53
Shanxay universiteti Xitoyning eng nufuzli, yetakchi oliy ta’lim
muassasalaridan
biri
hisoblanadi.
Hozirgi
paytda
universitet
mamlakat
iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlari uchun zarur bo’lgan, zamonaviy talablarga
to’liq javob beradigan mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Universitetda 58 ta
bakalavr dasturi, 64 ta magistr dasturi, muhanddislik ilmiy darajasi uchun 7 ta
mutaxassislik
dasturi,
axborot
muhanddislik,
matematika,
elektronika
va
kommunikatsiya, metallurgiya, dinamika sohalarini qamrab olgan 7 ta nomzodlik va
16 ta doktorlik dasturlari mavjud. Bundan tashqari Shanxay universiteti 2010 kishilik
professor – o’qituvchilar kontingentiga ega, ulardan 337 tasi professor va 687 tasi fan
nomzodlaridir. Ushbu professorlardan 7 tasi Xitoy muhanddislik akademiyasi va
Xitoy fanlar akademiyasi akademiklaridir.
Bugungi kunda Shanxay universitetida 30 mingdan ziyod talabalar tahsil
oladilar. Ushbu universitetning 72 ta ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik
aloqalari mavjud.
Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’ullanish qadimiy an’analardan biridir.
O’tgan asr boshlarida Vilgelm Fon Gumbold Pruss universitetlarni isloh qildi,
o’shandan beri “tadqiqot va o’qitish birligi” ularning hayotiy tamoyillariga aylanib
qolgan. Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishda va juda murakkab tizimga ega. Shu
bilan bir qatorda hozirda Germaniya ta’lim tizimini isloh etish yo’lida yangi
izlanishlar olib borilmoqda.
Pokiston ta'lim tizimi
Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari
. Pokistonda umumiy ta'lim
haqida qonun qabul qilingan. Pokiston umumta'lim maktablari tuzilishi quyidagicha
boshlang'ich maktab (1-5 sinflar), to'lisiz o'rta (6-8 sinflar), o'rta (9-10 sinflar), oliy
maktab (11-12 sinflar). Oliy o'rta maktabni shuningdek oraliq kollejni tugatganlar
oliy o'quv yurtlarida 168 ming maktab, 690 kollej, 23 universitet mavjud. Barcha
turdagi maktablarda 16.9 mln., kollejlarda 610 ming, unitarda 76 ming kishi o'qidi.
O'qituvchilar soni barcha turdagi maktablarda-salkam 550 ming, kollejlarda-56 ming,
universitetlarda 6 ming maktab o'qituvchilari maxsus maktablar, institut va
kollejlarda tayyorlanadi. Yirik universitetlari: Karochidagi Karochi universiteti
(1951) tibbiyot fanlari universiteti (1983). Lohurdagi muhandislik texnalogiya
universiteti (1961). Islomoboddagi Qand-e. A'zam universiteti (1965). Xalqaro islom
universiteti (1980) Lohurdagi Panjob universiteti (1982) fanning rivojlanishini
rejalashtirish bilan Fan va texnika qo'mitasi, fan yutuqlarini joriy etish bilan Fan va
texnika tadqiqotlari kengashi shug'ullanadi. Eng yirik ilmiy muassasalari: Pokiston
fan taraqqiyoti assotsiatsiyasi Pokiston fanlar akademiyasi, Atom energiya
komissiyasi, Atmosferaning yuqori tamoyillari va kosmik fazoni tadqiq etish
qo'mitasi, geofizik i.t. in-ti, paxtachilik i.t in-ti va boshqalar. Bundan tashqari tibbiyot
iqtisodiyot, xalqaro munosabat, adabiyot va til masalalarini o'rganuvchi
ixtisoslashgan ilmiy institut va jamiyatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: