksik qatlamlaridan tashkil topgan
so’zlar;
2. Umumgerman tillari leksik qatlamlaridan tashkil topgan so’zlar;
3. Boshqa chet tillaridan o’zlashgan so’zlar qatlamlari.
Nemis olimi A. Shmidtning yozishicha, hozirgi zamon nemis tili
lug’at tarkibining to’rtdan bir qismi ( ein Vieryel der Grundwörter des
heutigen Wortbestandes ) Hind- Yevropa leksik qatlamidan tashkil
topgan. Bu asosan inson va uning tana a’zolari nomlari, atrof- muhit, uy
hayvonlari, daraxtlar, qarindosh- urug’chilikni ifodalovchi so’zlar
qatlamidir. Masalan: Tag, Nacht, Wind, Ernte, Sommer, Gans, Kuh; Blume,
Erbse; Neffe, Vater; bauen, beissen; arm, tot.
Barcha asos so’zlarning o’ttiz foizini umumgerman leksik qatlami
tashkil qiladi. Bular asosan dehqonchilik, chorvachilik, dengizchilik,
baliqchilik, uy-ro’zg’or buyumlari, qurol aslaha nomlaridir. Masalan:
Brot, Fleish; Weiden, Herbst, Krippe, Lamm, Esse, Hof; Waffe, Schwert.
An’anaga ko’ra o’zlashtirma so’zlar ikki guruhga bo’linadi. Bular
nemis tiliga to’la “ o’zlashib ” ketgan so’zlar ( Lehnwörter ) hamda “
chet til ” so’zlaridir ( Fremdwörter ).
To’la “ o’zlashib ” ketgan so’zlar asosan qadimgi, o’rta hamda yangi
davr nemis adabiy tili ( althochdeutsche, mittelhochdeutsche
und frühneuhochdeutsche Sprachperioden ) davrlarida kirib kelgan
hamda to’la “ nemischalashib ” ketgan so’zlar bo’lib, bularni hozir hech
kim chet tilidan kirib kelgan so’zlar sifatida idrok etmaydi. Masalan:
Fenster, Mauer, Mönch, tanzen, schreiben, fein u.a.
„ Chet so’zlar “ ( Fremdwörter ) nemis tilida keng qo’llaniladigan
so’zlar bo’lib, ularning o’zlashgan so’z ekanligi yaqqol ko’rinib
tursada, xorijiy so’z sifatida ko’rilmaydi hamda nemischa ekvivalenti
bilan almashtirilib ishlatilmaydi. Masalan: Politik, Sport, interessant,
Interview, Courage, Exchange, demonstrieren va b.
Nemis tiliga asosan quyidagi yo’llar bilan so’zlar o’zlashtiriladi:
1. chet tilidagi so’zni ham shakli, ham ma’nosi bilan birga to’la
o’zlashtirish, ya’ni eng oddiy usul ( einfache Entlehnung ).
Masalan: Kolchos, Sputnik, Perestojka, hi! O’key!
2. So’zlarni kalkalash orqali tarjima qilib o’zlashtirish (
Lehnübersetzung ). Masalan: ing. Football- Fu
ball, useless -
nuzlos, frans. De couvrir- entdecken: rus. Герой труда – Held der
Arbeit. Bunday usulda so’zlar o’zlashishi o’zbek tilida ham
kuzatiladi. Masalan: Futbol, Voleybol va h.k. Ushbu usul asosan
diniy asarlarni lotin tilidan nemis tiliga tarjima qilish keng
qo’llangan. Shunday holni arab tilidan diniy matnlarni o’zbek
tiliga o’girish jarayonida ham kuzatishimiz mumkin.
3. O’zlashtirilgan internatsionol so’zlar (
Internationalismen). Bular turli tillarda bir hil shakl va ma’noda
ishlatiladigan so’zlar bo’lib, ular asosan turli soha terminlaridan
iboratdir. Masalan:
Nemis. Der Student
Ingliz. Student.
Fansuz. Le tudiant
Rus. Student
O’zbekcha. Student.
International so’zlar qatoriga xalqlarning o’ziga xos madaniyati,
xususiyatlarini ifodalaydigan hamda ko’p tillarga o’zlashtirilgan tillar
ham kiradi. Masalan: Turban, Rikscha, Kuli, Samowar, Pilav, Kurash,
Halol.
Internatsional so’zlarning aksariyati lotin hamda grek tillari asosida
yaratilgan. Masalan: lot. Minimum, Provisor, Produkt, Republik, Medizin:
grek. Demokratie, Epik, Mime, Telephon, Turbine va hk.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, so’nggi paytlarga
kelib so’z yasalish tipologiyasi ya’ni leksik tipologiya masalalari
ishlab chiqilmoqda. Lеksik tipologiyaning asosiy masalalari qatoriga
masalan, lеksik tipologiyaining lingvistik tipologiyada tutgan o’rnini, uning
prеdmеtini, lеksik univеrsaliyani ajratishini asosiy printsiplarini,
umuminsoniy tillarning lug’at tarkibini aniqlash va bir qator boshqa
masalalarni kiritishimiz mumkin. Shuningdek, har qanday til rivojida
so’z o’zlashtirish jarayoni katta ahamiyatga ega bo’lgani kabi, nemis
tili tarixida ham bu qatlam sezilarli iz qoldirgan. Albatta o’zlashtirma
so’zlar salmog’i har bir davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
taraqqiyot darajasi bilan uzviv bog’liq. Demak, o’zlashtirma so’zlar
adadi, xususiyatlari, o’zlashtirish darajasi turli davrlarda turlicha bo’lish
tabiiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |