ikkinchidan, o’zining shaxsiy faolligini aktiv faoliyati
asosida anglashi;
uchinchidan, o’zining psixik xususiyati va xislatlarini anglashi
to’rtinchidan, ijtimoiy, axloqiy o’z-o’ziga baho bsrishning ma’lum sistemasini anglashi.
O’spirinlar har joyda o’zini ko’rsatish xus:usiyatiga ega bo’lgan ; o’smirlik vaqgidayoq, o’zlarining shaxsiy .xususiyatlarini ko'zata boshlaydilar. Ya’ni o’zlarining tashqi qiyofalariga tanqidiy qaray boshlaydilar: bo’yining pastligi yoki aksinchasi, semizlik, yo'zidagi xusnbo'zarlar yigit va kizlarni bezovtalangiradi, ular iztirob chekadilar. Kech yetiladigan o’gil va qizlar yashirin kechinmalar kechiradilar. Kishining o’z obrdzi - bu o’spirinlikning o’zini anglashi ancha muxim komponent bo’lib hisoblanadi.
O’spirinlikda o’z shaxsiy xislatlariga baho berish kuchayadi. o’spirin ham o’smir singari o’z qadr-qimmatini, ushgag nimalarni qilishga arzishi va nimalarga qodir ekanligini benihoya bilgisi keladi. O’ziga baxr berish ikkita o’sulda bo’ladi.
Ijtimoiy taqqoslash, ya’ni o’zi haqidagi boshqa ishlarni fikrlarni solishtirishdan iboratdir. Masalan: o’quvchilar tomonidan «mardlik» deb ma’qullangan xatti-xarakatni uqituvchi «qalbaki o’rtoqlik» deb aytadi. Bunda bolalar o’z xatti-harakatlari to’g’risida uylab, bosh qotira boshlaydilar. SHaxsiy «mev» obrazi, juda murakkabdir. Hatto kattalarning o'zini anglashi qarama-qarshiliklardan holi emas. O’spirinlarda yanada kuchliroq bo’ladi. Ba’zi uspirinlar o’zini ko'zatish uchun kundalik daftarlar tutadi. Bu holat qizlarda ertaroq va ko’proq uchraydi. Bu holat shunchaki o’sishni bildirib qolmasdan, balki shaxsda moxiyat jixatidan tubdan boshqacha tarzda o’z shaxsiyatining ma’naviy-ro’hiy fazilatlarini, ijtimoiy turmush tarzi, maqsad va vazifalarini anglashi, ularni oqilona baxrlash zaruratini aks ettiradi. Undagi o'z~o’zini anglash, turmo’sh, yashash, o’qish, mehnat va sport faoliyatlari tarzida bilan namoyon bo’ladi. o’quv muassasa, mikromuhitidagi odatlanmagan vaziyag, shaxslararo munosabatlar va muomala ko’lamining kengayishi o’ziga xos tipologik aqliy, axloqiy, irodaviy, hissiy xususiyatlarini oqilona baholash, quyilayotgan talablarga javob berish tariqasida yondashish, o’z-o’zini anglashini jadallashtiradi, o’spirin uquvchilarining o’z-o’zini anglashga aloqador o’ziga xos xususiyatlari mavjud, ular dastavval o’zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va kamchiliklariyi aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
O’spirin o’quvchining o’smirlik davridagi boladan o’zgacharoq yana bir xususiyati - bu, murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissini anglash, o’z qadr-qimmatini e’zozlashi, sezishi va fahmlashga ko’proq moyilligidir. O’spirin o’quvchida o’zini anglashi negizida o’zini Ta’limlash istagi tug’iladi. Natijada unda o’z-o’zini Ta’limlash vositalarini saralash, ularni kundalik turmushga tadbiq qilib ko’rish ehtiyoji vujudga keladi. Le.kin, o’z-o’zini Ta’limlash jarayoni o’spirin ruhiyatidagi mavjud nuqsonlarga barham berish, ijobiy xislatlarni shakllantirish . bilan kifoyalanib qolmasdan, balki voyaga yetgan kishilarga xos kupqirrali, umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi. O’quvchilar o’zida shaxsning eng qimmatlifazilatlarini, o’quv va mehnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda egallab borishga, shaxsning muayyan bir fazilatlari va xislatlarini hosil qilishga harakat qiladilar; o’z-o’zini Ta’limlash muammolarini, yaxlit ma’naviy-ruhiy qiyofani shakllantirishga intaladilar.
O’spirin uquvchilarning o’z-o'zini Ta’limlash jarayoni o’quv muassasa, jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining Ta’limviy ta’siri doirasida bo’lmog’i shart, Toki o’z-o’zini Ta’limlashnish' takomillashtirishi jamoada munosib o’rin egallashga, ijtimoiy . burchni anglash, foydali mehnatga jalb etish ishiga xizmat dilsin. o’z-o’zini Ta’limlash tugri izga solib yuborish uchun uygun bir/shkni tashkil etgan Ta’limviy chora-tadbirlar majmuasi tarzida ta’sir utkazish jamoa majburiyati, o’zaro yordam va nazorag qilish, o'zaro baholash va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy turmuigda uchraydigan ba’zi bir yaramas yurish-turish kurinishlariga, illatlariga, sarqitlariga qaqshatkich zarba berish, ularning ta’siridan yigit va qizlarni asrash, yot tashviqot mohiyatiga qarshi kurash olib borish pedagoglar jamoasining bosh vazifasidir. O’spirinlarda balogatga yetganlik tuygusi takomillashib borib, o’z-o’zini qaror toptirish, o’z ma’naviy qiyofasini ifodalash tuyg’usi o’sib o’tadi. Bu narsa ularning alohida shaxs ekanligini tan olishga intalishida o’z ifodasini topadi. Buning uchun ayrim yoshlar turli modalarga mayl qo’yish, tasviriy san’atga, musiqaga, kasb-hunarga, tabiatga maftunkor qiziqishlarini namoyish qilishga harakat qiladilar. o’quv va mehnat jamoalari ta’sirida matonat, jasurlik, sabr-toqat, kamtarlik, intizomlilik, halollik kabi insoniy fazilatlar takomillashadi. Xudbinlik, loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo’rqoqlik, g’ayirlik singari illatlarning barham topishi tezlashadi.
O’z-o’zini hurmatlash va uning xususiyatlari quyidagilardan iborat. Demak, yuqorida ko’rsaxib utilganidek, shaxsning erta o’spirinlikdagi eng muhim xislatlaridan biri o’z-o’zini hurmatlash, o’z-o’ziga baho berish hamda o’zini shdxs deb tan olish yoki olmaslik darajasidir. O’spirinlar o’zlarida shaxsning muayyan kompleks sifatlarini hosil qilishga intiladilar. O’z-o’zini Ta’limlash masalalarida bir butun ma’naviy psixologik qiyofani shakllantirish masalasi qiziqtiradi. Bunda shaxs ideali va namunaning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Masalan: o’g’il bolalar — qahramonlik, yaxshi ota, o’qituvchi, vrach yoki badiiy asar hamda kinofilьmdagi obrazlarni o’zlariga ideal deb bilsalar; qizlarimiz mehnatkash ayol, jozibali jamoat arbobi, nazokatli uy bekasi yoki ilmiy xodim va hokazo. O’zaro munosabat va emotsional hayot o’z mavqeini belgilashning murakkab muammolarini o’spirinning o’zi hal qila olmaydi. Bu masalani o’spirinning ota-onasi, o'z tengqurlari, o’qituvchilar ishtirokida ularning qullab-quvvatlashida inobat hal qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |