Grenada ta'lim tizimi
Maorifi: inglizcha tizim ta'sirida tarkib topgan. 6-14 yoshli bolalar uchun
majburiy bepul ta'lim joriy etilgan. Xususiy maktablar ham bor. Boshlang'ich
maktabda ham, o'rta maktabda ham o'qish muddati-7 yil. Hunar-texnika va
pedagogika bilim yurtlari bor. Grenadada Vest-Indiya unstitutning 1 ta fakulteti
joylashgan.
Gretsiya ta'lim tizimi
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari:
Maorif tizimi 4 bosqichga
bo'linadi: 6 yillik, 3yillik o'rta va 3yillik o'rta maxsus, shuningdek, oliy ta'lim.
Umumiy va o'rta ta'lim majburiydir. Gretsiyada 17 unstitut va bir qancha texnika
institutlari bor. Yiriklari: Afina, Saloniki unstitutlari, Afina politexnika instituti. Ilmiy
muassasalari: Afina akademiyasi (1926 yil tashkil etilgan; unda bir qancha institutlari
va komitetlar mavjud), 20 ga yaqin institut, universitet va bir qancha ilmiy jamiyatlar,
Afina shahridagi Milliy rasadxona (1842 yil tashkil etilgan) va boshqalar.
Gretsiyadagi Milliy kutubxona (1828 yil tashkil etilgan), Afina shahridagi Deputatlar
palatasi kutubxonasi, unstitutlar kutubxonalari yirik kutubxonalardir. Asosiy
muzeylari: Milliy arxeologiya muzeyi (1874 yil tashkil etilgan). Akropol (1878 yil
ochilgan), Vizantiya muzeyi (1914), Milliy tarix muzeyi (1882), San'at asarlari
milliy galereyasi (1900) hammasi Afina shahda joylashgan.
Gruziya ta'lim tizimi
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari:
Qadimgi yunon tarixchilari
bergan ma'lumotlarga ko'ra Gruziya hududidagi davlatlarda maorif antik davr
namunasida tashkil etilgan. 3-a. ning 2-yarmida asos s rivojlantirish sohasida ko'p
ish qildi 4-a.da xristianlik davlat diniga aylangach, cherkov va monastirlar huzurida
maktablar ochildi. Biroq, chet ellik istilochilarning bosqinlari gruzin madaniyati
rivojini uzoq vaqt to'xtatib qo'ydi. 13-asrga kelib katta fan va maorif markazlari-Gelat
(G'arbiy Gruziya) va Ikaltey (Sharqiy Gruziya) akademiyalari barpo etildi, 17-asr 2-
yarmidan chet ellarda gruzin alifbo va darsliklari boshladi. Gruziya davlatchiligi
tugatilgach (1801), maorif tizimi Rossiya namunasi asosiga o'tkazildi. 2000 yil
Gruziyadagi 3500dan ko'proq umumiy ta'lim maktabi va o'rta maxsus o'quv
yurtlarida 850 mingga yaqin bola o'qidi. Gruzin va abxaz maktablari bilan bir qatorda
rus, arman, ozarbayjon va osetin maktablari ham mavjud. Gruziyada 19 oliy o'quv
yurti, jumladan Tbilisi va Suxumi unstitutlari,politexnika, qishloq xo’jalik, tibbiyot
va b. institutlar bor. 2000 y Gruziyadagi oliy o'quv yurtlarida 100 mingdan ko'proq
talaba ta'lim oldi. 200 ga yaqin pullik oliy maktablar ham mavjud. Asosiy ilmiy
76
kuchlar Gruziya Fanlar akademiyasiga birlashgan. 2000 yil Gruziyada 110 muzey
ishladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |