Andijon davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi



Download 261,22 Kb.
bet2/116
Sana10.07.2022
Hajmi261,22 Kb.
#767759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
Mexnat majmua 2021 3 kurs

O’quv materiallari:
Yosh va pedagogik psixologiya” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:





Mavzular

Soat

1

Yosh va pedagogik psixologiyasining predmeti maqsad va vazifalari. Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi.

2

2

Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar.

2

3

Go’daklik davrining rivojlanish xususiyatlari

2

4

Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Maktabga psixologik tayyorgarlik muammosi

2

5

Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.

2

6

O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.

2

7

Ilk o’spirinlik yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.

2

8

Yoshlarni oylaviy hayotga psixologik tayyorlash.

2

9

Yoshlik va yetuklik davrining psixologik xususiyatlari. Gerantapsixologiya- keksalik psixologiyasi

2

10

Ta’lim tarbiyaning psixologik asoslari.

2

11

O’qituvchi psixologiyasi

2




Jami

22


MA’RUZA MATN

1-Mavzu: YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI.
Reja:
1. Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari
2. Yosh va pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi,fanning asosiy sohalari, yosh va pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
3. Yosh va pedagogik psixologiyaning o„qituvchi faoliyatida tutgan o‟rni, yosh
va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari haqida tushuncha va ilmiy
tasavvurlar hosil qilish.
Tayanch so’z iboralar:Yosh davrlar psixologiyasi va pedagogic psixologiya, ontogenez,filogenez,inson psixikasi, yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari
1. Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari
Mamlakatimizdagi mavjud barcha o’quv yurtlari ta’lim-ta’limni to’g’ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o’ziga xos psixologik qonuniyatlarini, uning mexanizmlarini, shuningdek, faol, mustaqil hamda ijodiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullarini bilishi lozim bo’ladi. Bu borada, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya - hozirgi zamon psixologiya fanining rivojlangan sohalaridan bo’lib, bu o’rinda muhim o’rin egallaydi, zero u inson ruhiy olamining tabiati va uning qonuniyatlarini o’rganuvchi sohadir.
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga o'zviy bog’liqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta, umumiy jarayonni - ulg’ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bo’lsa-da, bu ikki fan psixologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o’z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir.
Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o’rganadi,

Ontogenez - (yunoncha, ontos-mavjud, jon, zot; genezis-kelib chiqish, paydo bo’lish) - individning paydo bo’lishidan umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni.

Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson xayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ma’lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, Ta’lim va Ta’limning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Yosh davrlari psixologiya fani bu borada ham o’z-o’ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan Ta’lim va Ta’limning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o’rgansa, yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi, tabiiydir.


Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o’ziga xos qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh davrlari psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o’rganiladi, chunonchi; bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, o’spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya) psixologiyasi kabi sohalardir.
Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo’ladigai psixik, faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o’zaro ta’siri xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo’lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o’rganishda qo’lga kirgan ilmiy dalillarini Ta’lim-Ta’lim sohalariga tadbiq etish tashkil etadi.
Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning Ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yo'zasidan so’nggi yillardn qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi. Ma’lumki keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha Ta’lim tizimlarida Ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol Ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda.
Yosh davrlari psixologiyasi ham pedagogik psixologiya singari umumiy psixologik qonuniyatlarni yoritib beradigan, psixik jarayonlarni, holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o’rganadigan umumiy psixologiyaga asoslanadi.
Shu bois, yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanini o’rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada to’plangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o’zgarishi yo'zasidan bahs yuritadi.

Download 261,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish