1.Biologik faktorlar, ya'ni bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvini murakkablashtiruvchi nohush fiziologik va anatomik holatlar. Ularga:
▪ genetik (tuqma aqli zayflar, ko`rlar, karlar va h.k.),
▪ psixofiziologik (ya'ni inson organizmiga salbiy ta'sir ko`rsatuvchi, somatik xarakatlarni, allergiyalar va toksik kasalliklarni vujudga keltiruvchi turli xil ziddiyatlar, kimyoviy moddalar, energiyalar va h.k.),
▪ fiziologik (atrofdagilarda noqush kayfiyat uyqotuvchi tashqi qiyofa, tilning duduqligi va h.k.)
2.Psixologik faktorlar, ya'ni insondagi psixopotologik yoki aktsentuant (haddan tashqari) holatlar. Bu faktorlar asab kasalliklari (psixopatiya, nevrasteniya kabi kasalliklardir)
3.Ijtimoiy-pedagogik faktorlar, ya'ni bolalik davridan boshlab maktab, oila va jamoatchilik tarbiyasidagi nuhsonlar.
4.Ijtimoiy-iqtisodiy faktorlar, ya'ni bu jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikdir: jamiyatning boylar va kambag`allar deb ajratilishi, xalqning ma'lum qismining qashshoqlanib qolishi, oylik maoshining kamligi, ishsizlik, inflyatsiya va h.k.
5.Ma'naviy-aqloqiy faktorlar. Ularga birinchidan,jamiyatdagi ma'naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi, insonlarning ma'naviy qashshoqlanishi kirsa, ikkinchidan, muayyan jamiyatning undagi ro`y berayotgan deviant harakatlarga befarqlik, loqaydlik kiradi.
Maktab o’qo’vchisining dezadaptatsiyasi o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o’tadi:
-o’quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o’zlashtirishida qayinchiliklra paydo bo’lishi bilan xarakterlanadigan holat;
-maktab dezadaptatsiyasi –o’qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo’ladigan, xulq-atvor buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati;
-ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o’qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom so’nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;
-bo’sh vaqtni o’tkazish muhitining kriminallashuvi.
Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g’ayriijtimoiy xulq-atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular:
-o’zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy munosabatlar turi;
-to’liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;
-spirtli ichmliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g’ayriaxloqiy hayot tarzi, ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog’liq a ijtimoiy munosabatlar turi.
SHavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi yoki unga vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi.
Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va kambag’allarga sinflashishi, axoli ko’p qismining kambag’allashib ketishi, ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo’yilishidan iborat.
5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida, qadriyatlarning yo’qolib ketishida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan esa jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo’lishiga befarq qarashida o’z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |