2. O’smirlarning intellektual rivojlayaishi
O’smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so'z boyligining oshishi hisobiga bo’lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari xdsobiga bo’ladi. Bu davrda .usmir tyal yordamida atrof-borliqni aks ztgarilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini xam belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi, Aynan usmirlik davridan boshlab, inson aynan nuxq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi, o’emirni kupincha muomalada so’zlarni ishlatish qoidalari - «Qanday qilib to’tri yozish kerzk?», «Qanlay hilibyaxshiroq aytish mumkin? kabi savollar juda qiziqtiradi. o’smirlar maktabdagi o’qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o’smirning bir tomondai o’z nutqnni nazorat etishga urgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini bo'zinglari mumkinligini bilishlariga va o’zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.
O’smir so’zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va moxiyatiga juda qiziqadi. U endi o’z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardan so’zlarni tanlashga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o’smir uchun uqituvchi, albatta, namuna bo’lishi shartdir. Aynan maktab Ta’limi usmir bilish jarayonlarini rivojlanish yo’nalishini sifat jihatidan o’zgarishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Billgsh jarayonlarining rivojlanishida nutq ham og’zaki, ham yozma mavjud bo’lishi bilan xam kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o’quv jarayonlarining to’gri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o’smir nutqining tugri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o’zlashtirishta harakat bu o’smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirilishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
O’smirlik davrida o’qish va yozma monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan bopglab to 9-sinfgata o’qish to’g’ri, tez va ifodali bo’lish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko’tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so’zlab berishdan, musgaqil raviieda nutq va chiqishlar tayyorlash, ogzaky mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha" o’zgaradi. Yozma nutq xam yaxshilangan holda o’smirlar endi ularga berilgan erkin Mavzu bo’yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O’smirlarning nutqi to’la tafakkur bilan bogliq holatida amaLga oshiriladi. 5-6 sinflardagi o’quvchilar ogzaki va yozma matn uchun reja to'zib, unga amal qila oladalar,
O’smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bula boshlaydi. CHunki bu davrdagi o’quvchilar atrof-olamdagi boglanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o’smirning bilishga bo’lgan qiziqishida progress sodir bo’ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olknishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. O’nda dedujtiv xulosalar chiqarishga qobiliyat paydo bo’ladi.
Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun o’z taxminlarini yo'zaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi. J.Piajening ta’kidlashicha, chIjtimoiy hayot uch narsanyang ta’siri — tyal, mazmun, tsoidalar asosida shakllantiriladi». Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z~o’zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
11~12 yoshdan boshlab o’smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. O’smir bu yoshda Xo’ddi kattalar sshetari keng qamrovli taxlil etishni o’rgana boshlaydi. O’smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko’tarila olshii, o’quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini xam rivojlanishini belgalab beradi. O’smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farklanadi. Bu faollik o’ta qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o’z layoqatlarini n^moyish etish, shuningdek, ulardan yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. o’smirning kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va aynan o’sha masala doirasida b^adi, Bu yoshdagi bolalar turli* farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot o’tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo’yicha muqobtsl variantlarni taqqoslay oladilar. O’smir tafakkuri ko’pincha umumlashtirishga moyil bo’ladi. Respublikamizning bozor iqtisodi sharoitiga o’tishida kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati oyshoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |