47
Majburiy ta’lim.
Ta’limning bu pog’onasiga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan
bolalar jalb qilinib, ular shu muddat ichida 6 yillik boshlang’ich maktab va 3 yillik
kichik o’rta maktab kursini o’taydilar. 9 yillik bu ta’lim majburiy bo’lib, barcha
bolalar bepul o’qitiladilar va tekin darsliklardan foydalanadilar.
Muhtoj oilalarning bolalari mahalliy va milliy boshqaruv tashkilotlari tomonidan
ajratilgan mablag’lar hisobiga bepul nonushta qilish, o’quv qurollari olish, tibbiy
xizmatdan bepul bahramand bo’lish imtiyozlariga egadirlar. Bundan tashqari, ularga
bepul sayohatlar va boshqa ko’ngilochar tadbirlar uyushtiriladi. Zarur bo’lib qolgan
taqdirda muhtoj o’quvchilar uchun moddiy yordam ko’rsatiladi. Bu bosqichdagi
maktablarga qabul uchun maxsus qonun yoki cheklashlar yo’q. Faqat jismonan,
ruhan nosog’lom bolalar unga qabul qilinmaydilar.
Ota-onalar o’z bolalarini xususiy maktablarga berish huquqiga ham egadirlar.
Lekin xususiy maktablarning o’ziga xos shart-sharoitlari va talablari mavjud.
Yuqori bosqich o’rta maktabi.
Yaponiyada bunday bosqich maktablarining
kunduzgi, kechki va sirtqi bo’limlari mavjud. Kunduzgi yuqori bosqich maktablarida
o’qish muddati 3 yil. O’quvchilarning 95 foizi kunduzgi maktablarda ta’lim oladilar.
By turdagi maktablarda o’qish ixtiyoriydir. Unda quyi o’rta maktablarni bitirgan,
yuqori bosqich o’rta maktablariga kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan 16
yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’quvchi yoshlar qabul qilinadilar. Unda umumiy
ta’lim (akademik) fanlari, texnik bilimlar, tijorat, mahalliy sanoat, stqshloq xo’jaligi,
chorvachilik, baliqchilik, kemasozlik va boshqa sohalarga oid bilimlar o’rgatiladi.
Bunday turdagi o’rta maktablarda umumiy va xususiy tarmoqlarni qo’shib
hisoblaganda 98 foiz yosh bilim oladi.
Dorilfununlar, kichik kollejlar, texnik kollejlar, maxsus ixtisoslashtirilgan
kollejlar Yaponiyada oliy ta’lim tizimini tashkil etadi.
Bu mamlakatda boshlang’ich, o’rta va oliy o’quv yurtlaridan tashqari, bir-
biridan farq qiluvchi «Ixtisos maktablari» va «turli» maktablar mavjud. Ularning
ko’pchiligi xususiy bo’lib, turli firma, konstern va sindikatlar uchun qisqa vaqtli
kurslarda bichuvchi, tikuvchi, to’quvchi, oshpaz, hisobchi, mashinkada yozuvchi,
avtotexnik, elektron hisoblash mashinkalari uchun dastur tuzuvchi va boshqa zaruriy
kasblar o’rgatiladi. Maktablarning ayrimlari chet tillarini o’rgatish bo’yicha
ixtisoslashtirilgan.
1976 yildan-e’tiboran vazirlikning aniq talablarini bajarayotgan «turli
maktablar» ixtisoslashtirilgan maktablarga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: