16-MAVZU: O’QITUVCHI PSIXOLOGIYASI
Reja:
1. Jamiyatda o’qituvchining tutgan o’rni va vazifalari.
2. O’qituvchining kasbiy xususiyatlari.
Tayanch so’z iboralar: shaxsiy hislatlari, kasbiy, etnopsixologik, kommunikativ, gnostik fazilat,pedagogik takt, pedagogik odob,salohiyat,mahorat, pedagogik uddaburonlik, pedagogik qobiliyat.
1. O’qituvchilik kasbi insoniyat tarixining eng qadimiy kasblaridan biri hisoblanadi. Hatto insoniyat taraqqiyotining ibtidoiy davrida ham asta-sekin ilk hayot tajribasini orttira boshlagan ota-bobolarimizda o’z malaka va tajribalarini yosh avlodga o’rgatishga, bolalar va o’smirlarni o’qitishga ehtiyoj paydo bo’lgan. O’qituvchilik kasbi eng ahamiyatli, eng faxrli kasblardan biridir. O’qituvchi ishchi va xizmatchilarni, olim va mehnati qaxramonlarini va umuman barcha kasb egalarini tayyorlab, jamiyat uchun foydali kishilar qilib yetishtirib bergan. O’qituvchi jamiyatning munosib farzandlarini tayyorlashni o’z pedagogik faoliyatining asosiy maqsadi deb biladi.
O’qituvchining psixologik hususiyatlari va shaxsiy fazilatlarini chuqur o’rganish ishlari XIX asrning 30-40 yillarida keng yo’lga qo’yila boshlandi. 70-80 yillarda pedagogika va psixologiya fanlarida o’qituvchining kasbiy tayyorgarligiga, layoqatiga, shaxsiy sifatlarini shakllantirish malakasiga oid ishlar olib borildi. Psixologlar A.I.Shcherbakov, N.V.Ko'zmina, F.N.Gonobolin, I.V.Straxov, o’zbekistonlik psixologlar M.G.Davletshin, R.Z.Gaynutdinov S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalarni shu sohaning yirik tadqiqotchilari qatoriga kiritish mumkin.
O’qituvchining eng asosiy sifatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin; o’qituvchining har tomonlama barkamol bo’lishi, o’zining yuksak hislatlari, his-tuyg’ulari bilan boshqa kasbdagi kishilardan ajralib turishi, bolalar psixikaiga oson kira olish qobiliyati, taraqqiyotda orqada qolganlar bilan yakka ishlash uquvi, o’quvchilar diqqatini o’ziga torta olish sehri, o’z kasbi, faoliyati va bolalarni sevishi ta’limda hissiy bilish uslubidan unumli foydalana olish uquvi, mustaqil ishlash, malakasini oshirish qobiliyati, psixoligik muomala va odobga ega bo’lish kabilar. Bu sifatlar xozirgi kungacha o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Yirik o’zbek olimi S.R.Rajabov butun ymri va faoliyatini o’qituvchi shaxsini tadqiq qilishga, o’qituvchilar tayyorlashni takomillashtirishga, bo’lg’usi muallimlarni sharqona tarbiyalashga bag’ishlagan. O’qituvchining yirik siymolar namunasida tarbiyalash - ahloqiy tarbiya umumtarbiyaning yetakchi bo’g’ini ekanligi olimlarning asarlari mohiyatiga singib ketgandir. S.R.Rajabov va uning yo'zlab shogirdlarining ishlari ham o’qituvchining pedagogik va psixologik hususiyatlariga qaratilgandir.
O’zbek olimi M.O.Ochilovning ko’p yillik tadqiqoti ichida o’qituvchi shaxsini shakllantirish markaziy o’rinni egallagan holda bo’lg’usi o’qituvchi shaxsini tarkib toptirish g’oyasi muallifning muhim yutug’idir. Hozirgi kundagi tadqiqotlarda M.O.Ochilov bevosita xalq pedagogikasiga asoslanib, milliy tarbiyani vujudga keltirish ustida izchil ilmiy ishlarni olib bormoqda.
Psixolog M.G.Davletshin va uning shogirdlari tomonidan o’qituvchi psixologiyasining turli jabhalariga qaratilgan tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. O’qituvchilik kasbiga o’quvchilarni yo’naltirish, o’qituvchilik kasbini tanlash motivlari, o’qituv va tarbiyalash ishlarini takomillashtirish, o’qituvchining professiogrammasiga asoslanib, hususiy ixtisoslik o’ziga hos jihatlarini kashf eish, o’qituvchi tafakkuri kabi masalalar shular jumlasidandir.
Bizningcha o’qituvchilik faoliyati, tarbiyaviy-ta’limiy va muomalaviy hususiyat kasb etib, u “talaba-o’qituvchi”,”o’qituvchi-talaba”,”talaba-talaba” sxemasiga asoslanadi. O’qituvchi shaxsini o’rganish uchun testlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, maqsadga erishuv testlari, intellect testlari, shaxs testlari, proyektiv testlar, ko’ruv va eshituv xotirasi testlari turkumi shulardan iborat. Bundan tashqari dunyoga mashhur mumtoz testlarni qo’llash ham ko’zlangan maqsadni amalgam oshirishga xizmat qiladi; Rozensveyg frustratsion testi, Veregga testi, Rorshax testi, Kettel testi, Veksler va Ayzenklarning testlari shular jumlasidandir.
2. Ota-onalar o’qituvchidan ish staji va yoshi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, farzandlarini tarbiyalash va o’qitish mahoratini kutadilar. O’quvchilar esa o’qituvchilarni uch hil hislatlari bo’yicha xarakterlab beradilar; o’qituvchining odamgarchiligi adolatligi sof vijdonligi bolalarni yaxshi ko’rish hislatlari; ikkinchidan o’qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilah bog’liq tashqi hislatlari va hulq-atvoriga qarab; uchinchidan o’qituvchgini o’z fanini bilishi uni tushuntirisha bilishi kabi ta’lim jarayoni bilan bog’liq hislatlariga qarab xarakterlab beradilar.
Ma’lum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomonidan o’rganishga va undan kelgusi amaliy faoiliyatida foydalanishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil ko’rsatib berilgan hujjatga professiogramma deyiladi. Har-bir mutahassislilk bo’yicha o’qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutuvchi professiogrammasi to'ziladi. O’qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan maxsus talablarni o’z ichiga qamrab oladi. Jumladan, maktabning o’qituvchi-murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim hislatlarning borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o’qituvchining quyidagi hislatlari ko’rsatib berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |