Andijon davlat universiteti


PARALINGVISTIK VOSITALAR VA



Download 318,93 Kb.
bet7/15
Sana03.01.2022
Hajmi318,93 Kb.
#314826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
paralingivistik vositalarning til strukturasidagi orni

PARALINGVISTIK VOSITALAR VA

ULARNING TURLARI

Nutq jarayonida ishlatiladigan til vositalariga yondosh vositalar ham juda xilma –xil va turlicha ma’no ifodalaydi. Biroq ularning turlarini ko’rsatishda barqarorlik yo’q, turli xil fikrlar mavjud:

1. Ko’pgina olimlar faqat nutqni kuzatib boradigan har qanday so’zsiz kommunikatsiya vositalarini paralingvistik vositalar deb hisoblaydi va quyidagi hodisalarni kiritadi, jumladan, kishilar orasidagi xarakterlar bilan bog’liq kulgi, yig’i, esnash va ularning turlari (xarakterizatlar):

2. Malakaga tegishli bo’lgan (kvalifikatsatorlar) talaffuz tezligining turlari, asosiy tonning (ohang) balandligi va boshqalar:

3. Ayiruvchilar, ya’ni til hodisasiga tegishli bo’lgan tovushlarning kombinatsiyalaridan xm,uf-uf, tse, tse-tse singarilar hamda imo-ishoralar, mimikalar, shuningdek, yozuvdagi turli yordamchi grafik ishoralar ko’rsatiladi.

Boshqa bir gruppa tadqiqotchilar esa informatsiyada qatnashadigan barcha yordamchi vositalarni verbal bo’magan vositalar doirasiga kiritib, ularni uch gruppaga ajratib ko’rsatadi:

a) tabiiy nutqni kuzatib boruvchi noverbal vositalar;

b) nutq ifodasi o’rnida qo’llaniladigan noverbal vositalar;

v) verbal vositalar bilan birga ishlatib, aralash holatni hosil qiladigan noverbal vositalar.

Bulardan birinchisi paralingvistik holat, ikkinchisi, til belgilari substitutsiyasi (o’rni kelganda vaziyatga qarab nutq elemntining tushib qolishi, ekanomiya printsipiga amal qilish), uchinchisi esa til va tilga tegishli bo’lmagan vositalar interferentsiyasi deb izohlanadi. Ko’rinib turibdiki, bu gruppadagi olimlar faqat nutqni kuzatib boradigan noverbal vositalarnigina paralingvistika tarkibiga kiritadilar. Ularning fikricha, noverbal vositalar (imo-ishoralar) uch xil kommunikativ vazifa bajaradi. Shulardan faqat birinchisigina paralingvistika doirasiga kiritgan.

“Biz paralingvistik doirasiga nutq jarayonida (kommunikatsiyada) ishtrok etadigan barcha supersegmentlar vositalar va imo-ishoralar hamda mimikalarni kiritish tarafdorimiz”.

Til informatsiyasining ikki tomoni – ichki va tashqi tomoni mavjud bo’lib, ichki tomoni til situatsiyasiga oiddir. An’anaviy lingvistik tadqiqotlarda asosan, mikrolingvistik ob’ekt – nutqning ichki tomoni (segmentalanadigan birliklar – fonema, morfema, so’z, so’z birikmasiga, gaplar) tekshirildi. Nutqning tashqi plani (tomoni) nutqning toni, tembri, imo-ishoralar, mimikalar, suhbatdoshning maneralari) ko’pincha e’tibordan chetda qoladi. “D.J.LOTTsNING ma’lumotga qaraganda, - deydi O.S. AXMANOVA, - soflingvistik yoki “mikrolingvistik” elementlar berilayotgan nutqiy axborotdagi barcha informatsiyaning juda oz qismini tashkil etadi. Informatsiyaning boshqa tomonlari esa so’zlovchining ovozini farqlashga imkon beradigan ovoz taraktining xususiyati, uning fizik holati, barcha situatsiyaga munosabati, emotsional holati, ijtimoiy aloqadorligi haqidagi bilan to’ldirilishi hisobiga bo’ladi. Masalan, o’zbek tilida Karim nutq birligi sifatida (an’anaviy lingvistik tahlil bo’yicha) besh fonema, ikki bo’g’in, bir morfema va bir so’zdan iborat. Semantik planda jonli predmetni ifodalaydi. Ammo bu til birli jonli nutqda turli supersegmentlar vositalar bilan birga ishlatilib, qo’shimcha yana bir qancha ma’nolarni ifodalaydi. Jumladan: turli intonemalar yordamida: 1) javob;

2) savol;

3) undalma;

4) chaqiriq;

5) chaqiriqning ikkinchi varianti;

6) quvnoq hayratlanish;

7) norozi ohangda;

8) ogohlantirish;

9) qaxr;

10) ta’na;

11) jirkanish;

12) yumshoq surash;

13) yalinish;

14) g’urur;

15) qo’rqinch va boshqalar bildiriladi.

Knemalar qo’shilganda, xususan, kalla yoki labning o’ng tomoni bir marta silkinishi yordamida “ketdik” kabi ma’no ham ifodalanadi.

Ko’rinib turibdiki, inson nutqni nihoyatda juda ko’p tomonlarini yozuvdv berishi imkonyati bo’lmaydi. Natijada an’anaviy lingvistik tahlildan chetda qoladi. Til informatsiyasining to’la kartinasini nomayon qilishi uchun esa nutqning barcha tomonlarini komplek ravishda tekshirish zaruryati seziladi. Shuning uchun ham haqli ravishda: “faqat barcha situatsiya kompleksi nutq fragmentining to’liq va haqiqiy ma’nosini ko’rsatadi” – deydi.



Download 318,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish