Texnik modellashtirish va loyixalash-
Pedagogika oliy ta`lim muassasalarida
texnik modellash va loyixalash mashg’ulotlari uchun ko’pincha o’quv
ustaxonalaridan foydalaniladi. Bu ustaxonalarda kasb ta`limining xar hil tashkiliy
shakl va metodlaridan foydalanish; texnik ma`lumotlar berish; tadqiqotchilik va
amaliy faoliyat malaka, ko’nikmalarni shakllantirish ishlarini amlga oshirish; texnik
bilimlarni, mehnat usullarini, bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish; dizayn, estetik
did va mehnat madaniyati ko’nikmalarini, mustaqil ishlash qobiliyatini shakllantirish;
konstruktorlik-texnologik xarakterdagi ijodiy masalalarni hal qilish, yuksak
darajadagi mehnat intizomiga va mehnat muxofazasi talablariga rioya etish uchun
ma`lum shart-sharoitlar yaratilgan bo’lishi lozim.
Loyixalash – asl nusxadagi mashinalar, moslamalar, jixozlar va hokazolarning
chizmalarini yaratishga qaratilgan ijodiy jarayondir. (9).
Loyihalash bilan shug’ullanish uchun avvalo keng grafik hamda texnologik
bilim va malakalarga ega bo’lish kerak. SHuningdek, buyumlarning mustahkamligi,
aniqligi va hokazolariga oid murakkab hisoblarni bajarish imkonini beradigan maxsus
loyihalash bilimlari va malakalari ham zarur.
Ma`ruza tayyorlash-
Oliy ta`lim muassasalarida o’qitish jarayonida ta`lim
berishning turli shakl va metodlaridan foydalanilmoqda. Ta`limning asosiy shakli esa
ma`ruza hisoblanadi. Ma`ruza tayyorlash ancha murakkab va ko’p mehnat talab
qiladigan ish. Bo’lajak kasb ta`limi bakalavr o’qituvchilari «Kasb ta`limi
pedagogikasi» fanida, pedagogik amaliyot jarayonida ma`ruza tayyorlashlariga
to’g’ri keladi.
Masofali ta`lim texnologiyasi-
Masofaviy ta`lim tizimi an`anaviy ta`lim
tizimini amalga oshirishda muammolarga duch kelingan yoki shart – sharoit ushbu
jarayonni taqozo qilganda qo’llaniladi. Bu jarayon ma`lum muhitda ta`lim
samaradorligini oshirishga zamonaviy texnoloniyalardan etarlicha foydalanishga
zamin yaratadi.
Masofaviy ta`limning asosini mustaqil ta`lim tashkil qilganligi uchun ham
talabalarda ijodiy tafakkur rivojlanib boradi. Masofaviy ta`limda o’quv jarayonining
muddati qat`iy belgilanmaydi. Nazorat ishlarini bajarish va javob yo’llashni talaba
o’zi mustaqil, o’ziga qulay vaqtda bajaradi. Ushbu masofaviy ta`lim samaradorligini
oishirishga xizmat qiladi.Masofaviy ta`limni tashkiliy – metodik modellarini quyidagi
asosda tashviq qilish mumkin Korrespondentlik ta`limi, Keys texnologiyasi, Radio –
televizion ta`lim, Tarmoqli o’qitish, Mobil texnologiyasi va h.
Do'stlaringiz bilan baham: |